Nerv tizimining fiziologiyasi


Qo`zg`alish va qitiqlanish


Download 67.5 Kb.
bet2/6
Sana20.12.2022
Hajmi67.5 Kb.
#1036609
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
nerv tizimi

Qo`zg`alish va qitiqlanish
Tiriklikning asosiy xususiyatlaridan biri berilgan ta`sirga nisbatan qo`zg`alish hosil qilib, unga javob qaytarishidir. Natijada tirik organizmda qo`zg`alish yoki tormozlanish ro`y beradi. Tashqi va ichki ta`sirlar 2 gruppaga adekvat va noadekvat ta`sirlari bo`lish mumkin. Adekvat ta`sirlovchilar spetsifik (maxsus) qo`zg`alish keltirib chiqaradi. Masalan, ko`rish retseptorlari uchun yorug`lik nuri, eshitish uchun tovush to`lqinlari adekvat ta`sirlovchilardir. Qolgan barcha qitiqlagichlarni noadekvat ta`sirlovchilar deyiladi. Noadekvat ta`sirlovchilarga organizm moslashmagan bo`ladi. Bularga misol qilib yuqori kuchlanishdagi elektr tokini, kuchli mexanik ta`sirni va boshqalarni olish mumkin. Noadekvat ta`sirlarga qaraganda, adekvat ta`sirlarga javob reaktsiyasi tez va mukammalroq bo`ladi.
Bu ta`sirlarni barchasi organizmga ta`sir etganda uch xil funktsional holatni keltirib chiqaradi: fiziologik tinchlik, qo`zg`alish va tormozlanish.
Fiziologik tinchlik holati deganda maxsus aktiv holat tushuniladi. Bu vaqtda organizm tashqi va ichki ta`sirga qarshi tayyorgarlik ko`rib turadi. Shuning uchun ham fiziologik tinchlik holatini nisbiy fiziologik tinchlik deb atash maqsadga muvofiqdir.
Qo`zg`alish tirik to`qima, hujayra yoki ular to`plamining u yoki bu ta`sirga nisbatan nisbiy tenglik holatdan qo`zg`alish holatiga o`tishidir. Qo`zg`alish mahalliy va tarqaluvchan bo`ladi. Mahalliy qo`zg`alish faqatgina ta`sirlangan joy atrofi bilan chegaralansa, tarqaluvchan qo`zg`alish butun bir nerv, muskul yoki organ bo`ylab tarqaladi.
Tormozlanish ham aktiv protsess bo`lib, organizm spetsifik funktsional holatining kuchsizlanishi yoki tamoman to`xtalishi tufayli yuzaga keladi. Har bir tirik sistemaning tinchlik holatidan qo`zg`aluvchanlik holatiga o`tishi uchun ta`sir etadigan kuchlar ma`lum pog`onaga yetishi kerak. Pog`ona kuchi biron bir ta`sirlovchi ta`sir etganda dastlabki eng kuchsiz qo`zg`alishni yuzaga keltiradigan kuch bo`lib u mahalliy yoki harakat potentsialini vujudga keltira oladi. Oqibatda muskullar qisqarishi, bezlar shira ajratishi va boshqalar kuzatilishi mumkin. Pog`ona kuchidan past kuchlarni pog`ona osti kuchi deyilib, uning ta`sirida faqat mahalliy potentsial o`zgaradi, lekin to`qima yoki hujayrada spitsefik qo`zg`alish hosil bo`lmaydi. Berilgan ta`sirga nisbatan olingan javobga qarab ta`sir kuchlari maksimal, submaksimal va hakozo bo`lishi mumkin. Fiziologik tekshirishlarda asosan qo`zg`aluvchanlik aniqlanadi, u esa ta`sirning pog`ona kuchi bilan o`lchanadi. Qo`zg`alishni aniqlashda ta`sirni pog`ona kuchidan tashqari uni ta`sir qilish vaqtining ham muhim ahamiyati bor. Bu sohada olimlar uzoq yillar davomida ko`pgina kuzatishlar olib borganlar. Natijada ta`sirning kuchi va uning ta`sir etish vaqti o`rtasidagi bog`lanishni ko`rsatuvchi egri chiziq aniqlangan. Ta`sir etuvchi kuch bilan qo`zg`alishni yuzaga keltirish uchun ketgan vaqt o`rtasida teskari bog`liqlik mavjud, ya`ni ta`sir etuvchi kuch qanchalik ko`p bo`lsa qo`zg`alishni yuzaga keltirish uchun ketgan vaqt shuncha qisqa bo`ladi. Lekin bu bog`liqlik ham ma`lum chegaragacha boradi va undan keyin ta`sir kuchi bilan unga nisbatan javob uchun ketgan vaqt ma`lum qonuniyatga bo`ysunmaydi.
Dastlabki qo`zg`alish hosil bo`lishi uchun eng minimal ta`sir kuchiga (chegaralanmagan vaqt ichida) reabaza deyiladi. Bir reabazaning dastlabki qo`zg`alishini chaqirish uchun kerak bo`ladigan ta`sir etish vaqtiga foydali vaqt deyiladi.
Frantsuz fiziologi Lapikning taklifi bilan ikki marta kuchaytirilgan reabazaning dastlabki qo`zg`alishni chaqirish uchun ketgan vaqt xronoksiya deb yuritila boshlandi. Tabiiy holatda xronoksiyani aniqlash uchun eng yaxshi ta`sirlovchi bu doimiy tok kuchidir. Chunki uni o`lchamlari oson va ko`p sharoitlarga to`g`ri keladi (kuchi, kuchlanishi va boshqalar). Elektr toki bilan ish olib borilganda shu narsa e`tiborga olinishi kerakki, tokning qitiqlash gradienti tez o`zgarib turishi kerak. Shunda uning samarasi yaxshi bo`ladi, aks holda tok kuchini pog`ona kuchi bilan qancha ustun bo`lmasin qo`zg`alishni yuzaga keltira olmasligi mumkin.
Yangi tug`ilgan bolalarda xronoksiya katta odamlarnikidan bir necha marta yuqori bo`ladi. Bunday farq bola tug`ilgandan keyin taxminan 12 soatlarcha kuzatilib, keyin asta sekin kuchsizlana boshlaydi.
Nerv va muskullardagi xronoksiya ularning funktsional xususiyatini ko`rsatuvchi asosiy vositadir. Bola va katta odam organizmida nerv, muskul apparatining turli xronoksiyaga ega bo`lishi ularda har xil gruppa nerv va muskullarning turlicha rivojlanishini ko`rsatadi.



Download 67.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling