"Nestle" kompaniyasining shakllanish tarixi
Download 17.04 Kb.
|
NESTLE заводи
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Nestle" kompaniyasining shakllanish tarixi
"NESTLE" (Nestle — nemis tilining Shveysariya shevasida "jajji uya") — Shvesariyadagi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniya. Jahondagi eng yirik kompaniyalardan biri. Shveysariyalik farmatsevt Genri Nestli 1866 yilda ona suti yetishmasligi oqibatida goʻdaklar oʻlimining oldini olish maqsadida sut, bugʻdoy uni va shakarning turli nisbatlarda aralashtirib ona suti oʻrnini bosadigan "Nestle sut uni"ni yaratdi va uni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi. "N.", asosan, turli sut mahsulotlari, sut aralashmalari, mineral suvlar, alkogolsiz ichimliklar, bolalar oziqovqatlari, kofe, konservalangan va parhez mahsulot ishlab chiqaradi va sotadi. Kompaniya ishlab chikaradigan oziqovqat mahsulotlarining turi 8 mingdan ortiq. Kompaniyaning 70 ga yaqin davlatlarda 500 dan ortik, korxonalari bor. Kompaniya koʻpgina mamlakatlardagi parfyumeriya, kosmetika va farmatsevtika sanoati korxonalari aksiyalarining ham egasidir. Daromadi hajmi jihatidan Yevropada 8-, dunyoda 31-oʻrinni egallaydi. 2001 yilda umumiy savdo hajmi 84,7 mlrd. Shveysariya frankini tashkil etdi. Jami ishchixizmatchilari soni — 230 ming kishi. "Nestle" kompaniyasining shakllanish tarixi “Nestle” kompaniyasining tarixi 1866-yildan boshlanadi, o’shanda birinchi marotaba Genri Nestle bolalar uchun sutli qorishma “FarineLactee”ni yaratdi va uni ishlab chiqarishni boshlaydi. 1886-yilda esa, asoschilari ikki amerikalik – Charlz va Jorj Peyjami bo’lgan “Quyiltirilgan sut ishlab chiqarish va sotish bilan shug’ullanuvchi Anglo-Shvetsariya kompaniyasi” o’z assortimentini sezilarli darajada oshiradi va XIX asrning 70-yillaridayoq ona sutini o’rnini bosuvchi sut ishlab chiqaradi. Nestle bundan xabar topgandan so’ng bunga javoban qadam tashlaydi, ya’ni o’zining quyiltirilgan sut markasini ishlab, bozorga chiqaradi. 1905-yilda qo’shilgunga qadar bu ikki firma bozorda sut mahsulotlari bo’yicha asosiy raqobatchilar edi. Kompaniyalar birlashib yagona “Nestle & Anglo-Swiss Milk Company” kompaniyasiga asos solindi. XX asr boshlarida uning boshqaruvida Ispaniya, AQSh, Germaniya va Buyuk Britaniyada bir necha fabrikalar faoliyat ko’rsatar edi. 1907-yilga kelib kompaniyalar qadam-baqadam butun Avstraliya bozorini egashlashni boshladi, hamda bu korxonaning ishlab chiqarish hajmini ikki barobar oshirish imkonini berdi. O’shandan beri ishlab chiqarish kengayib bordi va bugungi kunga kelib Nestle dunyoning eng yirik kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Bu kompaniyaning muvaqqiyati shundaki, u doimo rivojlanishda bo’lgan va to’xtab qolmagan. Download 17.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling