New uzbekistan: innovation, science and education
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 2 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahmudov Shahzod To‘lqin o‘g‘li BuxDPI Harbiy ta’lim fakulteti 3-bosqich talabasi. Tel.(93) 082-89-26. maxmudovshaxzod11@gmail.com Annotatsiya
- Tayanch tushunchalar
Апрель 2023 10-қисм
Тошкент ‘‘ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН: ИННОВАЦИЯ, ФАН ВА ТАЪЛИМ’’ CHAQIRIQQACHA HARBIY TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARINING DIDAKTIK JARAYONLARINI LOYIHALASHDA TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH. Nazarov Tohir Toshpo‘lotovich BuxDPI Harbiy ta’lim fakulteti o‘qituvchisi, dotsent. Tel.(94)540-74-00. nazarovtohir910@gmail.com Mahmudov Shahzod To‘lqin o‘g‘li BuxDPI Harbiy ta’lim fakulteti 3-bosqich talabasi. Tel.(93) 082-89-26. maxmudovshaxzod11@gmail.com Annotatsiya: Maqola “Chaqiriqqacha harbiy ta’lim” yo‘nalishi talaba-larining didaktik jarayonlarini loyihalashda texnologiyalardan foydalanish haqida fikr yuritilgan. Ta’lim muassasalarida sog‘lom ijodiy muhitni yaratish, ta’lim va tarbiya jarayonida ilg‘or innovatsion, pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish orqali o‘qitish sifatini yangi bosqichga ko‘tarish, talaba-yoshlarning dunyoqarashi, tafakkuri, mustaqil mushohada qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga zamin yaratadi. Tayanch tushunchalar: tenologiya, pedagog, mahorat, loyiha, malaka, bilim,ko’nikma, shijoatli mutaxassis. Pedagogik texnologiya insonga (ta’lim-tarbiya oluvchiga) oldindan belgilangan maqsad bo‘yicha ta’sir o‘tkazish faoliyatidan iborat. Pedagogik texnologiya jarayonida o‘qituvchi rahbarligida ta’lim oluvchi mustaqil ravishda bilim oladi, o‘rganadi, o‘zlashtiradi. Bu faoliyatni amalga oshirish, uni tashkil qilish, olib borish, takomillashtirish, tahlil qilish, tadbiq qilish, qiyoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish, boshqarish, nazorat qilish va baholash kabi jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Hozirgi an’anaviy ta’lim XVII asrda Ya.A.Komenskiyning didaktik tamoyillari asosida shakllanib, hozirgi oliy harbiy ta’lim muassasalarida eng ko‘p qo‘llanayotgan auditoriya-dars tizimidan iborat. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosan shu tizimni turli yo‘nalishlarda takomillashtirish maqsadlarida yaratilib, hozirda rivojlanib bormoqda. Pedagogik jarayonni takomillashtirish, uni ta’lim oluvchi shaxsiga yo‘naltirishga asoslangan pedagogik texnologiyalar: hamkorlik pedagogikasi, ta’limning insonparvarlikka asoslangan texnologiyasi va boshqalar. Ta’lim oluvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan pedagogik texnologiyalar. Muammoli ta’lim, o‘yinlar, tayanch signallar konspektlari texnologiyalari va boshqalar. O‘quv materialini didaktik jihatdan takomillashtirish va qayta ishlab chiqishga asoslangan pedagogik texnologiyalar. Bu texnologiyalar o‘rgatilayotgan bilimlarning didaktik tizimi chuqur mazmunga ega bo‘lishi, bilimlarga tizimli nuqtai-nazardan yondashish, ta’lim oluvchilarga bilimlarni egallashning eng maqsadga muvofiq yo‘llarini o‘rgatish kabi tamoyillarga asoslanadi. O‘quv jarayonini samarali boshqarish va tashkil qilishga asoslangan pedagogik texnologiyalar. Bu texnologiyalarga tabaqalashtirilgan, individual-lashtirilgan, dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyalari; ta’limning jamoa usuli, guruhli, kompyuterli ta’lim texnologiyalari kabilar kiradi. Tabiatga muvofiqlashtirilgan pedagogik texnologiyalar. Bularga ta’lim oluvchining tabiiy imkoniyatlari, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil kilishning tabiiy imkoniyatlari va boshqa tabiatga muvofiq imkoniyatlardan to‘liq foydalanishni amalga oshirishga asoslangan pedagogik texnologiyalar kiradi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling