New uzbekistan: innovation, science and education


Darslarda rolli o’yinlardan foydalanish


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/61
Sana18.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1573138
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   61
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Darslarda rolli o’yinlardan foydalanish
Nutq orqali maqsadga erishmoqchi bo’lsangiz avvalo o’quvchilarni o’rganish va o’quvchilarni 
qiziqtirgan narsalar haqida so’zlash, ko’proq she’r yod olib uni vaqti vaqti bilan aytib turish 
-ravon nutqdir va yana o’ziga xos imidj haqida ham oylashimiz maqsadga muvofiqdir.Ta’limda 
takomillashtirish va yangilanish davr taqozosidir. Shuning uchun ta’lim yangi usullar ustida 
muntazam izlanishni talab etadi. O’quv jarayonidagi bir xil qolipdagi darslar o’quvchini zeriktiradi, 
darslarga e’tiborini susaytiradi, o’quvchi darsni yaxshi o’zlashtira olmasligiga olib keladi. 
Darslar ham mazmun, ham sifat jihatdan yuqori saviyada o’tishi uchun turli interfaol usullarni 
qo’llash mumkin.O’quvchilar ‘’Qushlarni qutqaramiz’’, ‘’Yalmog’izning koptogi’’,’’Zumrad 
adashib qoldi’’,’’Qorqizga yordamingiz kerak’’, “Afrosiyobdagi sayohat”, “Soy suvi”kabi 
rolli o’yinlarga asoslangan darslarni nihoyatda sevishadi.Aslini olganda, bunday qiziqarli darslar 
bolalarning nafaqat fanlar bo’yicha olgan bilimlarini kengaytirish hamda mustahkamlashga 
yordam beradi, qolaversa ulardagi insoniy xislatlarni tarbiyalashda ham muhim o’rin tutadi.
“Qushlarni qutqaramiz” o’yinda bolalar guruhlarga bo’lingan holda matematikadan to’rt 
amalga doir misol va masalalarni to’g’ri yecha olsalargina ovchi to’riga tushgan jonivorlarni 
ketma-ket qutqarishga muyassar bo’lishadi.
Musobaqa tarzda tashkil etilgan bu o’yin ularni tabiatni sevishga,boyliklarni asrab-
avaylashga,qanotli do’stlarimizni himoya qilishga o’rgatadi.O’yin orqali bolalarga ekologiktarbiya 
ham beradi.
’’Zumrad adashib qoldi’’,’’Qorqizga yordamingiz kerak’’-o’yinida ham o’quvchilar 
o’qituvchi tomonidan berilgan vazifalarni bahamjihat yakka va guruhlarda bajarishga harakat 
qilishadi.Bu tarzdagi darslar o’tilgan mavzular bo’yicha olingan bilimlarni yanada boyitishga
bolalar orasida do’stona munosabat, hamjihatlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. O’rmonda 
adashib qolgan Zumradning yo’lida uchragan to’siqlar :“G’orning eshigidagi yashirin so’zni 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling