New uzbekistan: innovation, science and education
Muammoli o‘qitish texnologiyalari
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 2 qism
- Bu sahifa navigatsiya:
- Апрель 2023 10-қисм Тошкент ‘‘ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН: ИННОВАЦИЯ, ФАН ВА ТАЪЛИМ’’
Muammoli o‘qitish texnologiyalari: «Fikrlar hujumi» - bu metoddan maqsad mumkin qadar
katta miqdordagi g‘oyalarni yig‘ish, talabalarni ayni bir xil fikrlash inertsiyasidan holi qilish, ijodiy vazifalarni yechish jarayonida dastlab paydo bo‘lgan fikrlarni yengishdir, bu metod A.F. Osborn tomonidan tavsiya etilgan. Bu metodning asosiy tamoyili va qoidasi bahs ishtirokchilari ishlab chiqqan g‘oyalar tanqidini mutlaq taqiqlash, har qanday luqma va hazil-mutoyibani rag‘batlantirishdir, bu metoddan foydalanishning muvaf fa qi yati ko‘p jihatdan o‘qituvchi – mashg‘ulot rahbariga bog‘liq. «Fikrlar hujumi» ishtirokchilari miqdori 15 kishidan oshmasligi kerak, mashg‘u lot ning davomiyligi bir soatgacha. 37 Апрель 2023 10-қисм Тошкент ‘‘ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН: ИННОВАЦИЯ, ФАН ВА ТАЪЛИМ’’ Yalpi «fikrlar hujumi», bu metod J. Donald Filips tomonidan ishlab chiqilgan, u katta guruhlarda - 20 dan 20 tagacha bo‘lgan - yangi g‘oyalar ishlab chiqish samaradorligini sezilarli darajada oshirishni ta’minlaydi. barcha ishtirokchilar kichik-kichik 5-6 kishidan iborat guruhlarga bo‘linadi va har bir kichik guruh hal qilinadigan ijodiy vazifa va muammo bo‘yicha 15 daqiqa davomida mustaqil ravishda o‘zaro «fikrlar hujumi» o‘tkazadi. shundan so‘ng har bir kichik guruh vakili o‘z guruhlarida ishlab chiqilgan g‘oya haqida axborot beradilar va o‘qituvchi rahbarligida jamoa bo‘lib unga baho beradilar va ulardan eng yaxshilari, betakrorlari tanlab olinadi. «Bumerang» - mazkur texnologiya bir mashg‘ulot davomida o‘quv materialini chuqur va yaxlit holatda o‘rganish, ijodiy tushunib yetish, erkin egallashga yo‘naltirilgan. U turli mazmun va xarakterga (muammoli, munozarali, turli mazmunli) ega bo‘lgan mavzularni o‘rganishga yaroqli bo‘lib, o‘z ichiga og‘zaki va yozma ish shakllarini qamrab oladi hamda bir mashg‘ulot davomida har bir ishtirokchining turli topshiriqlarni bajarishi, navbat bilan o‘quvchi yoki o‘qituvchi rolida chiqishi mumkin. «bumerang» texnologiyasi tanqidiy fikrlash, mantiqni shakllantirishga imkoniyat yaratadi; xotirani, g‘oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og‘zaki shakllarda bayon qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Talabaning o‘quv jarayonidagi egallagan bilimlaridan, kasbiy malakalari va ko‘nikmalaridan hissiy qoniqish va undan quvonch hissini hosil qilishi lozim. Bunday vazifalarni hal qilishda o‘qitish jarayonida o‘yinli texnologiyalardan foydalanish ulkan ahamiyat kasb etadi. o‘yinli texnologiyalarda o‘qitishning faol metodlaridan foydalanish muloqotning demokratik uslubi yutuqlaridan foydalanishga xizmat qiladi, talabalarning ijodiy kuchlari va qobiliyatini o‘stiradi. o‘yinli texnologiyalardan foyda lanishning asosini talabalarning faollashtiruvchi va jadallashtiruvchi faoliyati tashkil etadi. O‘yin olimlar tadqiqotlariga ko‘ra mehnat va o‘qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Psixologlarning ta’kid lashlaricha, O‘yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o‘zini namoyon qilish, hayotda o‘z o‘rnini barqaror qilish, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. O‘yin ijtimoiy tajribalarni o‘zlashtirish va qayta yaratishga yo‘nalgan vaziyat larda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning o‘z xulqini boshqarishi shakllanadi va takomillashadi. Psixologlar ta’kidlaydilarki, o‘yinga kirishib ketish qobiliyati kishi yoshiga bog‘liq emas, lekin har bir yoshdagi shaxs uchun o‘yin o‘ziga xos bo‘ladi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling