New uzbekistan: innovation, science and education
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 2 qism
Kalit so’zlar: ta’lim-tarbiya,zamonaviy pedagogik texnologiya,didaktik va rolli o’yinlar. Farzandlar tinchligi, ularning baxti, kamoloti-jamiyatning eng katta boyligi. Shavkat Mirziyoyev, O’zbekiston Prezidenti Har bir bolada quyosh bor,shu quyoshning nur sochishiga yordam beraylik. Bolalarning qalbi ilk boshlang’ich davri ekin ekishga hozirlab qo’yilgan dala kabidir.Biz pedagoglar unga nima eksak,nima sochsak o’sadi,bir kuni ekinimizning hosilini o’rishimizga to’g’ri keladi.O’ylab ko’raylik-chi,qaysi ota-ona yangi dunyoga kelgan chaqalog’ini olib,zavq-shavq bilan bag’riga bosib,uni to’g’ri ,noqobil bo’lib voyaga yetishishini orzu qiladi. Yo’q ,bunday ota-ona topilmaydi. Insonlarning yaxshi orzulari yoniga yana tarbiya deb atalmish mashaqqatli mehnat ham jo’r bo’lishi kerak! Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa, ta’limdan ajratib bo‘lmaydi – bu sharqona qarash, hayot falsafasi. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga etkazish – ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim. Har bir darsni yaxlit holatda ko‘ra bilish va uni tasavvur etish uchun o‘qituvchi bo‘lajak dars jarayonini loyihalashtirib olishi kerak. Buning uchun u darsning texnologik xaritasi har bir mavzu, har bir dars uchun o‘qitilayotgan predmet, fanning xususiyatidan, o‘quvchilarning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqqan holda tuziladi. Hozirgi zamon ta’lim tizimidagi amaliy tajriba shuni ko‘rsatadiki oldindan puxta loyihalashtirilgan dars, albatta, o‘qituvchi va o‘quvchiga darsni qiziqarli bo‘lishi, shuningdek ijobiy natijaga erishishlariga imkoniyat yaratadi hamda darsning samaradorligini oshiradi.Boshlang’ich sinf o’qituvchilari ta’limning yangi qoidalari bilan tanishtirish natijasida ular quyidagi bilim,ko’nikma va malakalarga ega bo’lishadilar: -Pedagogika, metodika,ta’lim texnologiyasining mazmun –mohiyatini tushunish. -Pedagogik nazariya va amaliyotning o’zaro aloqadorligini bilish . -fundamental tadqiqot va amaliy tajribalarni o’z faoliyatiga qo’llash . -o’quv predmeti va aniq mavzuga tegishli zamonaviy pedagogik texnologiyani qo’llash -turli pedagogik vaziyatlardan muvaffaqiyatli chiqa olish -mashg’ulotlarni tashabbuskorlik, ijodkorlik ko’rsata olish. - o’zining shaxsiy uslubiga ega bo’lishi. Boshlang’ich sinflarda ta’lim ijodkorligi o’qitishda amaliy faoliyatni hisobga olib tashkil etilsa, u ijodiy natija berishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling