New uzbekistan: innovation, science and education
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
10.Pedagogika yonalishi 2 qism
Апрель 2023 10-қисм
Тошкент ‘‘ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН: ИННОВАЦИЯ, ФАН ВА ТАЪЛИМ’’ Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashda uning sifat ko’rsatkichlarini ifodalaydigan quyidagi tamoillarga e’tibor berishi muhim; - Zamonaviylik –ta’lim jarayoniga ilmiy asoslangan ,tajribadan o’tgan didaktik yangiliklar ,metod , vositalar kiritilishi -Ilmiylik –bu o’qitish maqsad va vazifalarini belgilashda aniqlikka ko’chish. Demak, ta’lim uchun zarur bo’lgan bu didaktik qoidalarga amal qilinsa boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari yuqori samaradorlikka erishishlari tayin bo’ladi,shu bilan birga ta’lim samaradorligini oshirishda interfaol usullarga doir tajribalar ham yetakchi o’rin tutishni yoddan chiqarmaslik kerak. Matematika fani darslarida an’anaviy uslublar ,ya’ni gapirib berish ,tushuntirish ma’ruza qilish ham o’quvchilarning faollashuviga qaratilgan bo’lishi kerak.Umuman, o’qitish usullarini yangi pedagogik texnologiya asosida tanlash katta ahamiyatga ega bo’lib ,ular o’quv materiallarining mazmuni, noananaviyligi, interfaolligi ,yangiligi sinf o’quvchilarining qiziqishi va yetuklik darajasi,savyasi darsdagi ko’rgazmalar va jihozlarning sifati orqali belgilanadi. Shunday qilib, o’quvchilarning har bir matematik mavzuni o’zlashtirishi mumkin bo’lgan barcha imkoniyatlarni boshlang’ich sinf o’qituvchisi puxta tahlil qilib ,ulardan eng samarasini dars uchun alohida tanlab olish kerak. Chunki boshlang’ich sinf o’qituvchisi vaqtni mumkin qadar kam sarflab,o’quvchilar bilimlarini chuqur o’zlashtirishi,qobilyatlarni rivojlantirishni ta’minlaydigan usullarni qo’llash samarali hisoblanadi.Shu bois ,qiziqish va uyg’otish vositalaridan biri o’rganolgan mavzuga bog’liq bo’lgan bilimlarning ilmiy ahamiyatini o’quvchilarga kengroq ochib ko’rsatishdir. Matematika fani darslarida noan’anaviy usullardan foydalanishning samaradorligini qo’llab o’z faoliyatimda kuzatilgan. Masalan ,2-3-sinflarda masala yechish jarayonini “Ertaklar olamiga sayohat ” mavzusida o’tkazish mumkin.Xattaxtani ertak mavzusida jihozlab,har bir jihozga masalalar va misollar kiritamiz.Bu jihozlar barchani diqqatini tortadi.Bunda o’quvchining masala yechish qobilyati bilan birga uning chqqonligini va aktyorlik san’atini ham bilish hamda baholash mumkin. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar mehnatidan foydalanib ham ,ularni darsga jalb etish va qiziqtirish mumkin.Bu usul takrorlash ,masalalar yechish darslariga qo’l keladi.Sotuvchi va xaridor o’yinida o’quvchilar o’zlari qo’lda yasab kelgan narsalarni o’zaro ayriboshlaydi.Sotuvchi masalani yechsa ,xaridor narsaga ega bo’ladilar.Bunday o’yinlarning tarbiyaviy ahamiyati juda kattadir Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling