40
Апрель 2023 10-қисм
Тошкент
‘‘ЯНГИ ЎЗБЕКИСТОН: ИННОВАЦИЯ, ФАН ВА ТАЪЛИМ’’
ochildi” kabi topshiriqlar asosida Zumradga yordam berish lozim.Bu topshiriqlar orqali Zumrad
o’z uyiga yaqinlashadi va to’siqlardan o’quvchilar ko’magida o’tib oladi.
Bu kabi o’yinlarni o’qish,
ona tili, matematika,
tabiatshunoslik, odobnoma darslarida
mavzuni musathkamlash vaqtida rolli o’yinlar o’quvchilarda bilim, ko’nikma,
malaka hosil
qiladi.O’quvchilarning qiziqishlari, izlanishlarini oshirish maqsadida ularga turli rag’bat usullaridan
foydalanish,misol uchun guruhlarning ishtirokini shakllantirishda
“Gullar guldastasi”,“Quyosh
kuldi”,“Sirli sandiq ochildi”,“Savatdagi gullar”,“Qorboboning sovg’asi”, “Prezident
tabrigi”,
’’Bahoroyning gullari’’,“Tashakkurnomalar” kabi rag’batlarni ota-onalarga olib borsalar,
oiladagi, maktabdagi hamkorlik yanada yaxshi samara beradi. Yasalgan tojni kiyib ota-onasiga
olib borsa, qo’lidagi tashakkurnoma, Prezident tabrigini o’qib eshittirsa, bolada ham, ota-onada
ham mehr,qiziqish oshadi.
Shuningdek, ularni o’zida kattalar va kichiklarga mehribon bo’lishga ham o’rgatadi. Umuman
olganda ta’lim bilan tarbiyaning uzviyligini doimiy ravishda ta’minlash samarali omil bo’la oladi.
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi ana shu tomonlarni nazaridan chetda qoldirmasligi darkor.
Darslarda didaktik materiallardan foydalanish.
Bolaning o’quv faoliyatini rivojlantirishda turli o’yinlardan foydalanish katta ahamiyatga ega.
Bolalar o’yin orqali o’z bilimlarini mustahkamlaydilar va chuqur o’zlashtiradilar. Shunga ko’ra
ta’lim jarayonida qo’llaniladigan didaktik o’yinlarning o’rni beqiyosdir.Didaktik o’yinlar ta’lim
jarayoni samaradorligini oshiradi,ta’lim jarayonida o’quvchilar faolligini rivojlantiradi.
Didaktik o’yinlar boshlang’ich sinflarda ta’limning samarali bo’lishiga
katta yordam
beradi,ya’ni didaktik o’yinlar vositasida nazariy bilimlar oson egallanadi,o’quvchilarning bilim
olishga qiziqishlari ortadi.
‘’Cho’qqini zabt et”(Eng baland cho’qqi),”Xatosini top”,”O’z uyingni
top”,”O’zgartirilgan jumla”,”Mazmunli gap(hikoya)”,”Raketalar parvozi”,”Bu meniki”,”So’z
turkumlari”,”Xotira mashqi”kabi o’yinlar albatta o’z samarasini beradi.
Jumladan: ’’Sirli xatlar’.
Muxbir kiyimida bir o’quvchi sinfga kirib keladi.U shunday deydi: ‘’Biz bir qancha sirli xatlar
oldik.Bu xatlar ustiga manzil yozilmagan .Unga faqat savol va topshiriqlar yozilgan. Ushbu
topshiriqlarni bajargan o’quvchi ushbu
„Tabriknoma’’ ga ega bo’ladi.
Ushbu tabriknomalar
Qorbobodan, Prezidentimizdan,maktab ma’muriyatidan,
Bahoroydan, Bilimdonlar qasridan
Do'stlaringiz bilan baham: