Newjournal org часть октябрь 2022 образование наука и инновационные
Download 1.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Часть 7.2
newjournal.org
часть 7.2 октябрь 2022 139 ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ ISSN-2181-3817 umumiy bug'lanish va yer osti suvlarining holati va drenaj tezligi S. F. Averyanov [10] , [11] formulasi bilan aniqlandi. Suv-tuz rejimini prognozlash vazifalari quyidagilardan iborat: tabiiy sharoitda sug'oriladigan maydonning suv-tuz rejimini belgilovchi omillarni hisobga olish va baholash; tuproqdagi yer osti suvlari rejimi va tuz zahiralarini hisoblash va shu asosda meliorativ tadbirlarni o‘tkazish zarurligini belgilash; yuvish va drenajlash parametrlarini hisoblash. Zamonaviy meliorativ amaliyotda suv-tuz rejimini bashorat qilish uchun quyidagi usullar qo'llaniladi: 1) suv va tuz balanslari tenglamalarini yechishga asoslangan balans; 2) har xil differensial tenglamalarni, shu jumladan chekli ayirma usulida yechishga asoslangan analitik metodlar; 3) kompyuter dasturlari orqali tadqiq qilish va boshqalar. Hozirgi vaqtda asosiysi balans usuli bo'lib, unda prognozlash suv-tuz balansi tenglamalarini va tuproqdagi namlik va tuzlarning harakati tenglamalarini yechishga asoslangan. S. F. Averyanov quyidagilarni aniqlashni taklif qildi: yer usti va yer osti suvlari va aeratsiya zonasi suvlarini hisobga olgan holda sug'oriladigan maydonning suv balansini, tuproq va yer osti suvlari balansini aniqlash, m 3 /ga [2] , [3] , [4] , [5] . Drenaj mavjud bo'lganda sug'oriladigan maydonning suv balansi quyiidagi tenglamalardan aniqlanishi kerak [9] , [12] (1-rasm): a) umumiy suv balansi quyidagi formula bilan ifodalanadi: b) aeratsiya zonasidagi yer usti suvi va namlik balansi quyidagi tenglama bilan aniqlanishi kerak: c) yer osti suvlari balansi quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi : |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling