Neyropsixologiya asoslari
Download 0.73 Mb.
|
BARATOVA YULDUZ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Afferent motor afaziya.
Neyropsixologlar nutqning ikkita alohida turini farq qilishadi. Bu ekspressiv nutq (so’zlash) va impressiv nutq (so’zlarni, gaplarni tushunish). Afaziyaning barcha turlarida u yoki bu darajada ekspressiv va impressiv nutq buzilgan bo’ladi. Masalan, motor nutq markazlari zararlanganda, asosan ekspressiv nutq, sensor nutq markazlari zararlanganda, ko’proq impressiv nutq buziladi.
Ekspressiv nutq og`zaki va yozma nutqlarga ajratilsa, impressiv nutq og`zaki va yozma nutqni tushunishdan iboratdir. Og`zaki nutqqa monologik, dialogik va takroriy nutqlarni misol qilib keltirish mumkin. Narsalarning nomini aytish, ularning harakatini so’z bilan ifodalash ham og`zaki nutqning bir turidir. Yozma nutq mustaqil yoki diktant ko’rinishida bo’ladi.
Цitoarxitektonik maydonlar
Afferent motor afaziya. Har qanday so’z talaffuz qilinayotganda, har xil kuchga, yo’nalishga va qamrovga ega bo’lgan artikulyator harakatlar qilinadi. Har qanday nutq tovushini chiqarish uchun ham aniq bir artikulyator harakatlar yig`indisi ishtiroki zarur. Ushbu harakatlarni boshqarib turish uchun so’zlash a’zolaridan (lab, til, tanglay va h.k.) miyaga doimo to’xtovsiz impulslar kelib turishi kerak.
Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling