Ni aniqlash


Download 93.04 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi93.04 Kb.
#1019917
Bog'liq
elementlae atom massalari


elementlae atom massalari.gazlarning molikulya massasiNI ANIQLASH
R E J A :
1. Atom-molekulyar ta'limot
2. Molekulyar ta'limot
3.Gazlar molekulyar nazariyasining asoslari

Kimyo tabiat xakidagi fan bulib, u boshka tabiiyot fanlari (fizika, biologiya, mineralogiya) kabi moddiy jismlar tugrisida bizga atroflicha ma'lumot beradi, u jonli va jonsiz tabiatni tashkil etgan moddalarni, ularning xossalarini, tuzilishini, bir-biriga aylanishini, shular natijasida ruy beradigan uzgarishlarni va bu uzgarishlar orasidagi boglanishlarni tekshiradi. Kiska kilib aytganda, kimyo-moddalar va ularda buladigan uzgarishlar xakidagi fandir.


Kimyoviy uzgarishlarda (reaksiyalarda) dastlabki moddalardan, ya'ni xom-ashyodan boshka tarkibga va boshka xossalarga ega bulgan maxsulotlar olinadi. Kimyoviy prosesslarni borishi reaksiyada ishtirok etadigan moddalarning tarkibiga, ularni tashkil etuvchi zarrachalarning tuzilishiga boglik. Shuning uchun moddalarning tuzilishi bilan ularning reaksiyaga kirisha olish kobilyati orasidagi boglanishni urganish katta axamiyatga ega. Biz kimyoviy prosesslarni ma'lum maksad bilan amalga oshiramiz va ularni uzimiz uchun kerakli tomonga yunaltirib, istalgan fizikaviy, kimyoviy, biologik va xokazo xosalarga ega bulgan moddalar xosil kilishimiz mumkin.
Insonlar bundan bir necha ming yil avvaldanok rudalardan metallar ajratib olishda, metallarni kotishmalarini tayyorlash, shisha pishirish va shunga uxshashlarda kimyoviy xodisalardan keng foydalanib kelganlar. Rus olimi M.V.Lomonosov uzining 1751 yilda nashr etilgan "Ximiyaning foydasi xakida ikki ogiz suz" asarida "Ximiya uz kullarini inson extiyoji bilan boglik bulgan xamma ishlarga chuzmokda. Kayerga karamaylik, kayerga nazar solmaylik, xamma yerda bizning kuz oldimizda ximiyaning tadbik etilishidan kulga kiritilgan yutuklar gavdalanadi" degan edi. Ximiya xalk xujaligining barcha soxalarida keng kullanilmokda.
M.V.Lomonosov 1741 yilda uzining "Matematik kimyo elementlari" nomli asarida atom -molekulyar nazariyani kuyidagicha ta'rifladi:
1) Barcha moddalar "korpuskula"lardan iborat bulib, ular bir-biridan oralik fazo bilan ajralgandir.(Lomonosovning "korpuskula" termini xozirgi molekula ma'nosiga ega);
2) Korpuskulalar tuxtovsiz xarakatda buladi;
3) Korpuskulalar elementlardan tashkil topgan (Lomonosovning element tushunchasi xozirgi atom ma'nosiga ega.) Elementlar xam tuxtovsiz xarakatlanadi;
4) Elementlar anik massaga va ulchamga ega.
5) Oddiy moddalarning korpuskulalari bir xil elementlardan, murakkab moddalarning korpuskulalari turli elementlardan tuzilgan.
M.V.Lomonosovdan keyin yana kariyb yarim asr keyin, ingliz olimi D.Dalton kimyo va fizika soxasida yigilgan tekshirish natijalarini atomistik ta'limot asosida talkin kildi; u atomistikaga asoslanib, karrali nisbatlar konunini yaratdi. U 1808 yilda uzining "Novaya sistema ximicheskoy filosofii" nomli asarida atomistik ta'limotni kuyidagicha tarifladi:
a) Moddalar nixoyatda mayda zarrachalar - atomlardan tuzilgan, atom yanada kichikrok zarrachaga bulina olmaydi;
b) Xar kaysi kimyoviy element fakat uziga xos "oddiy" atomlardan tuzilgan bulib, bu atomlar boshka element atomlaridan fark kiladi, xar bir elementning atomi uziga xos ogirlik va ulchamga ega;
v) Kimyoviy reaksiya vaktida turli elementlarning "oddiy" atomlari uzaro anik va uzgarmas butun sonlar nisbatida birikib, murakkab atomlarni xosil kiladi;
g) Fakat boshka-boshka xossalarga ega bulgan atomlargina uzaro birika oladi, bir elementning atomlari xech kachon uzaro kimyoviy reaksiyaga kirisha olmaydi.Ular fakat bir-biridan itariladi.
Dalton ximiyaning asosiy konunlarini izoxlab berdi. U kimyoviy element tushunchasiga anik ta'rif berdi: "Kimyoviy element bir xil xossalar bilan xarakterlanadigan atomlar turidir". Undan tashkari Dalton "atom ogirlik" (ya'ni atomning nisbiy ogirligi) tushunchasini kiritdi, vodorodning atom ogirligini shartli ravishda 1 ga teng deb kabul kildi.
Dalton ta'limotida kamchiliklar borligi usha vaktdayok ma'lum buldi. Dalton ta'limoti oddiy moddalarning molekulalari bulishini inkor kildi. M.V.Lomonosov ta'limoti Dalton ta'limotidan afzal bulib chikdi.
Lomonosov ta'limoti turli xossalari atomlar bilan bir katorda bir xil xossali atomlarning xam uzaro birika olishga yul kuyar edi. Molekula bu berilgan moddaning kimyoviy xossalariga ega bulgan eng kichik zarrachadir. Molekulaning kimyoviy xossalari uning tarkibi va kimyoviy tuzilishi bilan aniqlanadi.
Atom bu kimyoviy elementlarning oddiy va murakkab moddalar tarkibiga kiradigan eng kichik zarrachadir. Elementning kimyoviy xossalari uning atomining tuzilishi bilan aniklanadi.
Atom - bu musbat zaryadlangan atom yadrosi bilan manfiy zaryadlangan elektronlardan tashkil topgan elektroneytral zarrachadir. Kimyoviy element - bu yadrosining musbat zaryadi bir xil bulgan atomlarning muayyan turidir. Tekshirishlar shuni kursatadiki, tabiatda bitta elementning massasi turli bulgan atomlari mavjud bulishi mumkin. Masalan, xlorning massasi 35 va 37 bulgan atomlari uchraydi. Bu atomlarning yadrolarida protonlar soni bir xil, lekin neytronlar soni xar xil buladi. Elementning yadro zaryadlari bir xil lekin massa sonlari turlicha bulgan atomlar turlari izotoplar deyiladi.
Elementning atom massasi uning barcha tabiiy izotoplari massalarini shu izotoplarning tarkalganlik darajasi e'tiborga olingan urtacha kiymatiga ega. Masalan tabiy CL ning 75.4% massa soni 35 bulgan izotopdan va 24.6% massa soni 37 bulgan izotopdan iborat; CL ning urtacha atom massasi 35.453
Oddiy moddalar - bular bitta elementning atomlaridan xosil bulgan moddalardir. C, Fe, Na, K, N2, H2. Murakkab moddalar - boshkacha aytganda kimyoviy birikmalar bular turli xil elementlarning atomlaridan xosil bulgan moddalardir. H2O, CO2, Na2O, NaCL, H2SO4, KOH.
Xozirgi tasavvurlarga kura moddalar gaz va bug xolatida molekulalardan tarkib topgan buladi. Molekulyar strukturaga ega bulgan moddalargina kattik (kristall) xolatida xam molekulalardan tarkib topadi. Bularga, masalan, organik moddalar, metallmaslar ayrim istisnolardan tashkari SO2, N2O kiradi.
Kattik (kristall) anorganik moddalarning kupchiligida molekulyar struktura bulmaydi. Ular molekulalardan emas, balki boshka zarrachalardan (ionlardan, atomlardan) tarkib topgan va makrojismlar xolida mavjud buladi (NaCL kristallari, kvars zarrachalari, temir parchasi va boshkalar).
Agar anorganik makrojismlar bitta kimyoviy elementning bir xil atomlaridan tarkib topgan bulsa, u xolda kimyoviy birikmalar buladi.
Molekulyar strukturali moddalarda molekulalar orasidagi kimyoviy boglanish puxtaligi molekula ichidagi atomlar orasidagi boglanishga karaganda bushrok buladi. Shu sababli ularning suyuklanish va kaynash temperaturasi nisbatan past buladi. Nomolekulyar strukturadagi moddalarda zarrachalar orasidagi kimyoviy boglanish juda puxta buladi. Shu sababli ularnig suyuklanish va kaynash temperaturasi xam yukori buladi.
Kristallarning ma'lum shaklga va anizatroplik xossasiga ega bulishi ularning ichki tuzilishidan, tarkibiy kismlarning ma'lum konun asosida joylashuvidan kelib chikadi.
1912 yilda rentgen nuri yordamida kristallarning ichki tuzilishini aniklash mumkin bulganidan sung, bu fikr tula tasdiklandi. Tekshirishlarning kursatishicha, kristall moddani tashkil kilgan zarrachalar fazoda ma'lum tartib bilan joylashib, fazoviy kristall panjara xosil kiladi.
Kristall panjarada tarkibiy kismlar joylashgan nuktalar kristall panjaraning tugunlari deyiladi.
Panjara tugunlarida turgan zarrachaning tabiatiga karab, asosan 4 xil kristall panjara buladi. Bular ionli, atomli, molekulali, metalli panjaralardir.
Ionli panjara tugunlarida ionlar turadi. Karama-karshi ishorali ionlar navbatma navbat joylashadi. Kupchilik anorganik moddalar oksidlar, asoslar, tuzlar kristall ionli panjaradan iboratdir. Masalan, natriy xlor tuzi kristall panjarasining tugunlarida Na va CL ionlari turadi. Na ni xar kaysi ioni CLning 6 ta ioni bilan kurshalgan. NaCL kristallida koordinasion son 6 ga teng, koordinasion sonning kiymati, asosan zarrachalar radiusining uzaro nisbatiga boglik, ularning bir-biridan ayirmasi kamaygan sari koordinasion son kupayadi. Ionli panjarada uzaro tortishish juda kuchli buladi. Shu sababli ionli panjara kristallarining suyuklanish t si juda yukoridir. Masalan: NaCL ts-800°S, tk-1413°S.
Atomli panjaraning tugunlarida atom turadi. Olmos bilan grafit kristallarining panjara tugunlarida uglerod atomi joylashgan. Olmos kristallida tetraedr burchagida joylashgan turtta uglerod atomi bir-biri bilan kovalent kuch orkali tortishib turadi. Grafitda esa uglerod atomlari katlamlarga joylashgan. Ikki katlamdagi uglerod atomlari bir-birini kuchsiz tortadi, Ular Vander-Val's kuchi orkali tortishib turadi. Grafitning yumshokligi ana shundan kelib chikadi.
Molekulyar panjarali kristallning tugunlarida molekula turadi SO2, muz va bir kancha organik moddalarni kristali shu xilda buladi. Molekulalar bir-biri bilan juda kuchsiz boglangan. Shu sababli molekulyar panjaradan iborat kristallar ionli va atomli kristallarga karaganda anchagina yumshok, oson suyuklanuvchan buladi.
Metalli panjara metallarga xosdir. Panjara tugunlarida metall ioni joylashgan buladi. Yadro bilan kuchsiz boglangan valent elektronlar (sirtki kavatdagi elektronlar) musbat zaryadlangan metall ionlari orasida xarakat kiladi. Ma'lum atomga boglanmagan va bir kancha atomlarning karamogida bulgan erkin xarakat kiluvchi bunday elektronlar "elektronlar gazi" deyiladi. Shunday kilib ionlar kollektivi elektronlar kollektivi bilan tortishib turadi. Bunday boglanish metall boglanish deyiladi. Metall boglanish anchagini kuchlidir. Shu sababli metallar ancha mustaxkam va kiyin suyuklanuvchan buladi.
Grafik formulalar, boshkacha aytganda tuzilish formulalari – bular xar kaysi boglovchi elektronlar jufti chizikcha bilan tasvirlangan formulalardir.
Kimyoning eng birinchi konuni moddalar massasini saklanish konunidir. Bu konun dastlab Lomonosov va keyinchalik Lavuaz'ye tomonidan ta'riflangan: Kimyoviy reaksiyada dastlabki moddalar massalarining yigindisi reaksiya maxsulotlari massalarining yigindisiga tengdir.
Katta mikdorda energiya ajralib chikishi bilan sodir buladigan prosesslar (masalan, radioaktiv moddalarning yemirilishi, atom xamda vodorod bombalarining portlashi) massaning saklanish konuniga emas, balki materiyaning saklanish konuniga buysunadi. Agar prosessning issiklik effekti Q bulsa, prosess davomida massaning uzgarishi  m Eynshteyn tenglamasi bilan ifodalanadi:  mqQG's2 s2 - nixoyatda katta son (9*1020) bulganligidan odatdagi reaksiyalarda massa uzgarishi nixoyatda kichik buladi va uni tarozi yordamida paykash kiyin.
Tarkibning doimiylik konuni. A.Lavuaz'ye 1781 yilda SO2 gazini 10 xil usul bilan xosil kildi va gaz tarkibidagi S va O ogirliklari orasidagi nisbat 3:4 ekanligini anikladi. Shundan keyin xar kanday kimeviy toza birikmani tashkil etuvchi elementlarning ogirliklari uzgarmas nisbatda buladi, degan xulosa chikarildi. Bu xulosa tarkibning doimiylik konunidir. Lekin 1803 yilda fransuz olimi Bertole kaytar reaksiyalarga oid tadkikotlar asosida, kimeviy reaksiya vaktida xosil buladigan birikmalarning mikdoriy tarkibi reaksiyalar uchun olingan dastlabki moddalarning ogirlik nisbatlariga boglik buladi, degan xulosa chikardi.
J.L.Prust (1753-1826) Bertolening yukoridagi xulosasiga karshi chikdi. U kimyoviy toza moddalarni puxta analiz kildi, toza birikmalarning mikdoriy tarkibi bir xil bulishini uzining juda kup analizlari bilan isbotladi. Prust bilan Bertole orasidagi munozara yetti yil davom etdi. Bu kurash ikki falsafiy okim kurashi buldi.
Gazlar molekulyar nazariyasining asoslari
Molekulyar fizika va termodinamika ayni bir doiradagi hodisalarni, xususan, jismlardagi makroskopik protsesslarni, ya’ni jismlar tarkibidagi ulkan miqdordagi atomlar va molekulalar bilan bog‘liq bo‘lgan hodisalarni o‘rganadi.
Molekulyar fizika moddaning atom-molekulyar tuzilishi haqidagi tasavvurlardan kelib chiqadi va issiqlikni atom va molekulalarning tartibsiz harakati deb qaraydi. Molekulyar fizikani ko‘pincha modda tuzilishining molekulyar-kinetik nazariyasi deb ham yuritiladi.
Molekulyar fizika materiyaning issiqlik harakatini o‘rganadi.
Issiqlik harakati degan tushuncha bir nechagina molekulalardan iborat sistemalarga tatbiq etilmaydi. Nihoyatda ko‘p molekulalarning xaotik harakati ayrim jismlarning tartibli mexaniq ko‘chishidan sifat tomondan farq qiladi. Xuddi o‘sha sababdan ham xaotik harakat materiya harakatining o‘ziga xos xossalariga ega bo‘lgan maxsus turi hisoblanadi.
Jismlarning ichki xossalari issiqlik harakatiga bog‘liq, shuning uchun issiqlik harakatini o‘rganish jismlar ichida yuz beradigan ko‘p jarayonlarni tushunib olishga imkon beradi.
Atom yoki molekulalari juda ko‘p bo‘lgan jismlar fizikada makroskopik jismlar deb ataladi. Makroskopik jismlarning o‘lchamlari atomlarning o‘lchamlaridan juda ko‘p marta katta bo‘ladi. Ballon ichidagi gaz, idishdagi suv, qum, tosh, po‘lat sterjen, Yer shari makroskopik jism hisoblanadi. Makroskopik jismlarda yuz beradigan jarayonlarni (protsesslarni) molekulyar fizika o‘rganadi.
Atom va molekulalarning issiqlik harakatiga bog‘liq bo‘lgan va boshqa ko‘p hodisalar issiqlik hodisalari deb ataladi.
Issiqlik hodisalarining qonunlari kashf etilishi bu hodisalardan amalda, texnikada samarali foydalanishga imkon beradi. Hozirgi zamon issiqlik dvigatellari, gazlarni suyuqlikka aylantiradigan qurilmalar, sovitgich apparatlar va boshqa qurilmalar ana shu qonunlarga asoslanib loyihalanadi.
Makroskopik jismlarning ichki holati makroskopik parametrlar deb ataladigan miqdorlar bilan aniqlanadi. Bular jumlasiga bosim, hajm va temperatura kiradi.
Bosim deb, sirtning bir birlik yuzasiiga perpendikulyar ravishda ta’sir qiluvchi kuchga miqdor jihatdan teng bo‘lgan fizik kattalikka aytiladi, ya’ni
, (1)
bu yerda - ta’sir qiluvchi kuch;
- sirtning yuzasi.
SI sistemasida bosim Paskallarda o‘lchanadi, ya’ni
. (2)
Ko‘pincha bosimning amaliyotda foydalaniladigan birliklari: millimetr simob ustuni (mm sim. ust.), fizik atmosfera (atm.) va texnik atmosfera (at.)
(3)
.
Normal atmosfera bosimi deb, dengiz sathida temperaturada balandligi 760 mm simob ustuniga teng bo‘lgan atmosfera bosimiga aytiladi.
Atmosfera bosimi ob-havoni belgilaydigan boshqa ko‘p hodisalar bilan uzviy bog‘liqdir. Shuning uchun ob-havoni oldindan aytish va boshqa maqsadlar uchun atmosfera bosimini bir onda o‘lchashga to‘g‘ri keladi. Atmosfera bosimlarini o‘lchashda qo‘llaniladigan asboblar barometrlar deb ataladi.
Berk idishlardagi bosimni o‘lchashga mo‘ljallangan asboblarga manometrlar deyiladi. Manometrlar ikki turga: suyuqlikli va metall manometrlarga bo‘linadi. Suyuqlikli manometrlar kichik bosimlarni o‘lchashda, metall manometrlar esa katta bosimlarni o‘lchashda ishlatiladi.
Hajm quyidagi formula bilan ifodalanadi:
, (4)
bu yerda - moddaning hajmi;
- moddaning massasi; - moddaning zichligi.
. (5)
Issiqlik hodisalari to‘g‘risidagi butun ta’limotda temperatura tushunchasi markaziy o‘rin egallaydi. Temperatura jismning isiganlik darajasini ifodalaydi.
Temperaturani o‘lchaydigan asbob – termometr deyiladi. Termometrning ishlash prinsipi jismlarning bir-biriga energiya berish yoki olishiga asoslangan. Ko‘pincha ishlatiladigan termometrlar suyuqlikli (simobli, spirtli) termometrlardir. Amaliyotda temperatura Selsiy shkalasi orkali o‘lchanadi va , bilan belgilanadi.
Kelvin boshqa temperaturalar shkalasini taklif kildi. Kelvinning taklif kilgan shkalasini termodinamik yoki absolyut temperatura shkalasi deyiladi. Bu shkala bilan ifodalangan temperatura bilan belgilanadi va Kelvin (K) hisobida ifodalanadi. Temperatura birligi kelvin SI da asosiy birliklardan biri hisoblanadi. Kelvin shkalasida ifodalangan temperatura Selsiy shkalasida ifodalangan temperatura bilan quyidagicha bog‘lanishga ega bo‘ladi:
. (6)
Holat parametrlari bir-biriga qonuniy ravishda bog‘langan bo‘lib, ulardan birining o‘zgarishi natijasida boshqalari ham o‘zgaradi. Bu kattaliklarning o‘zaro bog‘lanishi analitik usulda funksiya ko‘rinishida ifodalanishi mumkin, ya’ni
. (7)
Biror jismning parametrlari orasidagi bog‘lanishni ifodalovchi munosabat shu jismning holat tenglamasi deb ataladi. Binobarin, yukoridagi (7) ifoda holat tenglamasidir.
Har qanday moddaning xossalari uni tashkil etuvchi zarralarning xossalari va harakatining harakteri bilan aniqlanadi.
Moddaning uzlukli (diskret) tuzilishi to‘g‘risidagi tasavvur uzoq o‘tmishdayoq paydo bo‘lgan edi. Hozirgi zamon fanining ma’lumotlariga ko‘ra, har qanday modda molekulalar deb ataluvchi zarrachalardan tuzilgan bo‘lib, molekulalar esa o‘z navbatida atomlardan tashkil topgandir.
Moddalar uzluksiz xaotik (tartibsiz) harakatda bo‘lgan atom va molekulalardan tuzilgan degan fikrga asoslangan modda tuzilishining nazariyasiga molekulyar-kinetik nazariya deyiladi.
Modda tuzilishining molekulyar-kinetik nazariyasi quyidagi uchta qoidaga asoslanadi:

  1. Barcha moddalar molekulalardan tashkil topgan; molekulalar o‘z navbatida atomlardan tashkil topgan;

  2. Molekulalar har doim uzluksiz tartibsiz (xaotik) harakatda bo‘ladi;

  3. Hamma moddalar zarralari orasida tabiati elektromagnit ta’siridan iborat bo‘lgan tortishish va itarishish kuchlari mavjud.

Molekulyar-kinetik nazariya gazsimon, suyuq va qattiq holatdagi moddalarni o‘rganishda asosiy nazariya bo‘lib qoldi.
Molekulyar-kinetik nazariyaning to‘g‘riligini Broun harakati, diffuziya va boshqa hodisalar to‘la tasdiqlaydi.
Broun harakati deb, suyuqlik yoki gazlarda muallaq holatdagi qattiq va erimaydigan zarrachalarning uzluksiz xaotik harakatiga aytiladi.
Diffuziya deb, bir-biri bilan chegaradosh ikki modda molekulalarining xaotik harakati natijasida asta-sekin o‘zaro aralashib ketish hodisasiga aytiladi.
Diffuziya hodisasi gazlar, suyuqliklar va qattiq jismlarda har xil kuzatiladi, bu jismlar atom va molekulalarining bir xil harakatlanmasligini ko‘rsatadi.
Diffuziya hodisasi tabiatda va texnikada katta rol o‘ynaydi. O‘simliklarning ildizlari o‘simlik uchun zarur moddalarni tuproq osti suvlaridan ildizlar ichiga qarab yo‘nalgan diffuziya oqimi vositasida oladi. O‘simlik uchun zarrali bo‘lgan moddalar o‘simlik tomonidan o‘zlashtirilmaydi, ya’ni diffuziyalanmaydi.
Texnikada diffuziya har xil moddalarni, masalan, lavlagidan qandni, kimyo sanoatida xilma-xil moddalarni, tabiiy uran rudasidan yadro yoqilg‘isi uran izotopini ajratib olishda va shu kabilarda foydalaniladi.
Hozirgi zamon fanida jismlarning fizik xossalarini o‘rganishda ikki xil yondoshishdan – termodinamik va molekulyar-kinetik usuldan foydalaniladi. Termodinamik usul jismlarning ichki tuzilishdagi xususiyligini hisobga olmagan holda ularda energiya aylanishi va saqlanishi qonunlari asosida o‘rganishga asoslangan bo‘lib, termodinamik usul deyiladi.
Molekulyar-kinetik usul moddalarning ichki tuzilishi asosida ularning xossalarini chuqurroq o‘rgatadi. Molekulyar-kinetik usul statistik usul deb, molekulyar-kinetik nazariya esa statistik fizika deb ham yuritiladi. Har ikkala termodinamik va statistik usullar bir-birini to‘ldiradi. Bu usullarning birlashishi gaz, suyuq va qattiq holatdagi moddalarning tuzilishi va ularda bo‘ladigan jarayonlarni o‘rganishga keng yo‘l ochib beradi.
Gazlarning kinetik nazariyasi gaz holatini harakterlovchi kattaliklari bilan molekulalar harakati o‘rtasidagi bog‘lanishni hosil qiladi.
Biror idishda olingan gaz xaotik harakatdagi molekulalar to‘plamidan iboratdir. Har bir molekula idish devoriga urilganda devorga biror kichik kuch bilan ta’sir qiladi, ammo molekulalar to‘plami esa kattagina kuch bilan ta’sir qiladi. Idish devorining yuza birligiga ta’sir etuvchi kuch gaz molekulalarining bosimiga teng. Demak, gazning bosimi gaz molekulalarini issiqlik harakati tufayli idish devoriga urilishidan kelib chiqadi.
Qirrasi bo‘lgan kub idishda molekuladan iborat gaz joylashgan, har bir molekulaning massasi ga teng. Molekulalar harakatining batamom xaotik bo‘lishi tufayli ularning idish devorlariga ta’sirlari natijasi xuddi barcha molekulalarning qismi idishning oldingi va orqa devorlari orasida, qismi o‘ng va chap devorlari orasida va qismi yuqori va pastki devorlari orasida to‘g‘ri chiziqli harakat qilgandagidek bo‘ladi (1-rasm). Shuning uchun ular uchala o‘zaro perpendikulyar yo‘nalishlarning har biri bo‘ylab harakatlanuvchi molekulalar soni ga teng bo‘ladi.

1-rasm.
Idishning o‘ng devoriga tomon tezlik bilan perpendikulyar borib urilayotgan bitta molekulani kuzataylik.
Idish devoriga urilgandan so‘ng molekula - tezlik bilan undan qaytadi. vaqtda molekulaning idish devoriga bergan kuch impulsi bo‘ladi. Impulsning o‘zgarish qonuniga binoan
. (8)
Minus ishora zarb vaqtida tezlik o‘z yo‘nalishini qarama-qarshi tomonga o‘zgarishini bildiradi.
Molekula o‘ng devorga kuch bilan qisqa vaqt, faqat zarblar vaqtidagina ta’sir qiladi, zarbalar orasidagi qolgan kattagina vaqt oraliqlarida molekula bu devorga ta’sir qilmaydi. Shuning uchun molekulaning bir sekundda o‘ng devorga o‘rtacha ta’sir kuchi aslida haqiqiy kuch dan ancha kichik bo‘ladi. Molekulaning 1 sekundda o‘tgan yo‘li son jihatdan tezlikka teng bo‘lgani uchun molekulalarni soni .
U holda o‘rtacha kuch quyidagiga teng bo‘ladi:
. (9)
Endi idishning o‘ng devoriga gazning barcha molekulalari ta’sir qilishini hisobga olamiz. U holda gazning o‘ng devoriga ta’sir qiluvchi to‘la kuch barcha molekulalar kuchlarining yig‘indisiga teng bo‘ladi:
, (10)
bu yerda - molekulalarning tezliklari.
Tenglikning o‘ng qismini ga bo‘lamiz va ko‘paytiramiz:
. (11)
- ifoda molekulalarning o‘rtacha kvadratik tezliklari kvadrati. U holda shunday yozish mumkin:
. (12)
O‘zgarmas temperatura berilgan massali gazning bosimi uning hajmiga teskari proporsional.
Ideal gazning bosimi o‘zgarmaganda , ya’ni izobarik protsessda gaz hajmining temperaturaga qarab o‘zgarish qonuni Gey-Lyussak qonuni deb ataladi. Gey-Lyussak qonuni quyidagicha ta’riflanadi:
Berilgan gaz massasi uchun bosim o‘zgarmas bo‘lganda gazning hajmi temperatura o‘zgarishi bilan chiziqli o‘zgaradi, ya’ni
, (22)
bunda - gazning temperaturadagi hajmi;
- gazning temperaturadagi hajmi;
- gazning hajmiy kengayish termik koeffitsiyenti bo‘lib, u quyidagiga teng
. (23)
O‘zgarmas hajmda, ya’ni izoxorik protsessda gaz bosimining temperaturasiga qarab o‘zgarishini nazarga oladigan qonun Sharl qonuni deb ataladi va uning ta’rifi quyidagicha bo‘ladi:
Berilgan gaz massasi uchun o‘zgarmas hajmda gazning bosimi temperatura o‘zgarishi bilan chiziqli o‘zgaradi, ya’ni
Izoxorik protsessni grafik tasviri izoxora deb ataluvchi to‘g‘ri chiziqdan iboratdir .
Download 93.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling