Ни ташкил этди.Ҳозирги вақтда умумий қувват йилига 30 млрд м
Download 251.52 Kb.
|
весбрекинг
Хомашё таснифи
Termodestruktsiya jarayonlari orqali neft va neft mahsulotlarini issiqlik ta`sirida parchalanishini tushuniladi. Jarayonlar uch tipda o’tkaziladi: 1.Suyuq neft xomashyosini yuqori bosim ostida (20-70atm) termokrekinglash (Visbreking). 2. Neft qoldiklarini past bosimda termokrekinglash (kokslash). 3. Suyuq va gaz holatidagi neft xomashyosi yuqori temperaturada (4500C dan 12000C gacha) piroliz qilish. Yuqori bosimda olib boriladigan kreking 470 – 5400C da nisbatan engil hom – ashyolarni (ligroin, mazut) qayta ishlab benzin olish uchun ishlatiladi. Neft qoldiqlari yarim gudron va gudronlarni qayta ishlaganda asosiy mahsulot sifatida qozonhona yoqilg’isi olinadi. Bunday jarayon og’ir qoldiq xomashyoni engil sharoitda bir karrali termik parchalashdir. Visbreking xomashyosi – neftni atmosferali haydashdan olingan mazut yoki vakuum gudronlari hisoblanadi. Visbreking orqali xomashyoning qovushqoqligiga nisbatan pasaytirilgan suyuq qozonhona yoqilg’isi ishlab–chiqarish uchun (I variant), yohud gidrokreking va katalitik kreking qurilmalari xomashyosi bo’lgan gazoyl ishlab-chiqarishni ko’paytirish uchun (II variant) o’tkaziladi. Har ikkala variantda ham engil yon mahsulotlar gaz va benzin fraksiyalari hisoblanib, odatda ularni chiqishi 3 va 8 % dan oshmaydi. Visbreking qurilmasi kompleks qurilmalar tarkibida bir seksiya ko’rinishida kiradi, masalan: neftni atmosferali haydash – atmosferali mazut visbrekingi gazoyl fraksiyasi uchun visbreking mazutni vakuumli haydash – gazoyllarini ajralishi – kerosin chiqish miqdorini oshirish maqsadida gazoyl aralashmalarini termik krekinglash. Gudronlarni krekinglash jarayoni 460 – 5000C temperatura, 1,4-3,5 MPa bosim sharoitida o’tkaziladi. Visbreking jarayoni issiqlik yutilish (endotermik) reaksiyasi bilan kechadi. Visbreking mahsulotlari va chiqish ko’rsatkichlari quyidagicha keltirilgan. Jadval
Download 251.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling