Nikoh-oila barqarorlikning asosiy omili ekanligi


Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sharoitida oila instituti barqarorligi omillari


Download 55.45 Kb.
bet2/3
Sana27.03.2023
Hajmi55.45 Kb.
#1298653
1   2   3
Bog'liq
Nikoh-oila barqarorlikning asosiy omili ekanligi

Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sharoitida oila instituti barqarorligi omillari

Oila farovonligi ko‘pchilik ayollar tomonidan erkaklar ustuvorligini e’tirozsiz qabul qilganligiga asoslanadi. Ular bunday vaziyatni tarixiy, diniy, fiziologik asoslari bilan isbotlashga harakat qiladilar. Taqdirga tan bermaganlar ko‘pchiligi ajralib ketadilar.
«Oilani rejalashtirish» tushunchasi o‘zbek oilalari uchun nisbatan yangi tushuncha. Ilgari bolalar soni va ular orasidagi interval borasida fatalizm keng tarqalgan edi. Hozirda mavjud iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib oila dunyoga keltirgan ko‘p sonli bolalarini etarli darajada boqishi mavhum. Shu bois, ko‘pchilik uchun o‘rtacha farzandli, ya’ni, uch-to‘rt farzandli oilalar ayni muddaodir.
Islomiy qoidalari bo‘yicha abort-gunoh, ko‘p farzand – Ollohning karami (shu bois erta nikoh, ko‘p farzandlilik sharafli). Bolalar sonining kamayishiga sabab bo‘lgan ayrim tendensiyalarga qaramasdan 38,1% 3-4 bolaga ega, 17% 5-6 bolali, 5,9% 7-8 farzandli, 1,8% 9-10 farzandga egadirlar. Ko‘p farzandlilikni saqlanishida ota-onalar bilan birgalikda yashash ta’siri katta. O‘zbek oilalarida o‘g‘il farzandga egalik nufuz belgisi sanaladi. CHunki, o‘g‘illar ota-onalari boqishi va tegishli urf-odatlarga mos holda ko‘mishlari shart.
«O‘zbeklar ichida shunday erkaklar borki ularning oilasida o‘g‘il bolalar bo‘lmasa xotinlarini tashlab ketadilar. Men ikkinchi o‘g‘limni asrash bo‘limida yotganimda, yonimda yotgan bir ayol doim yig‘lar edi. UTT ko‘rigida u qiz tug‘ishini bilgan ekan. Eriga buni ma’lum qilganida, u agar qiz tug‘sang seni tashlab ketaman do‘g‘-po‘pisa qilgan ekan» (Turmushga chiqqan ayol, shahar, 30 yoshdan oshgan).
Oilani rejalashtirishning asosiy vositasi kontratseptiv vositalardir.Kontratseptiv vositalarga nisbatan munosabat ziddiyatli. Bir tomondan jiddiy e’tirozlar bo‘lmas-da, boshqa tomondan – ulardan sog‘liqqa tahdidlar mavjud. Nikohga kirmagan erkak va ayollarning ko‘pchiligi uchun kontratseptiv vositalar tushunarsiz narsalar bo‘lib, shu bois ulardan hadiksirash kuchli.
YOsh oila muammolarining ilmiy tahlili o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: 1) uning tarkibiy qismlari sotsial maqomining birlamchi holatini baholash; 2) beqarorlik sharoitida oilaning ijtimoiy sog‘lomligining dinamik modeli (monitoring); 3) krizisli vaziyatni engib o‘tishda oilani ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning ustuvor jihatlarini tanlash; 4) aniq chora va tavsiyalar, oilani qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini yaratish; 5) mintaqaviy dasturlar va ijtimoiy ishning natijalarini prognozlash.
SHartli ravishda oilaning iqtisodiy va ijtimoiy tanazzulini ko‘rsatish mumkin. Iqtisodiy – bu ish o‘rnini yo‘qotilishi, ijtimoiy to‘lovlarni to‘lanmasligi, mehnat haqining pastligidir. Ijtimoiy sabablar orasida alkogolizm, er-xotindan birining yoki ikkalasining qonunga qarshi hattiharakati keng tarqalgan. Odatda, bunga madaniyat darajasining pastligi, ma’naviyatsizlik, farzandlar oldidagi mas’uliyatsizlik sabab bo‘ladi. Bunday oilada o‘sib kelayotgan bola besaranjom, ruxiy tushkun holatda bo‘lib, bunday bolaning hulq-atvori borasida jamoatchilik va ijtimoiy-madaniy muhitda noadekvat hulq-atvor stereotiplari shakllanadi. Odatda bu kabi oila farzandlari – murakkab o‘smirlar bo‘lib, ularning jinoyat sodir etishlari ehtimoldan holi emas.
Oila-nikoh munosabatlarini prognozlashda oila bir paytda qator global tendensiyalar nishoni ostida qolganligini alohida ta’kidlash lozim. Ushbu o‘zgarishlar bizning jamiyatimizni ham qamrab oldi. Bu bozor munosabatlari, jamiyatni demokratlashtirish, axborotlashtirish, shaxs salohiyatining o‘sishi, ijtimoiy hayotda ayollar rolining oshishiga turtki beradi.


  1. Nikoh-oila barqarorlikning asosiy omili ekanligi

Oila - ijtimoiy institut sifatida uning a’zolari yoshi, kasbi, farzandlarning soni, nikoh yoshi, er-xotinlarning milliy mansubligi, hududiy jihatdan yashash joyini inobatga olgan holda tasniflanadi va o‘rganiladi.
Oiladagi muhitning sog‘lomligi avvalo ayolga bog‘liq bo‘lganidek, jamiyatdagi ma’naviy muhitning sog‘lomligi bevosita oilaga va oila tarbiyasiga ma’sul bo‘lgan onaga bog‘liqdir. Bo‘lajak onalarimiz esa hozirgi kunning yosh qizlaridir. Qomusiy olimlarimizdan biri Abu Abdulloh Rudakiyning “Qaysi bir millatni yakson qilmoqchi bo‘lsangiz, ularning qizlarini - bo‘lajak onalarni tarbiyadan chiqaring. Qaysi bir millatni yuksaltirmoqchi bo‘lsangiz, ularning qizlarini - bo‘lajak onalarini chiroyli tarbiyaga, go‘zal axloqqa o‘rgating” degan fikri hozirgi kunning ham dolzarb mavzularidandir. Millatning qizlari ilmli, tarbiyali hamda aqlli, oilaviy hayotga nisbatan har tomonlama tayyor bo‘lsa, oiladaga muhit ham sog‘lom va oila mustahkam, farovon bo‘ladi. Shuning uchun qizlarning oilaviy hayotga ma’naviypsixologik tayyorgarlik holati, ularning psixologik yetukligi muhim ahamiyatga egadir.
Oila qadriyatlariga o‘smirlik yoshidagi bolalarning munosabatini o‘rganish uchun ularni kengroq ijtimoiy muhit doirasida o‘rgandik va buning uchun biz Rokich tomonidan taklif etilgan qadriyatlarni o‘rganish metodikasining o‘zbek tiliga o‘girilgan variantidan foydalandik. Ushbu metodika o‘z ichiga olgan qadriyatlarga munosabat testini tanlovda ishtirok etgan to‘liq va noto‘liq oila farzandlariga taqdim etib, har bir qadriyatning ular uchun qanchalik qadrliligi nuqtai nazaridan baholab berish vazifasini qo‘ydik.
Insonning psixologik yetukligi bu o‘z oldiga erishishi muqarrar bo‘lgan va imkoniyatlari yetarli bo‘lgan maqsadlarni qo‘yishi, turli yashash sharoitlariga moslashish, turli hayotiy vaziyatlar va sharoitlarni hushyor baholay olishidir. Albatta, bunday qobiliyatlar bir kunda shakllanmaydi. Ular oilada qizlarga berilgan tarbiya ta’sirida asta-sekinlik bilan shakllanadi.
Qiz bola turmush qurgandan so‘ng uning ijtimoiy muhitdagi mavqie tubdan o‘zgarishi asosida unga nisbatan boshqalarni va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosati o‘zgarishi kuzatiladi. Mazkur o‘zgarishga nisbatan o‘zida ishonchni shakllantira olgan qiz bola yangi oilasida qisqa muddatda o‘z o‘rniga ega bo‘la oladi. Oila qurishga o‘zida ishonchni shakllantirishiga eng asosiy turtki rolini o‘ynovchi omillardan biri bu - o‘z-o‘ziga yo‘riqnoma berishi ya’ni, oilaga tayyorlik holatining har tomonlama o‘stirish hisoblaniladi. Yangi kelinlik mavqega moslashish albatta, tajriba va bilimlarga asoslanadi. Shularga ko‘ra, har qanday turmush qurish yoshiga yetgan qiz o‘zining yutuqlari va kamchiliklarini tafakkurida aqlan tahlil qilib o‘zi kelin bo‘lgach amalga oshiradigan xatti-harakatlarini tassavur eta olishi kerak.
Yuqoridagilarni muxtasar qilib ta’kidlash mumkinki, tadqiqotimizda qatnashgan qizlarning oila haqidagi tushuncha va tasavvurlari mustahkam va barqaror oilaviy munosabatlarni ta’minlash bo‘yicha ma’naviy-ma’rifiy va psixologik jihatdan yetarli emasligi ayon bo‘ladi. Ammo shunga qaramasdan, ularda mustahkam oila qurish istagi yuqoriligi kuzatiladi. Zero, ularning o‘z oilaviy hayoti haqidagi tasavvurlari qanchalik reallikka yaqin bo‘lsa, oila mustahkamligini ta’minlash imkoniyati shuncha oshadi.
O‘zbek oilasining taraqqiyoti va barqarorligi, nikohning qadriyat sifatida avloddan-avlodga o‘tib kelish jarayoni tadrijiy tamoyillarga, jamiyat taraqqiyotining ustivor yo‘nalishlariga bog‘liq holda ro‘y beradi. Shuning uchun ham jamiyat taraqqiyotiga doir tamoyillar va qadriyatlar oilalar rivojining ma’naviy-mafkuraviy asosi rolini o‘ynaydi.

Xulosa
O‘zbek oilasining mustaqillikdan keyingi holati, taraqqiyoti, jamiyatimizda mustaqillikdan keyin oila barqarorligini ta’minlash, oilalarni ijtimoiy himoyalashda olib borilgan ishlar, oila qonunchiligida yuzaga kelgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kabi masalalar bugungi kunda dolzarblik kasb etmoqda. Oilada baxtli hayot kechirishga har bir o‘g‘il va qiz bolani erta o‘rgatish, buning uchun uning ongida oila muqaddasligi va qadrli ekanligi tushunchasini shakllantirishi zarur.
To‘g‘ri, o‘spirin yoshdagilarning bunday tasavvurga ega bo‘lishi qiyin albatta, chunki oila-nikoh munosabatlarining o‘ziga xosligini bilish, ikir-chikir muammolarini tushunish masalasi ko‘pgina hayot tajribasi va bilimni talab qiladi. Biroq, u nikoh qurish yoshiga ancha yetmasdanoq oilaning asosiy mazmunini tashkil etadigan omillarni tushuna olishlari kerak.


Download 55.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling