Nikoh shartnomasi er va xotin mulkining


Download 41.04 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.11.2023
Hajmi41.04 Kb.
#1764032
Bog'liq
Nikoh shartnomasi



Nikoh shartnomasi
Nikoh shartnomasi – er va xotin mulkining
shartnomaviy rejimi hisoblanadi.
Nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning
nikohda bo’lgan davrida yoki er va xotin nikohdan
ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda
majburiyatlarini belgilovchi kelishuvi nikoh
shartnomasi deb hisoblanadi (O’zbekiston
Respublikasi Oila kodeksining 29-moddasi).
Nikoh shartnomasi “kontrakt” – oddiy bitim bo’lib, sud
jarayonida bu bitimga nisbatan uni tuzgan shaxslar
tomonidan ham, boshqa manfaatdor shaxslar
tomonidan ham e’tiroz bildirilishi mumkin.
Nikoh shartnomasidan ko’zlangan maqsad tomonlar
kelishuvi bo’yicha er-xotin mulkining alohida rejimini
belgilashdan iborat. Kuchga kirgan O’zbekiston
Respublikasi Oila kodeksi (O’zbekiston Respublikasi
Oila kodeksining 29-3 -moddalari) ushbu me’yorni
aniqlashtirdi, nikoh shartnomasi tushunchasini berdi,
uni tuzish, o’zgartirish va bekor qilishning asosiy
tartibini belgiladi.
Nikoh shartnomasi orqali er-xotin qonun bilan
belgilangan umumiy birgalikdagi mulk rejimini
o’zgartirishi, er-xotinning barcha mulki uchun
birgalikdagi, hissali yoki alohida mulk rejimini o’rnatishi,
uni alohida turlarga yoki er-xotin har birining mulkiga
ajratishi mumkin. Nikoh shartnomasida er-xotin oila
xarajatlarini birgalikda ta’minlash va amalga oshirish,
bir-birining daromadlarida ishtirok qilish bo’yicha o’z
huquqlari va majburiyatlarini belgilab olish, nikoh bekor
qilingan taqdirda er-xotinning har biriga beriladigan
mulkni belgilash, shuningdek nikoh shartnomasiga
er-xotinning mulkiy munosabatlariga taalluqli boshqa
qoidalarni kiritish huquqiga egalar.
Nikoh shartnomasi faqat shaxsan tuzilishi mumkin
bo’lgan bitimlar tarkibiga kiradi, shartnoma vakillar
orqali tuzilishi mumkin emas.
bosh tortishga yo’l qo’yilmaydi. Nikoh shartnomasining
amal qilish muddati nikoh bekor qilingan paytdan
boshlab to’xtatiladi, nikoh bekor qilingandan keyingi
davr uchun nikoh shartnomasi bilan nazarda tutilgan
majburiyatlar bundan mustasno.
Amaliyotda nikoh shartnomalari, odatda, davlat yoki
boshqa maxsus ro’yxatdan o’tkaziladigan mulklarga
nisbatan tuziladi. Nikoh shartnomasida qayd
qilinmagan mulklarga nisbatan umumiy birgalikdagi
mulk rejimi saqlanib qoladi. Nikoh shartnomasi
er-xotin kelishuvi bo’yicha istalgan vaqtda bekor
qilinishi yoki o’zgartirilishi mumkin, mazkur tadbir
nikoh shartnomasini tuzish bilan bir xil tartibda amalga
oshiriladi. Nikoh shartnomasi ijrosidan bir tomonlama
Nikoh shartnomasining ijobiy tarafi shundaki,
er-xotinda nikoh qayd etilgunga qadar va nikoh bekor
qilingandan so’ng shaxsiy mulk huquqi kimga va
qanday mulk tegishli ekanligi to’g’risida aniq
Login
Edit
Comment
full page

Download 41.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling