Nikoh shartnomasi er va xotin mulkining
Download 41.04 Kb. Pdf ko'rish
|
Nikoh shartnomasi
Nikoh shartnomasi Nikoh shartnomasi – er va xotin mulkining shartnomaviy rejimi hisoblanadi. Nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo’lgan davrida yoki er va xotin nikohdan ajratilgan taqdirda ularning mulkiy huquq hamda majburiyatlarini belgilovchi kelishuvi nikoh shartnomasi deb hisoblanadi (O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 29-moddasi). Nikoh shartnomasi “kontrakt” – oddiy bitim bo’lib, sud jarayonida bu bitimga nisbatan uni tuzgan shaxslar tomonidan ham, boshqa manfaatdor shaxslar tomonidan ham e’tiroz bildirilishi mumkin. Nikoh shartnomasidan ko’zlangan maqsad tomonlar kelishuvi bo’yicha er-xotin mulkining alohida rejimini belgilashdan iborat. Kuchga kirgan O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksi (O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 29-3 -moddalari) ushbu me’yorni aniqlashtirdi, nikoh shartnomasi tushunchasini berdi, uni tuzish, o’zgartirish va bekor qilishning asosiy tartibini belgiladi. Nikoh shartnomasi orqali er-xotin qonun bilan belgilangan umumiy birgalikdagi mulk rejimini o’zgartirishi, er-xotinning barcha mulki uchun birgalikdagi, hissali yoki alohida mulk rejimini o’rnatishi, uni alohida turlarga yoki er-xotin har birining mulkiga ajratishi mumkin. Nikoh shartnomasida er-xotin oila xarajatlarini birgalikda ta’minlash va amalga oshirish, bir-birining daromadlarida ishtirok qilish bo’yicha o’z huquqlari va majburiyatlarini belgilab olish, nikoh bekor qilingan taqdirda er-xotinning har biriga beriladigan mulkni belgilash, shuningdek nikoh shartnomasiga er-xotinning mulkiy munosabatlariga taalluqli boshqa qoidalarni kiritish huquqiga egalar. Nikoh shartnomasi faqat shaxsan tuzilishi mumkin bo’lgan bitimlar tarkibiga kiradi, shartnoma vakillar orqali tuzilishi mumkin emas. bosh tortishga yo’l qo’yilmaydi. Nikoh shartnomasining amal qilish muddati nikoh bekor qilingan paytdan boshlab to’xtatiladi, nikoh bekor qilingandan keyingi davr uchun nikoh shartnomasi bilan nazarda tutilgan majburiyatlar bundan mustasno. Amaliyotda nikoh shartnomalari, odatda, davlat yoki boshqa maxsus ro’yxatdan o’tkaziladigan mulklarga nisbatan tuziladi. Nikoh shartnomasida qayd qilinmagan mulklarga nisbatan umumiy birgalikdagi mulk rejimi saqlanib qoladi. Nikoh shartnomasi er-xotin kelishuvi bo’yicha istalgan vaqtda bekor qilinishi yoki o’zgartirilishi mumkin, mazkur tadbir nikoh shartnomasini tuzish bilan bir xil tartibda amalga oshiriladi. Nikoh shartnomasi ijrosidan bir tomonlama Nikoh shartnomasining ijobiy tarafi shundaki, er-xotinda nikoh qayd etilgunga qadar va nikoh bekor qilingandan so’ng shaxsiy mulk huquqi kimga va qanday mulk tegishli ekanligi to’g’risida aniq Login Edit Comment full page Download 41.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling