Nikoh va oila psixologiyasi haqida


Bola tarbiyasida o`yinning ikki yo`nalishi tarkib topgan


Download 2.35 Mb.
bet2/2
Sana14.10.2023
Hajmi2.35 Mb.
#1702279
1   2
Bog'liq
Nikoh va oila psixologiyasi haqida.

Bola tarbiyasida o`yinning ikki yo`nalishi tarkib topgan:
1) o`yindan bolani har tomonlama uyg`un rivojlantirish maqsadida foydalanish;
2) o`yindan tor didaktik maqsadlarda foydalanish.

Psixologik-pedagogik tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, o`yinlar bola shaxsining yuzaga kelishisabablarining shakllanishiga katta ta'sir ko`rsatar ekan.
“Ijodiy o`yin” tushunchasi syujetli-roli o`yinlarni, dramalashtirilgan o`yinlar qarish-konstruktsiyalash o`yinlarni o`z ichiga oladi.
Ijodiy o`yinlarda bolalarning atrof-muhitdagi hayot haqidagi ta'surtlari u yoki bu hayotiy hodisalarni tushunish darajalari aks etadi. Ijodiy o`yinlarning mazmuni bolalarning o`zlari o`ylab topadilar. Bu guruh o`yinlarida bolalarning erkinligi, mustaqilligi o`z-o`zini uyushtirish va ijodiyligi namoyon bo`ladi. Rang-barang hayotiy ta'surotlar aynan takrorlanmaydi , ular bolalar tomonidan qayta ishlanadi, ularning biri ikkinchisi bilan almashinib turadi va hokazo.


O’yin faqat bilish jarayonlarini takomillashtirib qolmay balki bolaning xulq-atvoriga ham ijobiy ta'sir ko’rsatadi. Bog’cha yoshidagi bolalarda o’z xulqini boshqarish ko’nikmalarini tarkib toptirishga bog’lik psixologik muammoni o’rgangan Z.V.Manuylеkoning fikricha, biror maqsadra yu-naltirilgan mashg’ulotga nisbatan yyinda xulk kuknikmalarini oldinroq va osonroq egallash mumkin.
Bola jismlarning moddiy shaklidan birdaniga hayoliy ko`rinishga o`tishida unga tayanch nuqtasi bo’lishi kеrak, vaholanki shunday tayanch nuqtasi vazifasini o`tovchi narsalarning aksariyatidan o`yinda bеvosita, ob'еkt sifatida foydalaniladi. O’yin faoliyatida mazkur jismlar qandaydir alomatlarni aks ettiruvchi sifatida emas, balki ana shu tayanch narsalar to’g’risida fikrlash uchun xizmat qiladi, shuningdеk, tayanch nuqtasi harakatning yaqqol narsa bilan bog`liq jihatini aks ettiradi.

Sharqda yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga qadimdan jiddiy ahamiyatberilgan. Jumladan Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino,Yusuf Xos Xojib, Kaykovus, Alisher Navoiy, Rizouddin Ibn Faxriddin kabiallomalar bu masala yo’zasidan o’zlarining durdona fikrlarini tarixda qoldiribketganlarki, ular hozirgacha o’z ahamiyatini yuqotmagan. Ular «Nasixatnoma»,«Pandnoma», «Xikmatnoma» tarzida bizgacha yetib kelgan.






Yosh oila deb, avvalo, er va xotinning ikkalasi ham 30 yoshdan oshmagan yoki oilaviy turmush qurish tajribasi 10 yildan oshmagan yoshlar oilasi nazarda tutiladi. Birinchi yondashuv, ya’ni, er va xotinning pasport yoshini inobatga olib, oilaga maqom berish to‘g‘riroq bo‘lib, qachon turmush qurganligidan qat’iy nazar, albatta, shu muddat orasida xali yigit ham qiz ham tom ma’noda katta mehnat stajiga ega bo‘lmaydi, va ko‘p hollarda ayol-ona aynan shu davrda farzandli bo‘lib, uy bekasi bo‘lib o‘tirib qolishi ehtimoli katta.
Umuman, fanda yosh oilani tavsiflaganda quyidagi mezonlar inobatga olinadi:
juda yosh oila – nikohga kirgan vaqtdan toki 4 yilgacha;
yosh oila – 5 yildan 9 yilgacha;
o‘rta oilaviy hayot muddati – 10 yildan 19 yilgacha;
katta oilaviy hayot muddati – 20 yil va undan ortiq muddat turmush kechirganlar oilasi.






Ko‘plab olimlarning ta’kidlashlaricha, yosh oilaning mustahkamlanib, oyoqqa turib ketishi, turli maishiy muammolarni o‘zi mustaqil xal qilishi uchun zarur bo‘lgan muddat aslida turmush qurgan ikki shaxsning bir-biriga bo‘lgan samimiy munosabatiga, oila va uning atrofidagi turli qadriyatlarga nisbatan uyg‘un qarashlariga, ota-ona oilasida ibrat sifatida ko‘rgan-kechirganlarini uchun o‘z oilasida qo‘llay bilish mahoratiga bevosita bog‘liqdir.
O‘zbekistonda kundan-kunga hayot va yashash sharoitimiz yaxshilanib, oila farovonligi uchun yetarli shart-sharoitlarning bo‘lishiga qaramay, tashqaridan barcha maishiy muammolari xal bo‘lgan yosh oilada ham nimalardir yetishmayotganday tuyulaveradi. Bu – o‘sha orzu-havaslar, ijtimoiy ehtiyojlarning tobora ortib borayotganligi bilan izohlanadi. Shu bois ham yurtimizda yosh oila manfaatlarini ijtimoiy jihatdan muxofaza qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.




Albatta, yosh oila borasidagi eng muhim masalalardan biri – yoshlarning o‘zaro munosabatlari va ularning yangicha munosabatlar tizimiga ko‘nikishi masalasidir. Chunki romantik sevgi, bir-birini yoqtirish bosqichidan o‘tgan yoshlarning endi yangi oilaviy hayot tamoyillari asosida kundalik hayotni boshdan kechirishiga muayyan qiyinchiliklar bo‘lishi tabiiy. Yigit-ku o‘z uyida, ota-onasi yaratib bergan sharoitda yashaydi. Moslashuv jarayonidagi qiyinchiliklarning eng og‘iri kelinchakning bo‘yniga tushadi.
Download 2.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling