Nikohdan ajralgandan keyin sobiq er xotinini ta'minot olish huquqi bo'yicha Reja


-§. Sobiq er-xotinlar o‘rtasidagi aliment majburiyatlar


Download 61 Kb.
bet2/3
Sana20.11.2023
Hajmi61 Kb.
#1789789
1   2   3
Bog'liq
Nikohdan ajralgandan keyin sobiq er xotinini ta\'minot olish huquqi

2-§. Sobiq er-xotinlar o‘rtasidagi aliment majburiyatlar
Amaldagi Oila kodeksining 118-moddasiga muvofiq, yetarli mablag‘ga ega bo‘lgan sobiq er (xotin)dan: Sobiq xotin homiladorlik davrida va o‘rtada bola tug‘ilgan kundan boshlab uch yil davomida; O‘rtadagi nogiron bola o‘n sakkiz yoshga to‘lguncha yoki bolalikdan 1 guruh nogironi bo‘lgan bolaga qaragan yordamga muhtoj sobiq er (xotin); Nikohdan ajralgan paytdan boshlab besh yil ichida pensiya yoshiga yetgan yordamga muhtoj xotin (er), agar er-xotin uzoq vaqt nikohda turishgan bo‘lsa, sud tartibida aliment talab qilish huquqiga egadir. Nikohdan ajralgandan keyin sobiq er yoki xotinga to‘lanadigan aliment miqdori va uni to‘lash tartibi sobiq er-xotin o‘rtasidagi kelishuv bilan belgilanishi mumkin. Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tilayotganini hisobga olib, er-xotin (sobiq er-xotin) o‘rtasida aliment to‘lash to‘g‘risida kelishuv mavjud bo‘lmagan hollarda er yoki xotinga (sobiq er yoki xotinga) sud tartibida undirib beriladigan aliment miqdori sud tomonidan er yoki xotinning (sobiq er yoki xotinning) moddiy va oilaviy ahvolini hamda taraflarning e'tiborga loyiq boshqa manfaatlarini e'tiborga olib, har oyda pul bilan to‘lanadigan qat'iy summada belgilanadi, biroq bu summa qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining uchdan bir qismidan kam bo‘lmasligi lozim. Oila kodeksini 120-moddasiga muvofiq, er va xotinni bir - birlariga ta'minot berish majburiyatidan ozod qilish yoki bu majburiyatni muayyan muddat bilan cheklash hollarini belgilab beradi.
Sud quyidagi hollarda:
Agar er-xotin nikohda qisqa vaqt mobaynida bo‘lgan bo‘lsa; Agar o‘z ta'minoti uchun mablag‘ to‘lanishini talab qilayotgan er yoki xotinning noloyiq hulq atvori tufayli nikohdan ajratilgan bo‘lsa; Agar yordamga muhtoj er yoki xotinning mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolishi uning spirtli ichimliklarni, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni suiiste'mol qilishi yoki qasddan jinoyat sodir etishi oqibatida yuz bergan bo‘lsa, er (xotin)ni yordamga muhtoj mehnatga layoqatsiz holat (er)ga ta'minot berish majburiyatidan ozod qilishi yoxud bu majburiyatni muayyan muddat bilan cheklab qo‘yishi mumkin. Amaldagi qonunda nikohning qisqa vaqt davom etganligi er yoki xotinni ta'minot berishdan ozod etish uchun sabab bo‘lishi mumkin deb ko‘rsatilgan. Ammo moddiy ta'minot berishni talab qilish huquqini beradigan nikohning davomiylik muddati belgilanmagan. Bu masala har bir fuqarolik ishida sud tomonidan hal etiladi. Tajribada esa, qoida tariqasida, 5 yilgacha bo‘lgan davr qisqa davom etgan nikoh hisoblanadi. Farzandlarni tarbiyalash va ularga ta'minot berish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi vazifalarni bajarmaslik, shuningdek spirtli ichimliklarni, giyohvand moddalarni suiiste'mol qilish er (xotin) ning oiladagi noloyiq hulq-atvoriga misol bo‘la oladi. Oila kodeksini 146-moddasiga muvofiq, sud ulardan har birining talabiga ko‘ra alimentning belgilangan miqdorini o‘zgartirishga yoki aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsni aliment to‘lashdan ozod qilishga haqli. Amaldagi qonunchilikda sud tartibida undiriladigan aliment va uni to‘lash majburiyatining bekor bo‘lishi asoslarining ro‘yxati berilgan: bola voyaga yetganda yoki voyaga yetmasdan turib to‘la muomala layoqatiga ega bo‘lganda; foydasiga aliment undirilayotgan bola farzandlikka olinganda; sud aliment oluvchining mehnatga layoqati tiklangan yoki uni yordamga muhtoj bo‘lmay qolgan deb topganda; mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj aliment oluvchi sobiq er yoki xotin yangi nikohga kirganda; aliment oluvchi yoki aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs vafot etganda tugatiladi. Umuman olganda, er-xotin o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar ular o‘rtasidagi mulkiy munosabatlarni barqaror bo‘lishiga, oilani mustahkamlashga xizmat qiladi. Er-xotin o‘rtasida vujudga keladigan nizolarni to‘g‘ri hal qilish alohida ahamiyatga egadir. Bu nizolar sudlar tomonidan adolatli asosda hal qilinishi lozim.

Download 61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling