Nima bo'ldi qo'zichog'im. Ko'zingda yosh. Buving qanilar
Download 25 Kb.
|
Bekinmachoq-WPS Office
Bekinmachoq Bu voqeaga ancha yillar bo'ldi. Bugun vaqti ekan qog'ozga tushirmoqlikka jur'at topdim. Ancha o'ylab oxiri shu xulosaga keldim. Yozganim ma'qul. Balki bunga qalbimdagi sog'inch hissi tutki bo'lgandir. Yoshiligimdan bekinmachoq o'ynab katta bo'lganman. Bu o'yinni bolaligimda buvim menga o'rgatganlar. Dadam va onamni ishlari ko'p bo'lganligi sababli meni buvimga qoldirib ketishardi. Keksa buvimning yoshilari bir joyga borgan bo'lsa ham anchagina tetik edilar. Bir joyda uzoq turolmay doim harakat qilib yurardilar. Meni tilim ona deb emas, buvi deb chiqqan bo'lsa ham ajab emas. Onam maktabda o'qituvchi bo'lib ishlaydilar. O'sha vaqtdagi sharoitga muvofiq ishga bormasalar ham bo'lmasdi. Men ortlaridan chopgacha hiqqilab qolardim. Buvim darrov oldimni to'sib bekinmoq o'ynashga taklif etadilar. Men ham tezda ovunardim. O'yinga sho'ng'ib ketardim. Odatga ko'ra birinchi men keyin buvim bekinardilar. Buvim uchun meni topish muammo emasdi. Buvim meni oson topsin deb atayin ko'zga ko'rinadigan joylarda bekinib turardilar. Kunlarning birida odatiy bekinmachoq o'ynadik. Lekin bu gal buvimni topolmadim. Keyin yig'lashga tushdim. Buvim ovozimni eshitib chiqib qolarladilar deb ôylagandim. Biroq bu foyda bermadi. Shu vaziyatda onam keldilar. Menimcha, o'shada yuraklari nimanidir sezgan. - Nima bo'ldi qo'zichog'im. Ko'zingda yosh. Buving qanilar. Yig'ini bas qilib onamning quchoqlariga o'zimni otdim. - Buvimni top... top...topolmayapman. - Nega ? Tushuntirchi? Onam mendan javob kutmay buvimni chaqira ketdilar. Ancha izladilar. Keyin nima bo'lgani aniq eslolmaydi. Esimda qolgani hovli to'la odamlar kelganligi edi. Yig'ishi ovozlari, dadam va onamning mahzum qiyofalarni edi. Men hech nimani tushunmaganman. Nega hamma yig'layapti, buvim qanilar deb bergan savolimga onam o'shanda mohirona javob qilgan ekanlar. -.Hech kim xafa emas toychog'im. Bu odamlar bizga yordamga kelishgan. Ular buvingni izlashyapti. Bu gapga ishonganman va xursandligimdan bir - ikki bora qichqirib ham olganman. Yana ko'z oldimdan hech ketmaydigan manzaraga guvoh bo'lganman. Dadam va bir necha kishilar yelkalarida tobut ko'tarib ketayotganlari edi. O'shanda yig'lab onamga aytgandim. Ana u katta quttini ichidaga qaramadik. Buvim balki qutti ichiga berkingandilar deb rosa xarxasha qilganman. Birdan tobut ortidan yugurib ketganman. Xayollimda quttini ochishsa-yu, buvim topilsalar. Onam meni orqamdan yugurib to'xtatib qoldilar. Menga qo'shilib yig'lab bag'rilariga bosdilar. Oradan ancha yillar o'tdi. Buvisini bekinmachoqda yo'qotib qo'ygan besh yoshli bolakaydan navqiron yigitga aylandim. Aqlimni taniguncha buvim bekinib olganlar deb o'ylab, ularni izlashda davom etardim. Ulg'aygan sarim hammasini tushunib yetdim. Ajal insonga kutilmagan vaziyatlarda hamla qilar ekan. U bizdan nimaga ulgurding, qaysi ishing qolyapti, yaqinlaring bilan xayrlashib ol demas ekan. Buvimni bu olamni butunlay tark etganlari bilganimda rosa alam bilan yiĝlaganman. So'nggi manzilga ketar chog'ilari muborak yuzlariga tuyib qarab olmaganimga afsuslanaman. Dadam va onam meni qo'rqib ketmasin deb buvimning oldilariga olib kirishmagan. Bolalik - bu eng beg'ubor davr ekan. Aslida yosh bo'lgan paytlaring g'o'yo ertakning ichida yashayotganga o'xshar ekansan. U vaqtda hamma narsa ko'zingga oq ko'rinadi. Dunyoni faqat yaxshilikdan iborat deb o'ylaysan. Ulg'ayganing sari hayot o'zining asl ranglarini ko'rsata boshlaydi. Mana hozir bemalol o'sha bo'yoqlar orasida yashayapman. Bu hayotni menga oppoq deb anglatgan buvim edilar. Onamning aytishlaricha, buvim hamma narsaning yaxshi tomoni ko'rishga harakat qilganlar. Samimiy, mehribon ,ayniqsa, bolajon bo'lganlar. Ismimni ham o'zlari qo'yganlar. Meni doim xursand ko'rish uchun Xushnudbek deb nom berganlar. Bolalikni eslasam bir voqea yodimga tushadi. Bu holat buvim vafot etmaslaridan bir oy oldin bo'lgandi. Qish faslining oxirgi oyi edi. Atrof qalin qor bilan qoplangandi. Men qorga mahliyo bo'lib hovliga chiqqandim. Shunda ko'zim qorda yotgan jonsiz qushga tushdi. Men unga qarab qolibman. Buvim oldimga kelganlari keyin sezdim. Ularga shunday savol bergandim. - Buvijon qayang qushcha ux...uxlab qolibti. - Yôq toychog'im u o'lib qolgan. - O'lip qolibti degani nima o'zi. - O'lib qolish ham aslida uxlab qolishga o'xshaydi. Faqat o'lib qolgandan keyin umuman ug'onmaydi. O'shanda bolaligimga borib buvimga shunday deganman. - Buvi shizam o'lip qolashizmi? Buvim miyg'ida kulib, biroz o'ylanib javob bergandilar. - Yo'q odamlar o'lmaydi. Men ham o'lmayman. Ular doim yashashadi. Mana bu yerda deb yuragim ustiga qo'llarini qo'ygandilar. Ha buvim haq edilar. Odam jisman o'larkan. Lekin qalbimizda mangu qolar ekan . Xuddi buvimning xotiralari singari. Men ularni juda sog'inaman. Ko'rgim keladi va suratlariga boqib xayolan ovunaman. Bugun ziyorat qilgani qabristonga borgandim. Suygan gullari binafshadan bejirimgina guldasta tayyorlab qabrlari ustiga qo'ydim. Haqlariga tilovat o'qidim. Keyin ularga quygagi so'zlarni aytdim. Buvijon sizni juda sog'indim. Siz mening hayotimning besh yilida emas, butun umrimda yashaysiz. Buvijon men sizni topdim. Tag'in yana yutqazdingiz. Men sizni topdim. Ko'zlarimga jiqqa yosh keldi. Bo'g'ilib shunday dedim. Agar bir imkonim bo'lganda siz bilan bekinmachoq o'ynardim buvijon. Siz-chi? Siz ham xohlaysizmi? Ortiq gapirolmay jim qoldim. Qalbimda esa yana o'sha hislar jonlandi. Shu tobda qayerdandir yengil shabboda boshim uzra yelib o'tdi. Go'yo buvim boshimdan silaganlaridek his etdim ôzimni. ✍Muallif Shahlo Nosirova. Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani Download 25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling