Nima eksang, shuni o‘rasan
Download 14.82 Kb.
|
ERTAKLAR
NIMA EKSANG, SHUNI O‘RASAN Qadim zamonlarda bir yigit bo‘lgan ekan.U juda yomon ekan.Ota-onasini hurmat qilmay, ularni doimo jerkib tashlar ekan. Kampir bilan cholni nafaqa pulini esa olib qochib ketar ekan. Ular qarshilik ko’rsatishiga qaramay, shu ishni baribir qilar ekan. Ular har kuni och qolar, o’g’li esa ko’chada yurar ekan. Ularga ko’chadan bir tiyin pul olib kelmas ekan. Faqatgina ota-onasidan pul olishga yarar ekan, xolos. Ularning bir qo’shnisi bo’lgan ekan. U ayol juda mehribon, ochiqko’ngil ekan. U ayolning ota-onasi bo’lmagan ekan. Chol bilan kampirga juda mehr ko’rsatar, har kuni ularga ovqat olib chiqar ekan. Bir kuni u yigit uyga mast bo’lib kelibdi. Kelsa uyda qo’shni ayol bor bo‘lib, uning ota-onasiga ovqat berayotgan emish. Shunda yigit : “Sen mening ota-onamga nega mehribonchilik qilayabsan?” debdi jahl bilan baqirib. Bu savolga javoban u ayol: “Siz ota-onangizni borida qadriga yeting, ertaga kech bo’ladi, - debdi-yu chiqib ketibdi. Bu gaplar uni qulog’iga kirmas edi. Chunki, u mast holda edi. Ertasiga har kuni keladigan ayol kelmadi. Keyingi kuni ham. Ota-onasi och qolib ketishdi. Hech nima yemaganidan kasal bo’lib qolishdi. Oradan bir hafta o’tgandan so’ng chol vafot etibdi. Ham cholga kuyinganidan, ham ochligidan kampir ham vafot etibdi. Ular ancha qarib qolgan edi. Hayot sinovlariga dosh bera olmadi. Aksiga olib shu kuni yigit ham uyga kelmabdi. Ertasiga u kelsa otasi ham onasi ham o’lib yotgan emish. Buni ko’rib u indamay chiqib ketibdi. Bir boshqa qo’shni ayol ulardan xabar olgani kelganida ularni ko’rib qolibdi. Chol bilan kampirni qo’shnilari olib borib ko’mib kelishibdi. Oradan ikki kun o’tgach u yana uyga kelibdi. Kelsa ota-onasining na o’ligi, na tirigi bor emish. Endi unga pul beradigan odam yo‘q edi. U ishlashga qaror qilibdi, chunki endi uning qornini to’ydiradigan ota-onasi yo’q edi. Oradan bir necha yil o’tgach u uylanibdi va farzandli bo’libdi. Uning o’g’li katta yigit bo’lib, voyaga yetibdi. U ham otasiga o’xshagan yomon bola bo’lib ulg’ayibdi. U ham otasi kabi ota-onasiga shunday yomonlilar qilib qaytaribdi. Bolaning otasi ota-onasinining qadriga o’zi ota bo’lganida yetibdi. Zero, xalqimizda bir naql bor: “Nima eksang, shuni o’rasan” Download 14.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling