Nima uchun Internet ashyolar (IoT) juda muhim?


Monolit sxemaga ega gipervizor haqida tushuncha bering


Download 180.04 Kb.
bet24/52
Sana26.01.2023
Hajmi180.04 Kb.
#1129298
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52
Bog'liq
Bulutli texnologiyalari Umumiy

43.Monolit sxemaga ega gipervizor haqida tushuncha bering.
monolit sxemaga ega gipervizor (3.10-rasm). Uning tarkibiga
apparat vositalarining drayverlari qo‘shilgan va ular yordamida virtual mashinalarning mehmon operatsion tizimlari kompyuter apparat qismi bilan bog‘lanadilar. “Oracle VirtualBox” nomli gipervizor dasturi asosida jismoniy kompyuter tarkibida virtual mashina yaratishda bajariladigan operatsiyalarning ketma
– ketligi keltiriladi. Birinchi navbatda Oracle VirtualBox dasturi jismoniykompyuterga
o‘rnatiladi va uning ning bosh oynasi ochmladi
Yangi virtual mashina (VM)ni yaratish jarayoni “Sozdat” tugmachasini bosish
bilan boshlanadi
Ochilgan oynada virtual mashinaga o‘rnatiladigan operatsion tizimning nomi
tanlanadi. Bu jarayon operatsion tizimlar ko‘rsatilgan ro‘yxatdan kerakli variantni
tanlash (Windows, Linux va b.) orqali bajariladi. Keyingi bosqichga o‘tish uchun
“Daleye” tugmachasi bosiladi.
Keyingi oynada VM tezkor xotirasi (RAM)ning o‘lchami aniqlanadi. Odatda
Windows tipidagi ishchi stansiya operatsion tizimi o‘rnatilishi rejalashtirilgan VM ning tezkor xotira hajmi uchun 1 Gb ajratiladi. Ushbu qiymat oshirilishi mumkin. Jismoniy kompyuterning tezkor xotira (TX) hajmi nisbatan katta bo‘lsa, VM ning TX hajmi 2-3 Gb tanlanishi mumkin, ammo bu raqamlardan katta tanlanishi jismoniy kompyuter tezkor xotirasini kamayishiga va jismoniy kompyuterning ishlash tezligini sekinlashishiga sabab bo‘lishi mumkin. Tezkor xotira hajmi tanlangandan so‘ng “Daleye” tugmachasi yordamida keyingi oynaga o‘tiladi.
Unda VM ning doimiy xotira hajmi o‘rnatiladi. Bunda belgilangan limitlarda
doimiy maydon yoki dinamik ravishda kengaytiriladigan hajmga ega bo‘lgan maydon formatini tanlash mumkin. Joyni tejash maqsadida dinamik formatni tanlash tavsiya etiladi. Oxirgi oynada "Yangi" tugmasi bosilganidan so‘ng, yangi virtual mashinalar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Oynaning o‘ng tarafidagi ramkada VM ning parametrlari ko‘rsatiladi.VM parametrlari o‘rnatilganidan so‘ng, unga oldindan tanlangan Windows operatsion tizimini o‘rnatish operatsiyasi amalga oshiriladi, buning uchun uchun "Ishga tushirish" tugmasi bosiladi.Oxir oqibatda yaratilgan virtual mashinaning ishchi stoli jismoniy monitorda ko‘rinadi va u bilan xuddi jismoniy kompyuter monitorida ishlagandek ishlash mumkin bo‘ladi. Gipervizorlar har xil tilda yaratilgan bo‘lishi mumkin, lekin virtual mashina yaratish ketma-ketligi nisbatan o‘zgarmaydi.

Download 180.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling