Nima uchun O’zbekiston tarixini bilish shart ?


Download 17.59 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi17.59 Kb.
#1389546
Bog'liq
Nima uchun O


Nima uchun O’zbekiston tarixini bilish shart ?
“Tarix” so‘zi arabcha bo‘lib, “o‘tmishdagi voqealar haqida aniq hikoya qilish” ma’nosida ishlatiladi. Demak, tarix odamzotning turli davr va sharoitlardagi kechmishi, insonning hayot uchun kurashi, turli qiyinchiliklarni yengishga, bunyodkorlikka, odamiylikka, ezgulikka intilishi haqida aniq dalillar bilan hikoya qilar ekan. “O‘zbekiston tarixi” fanini xalqimiz tarixini haqqoniy tasvirlovchi ko‘zgu va ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma’naviy saboqlar to’plami desak bo’ladi. U xalqimizning deyarli uch ming yillik murakkab va shonli o‘tmishini, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy hayotini xolisona o‘rganishga, uni tushuntirishga qaratilgan.
Shuni aytib o’tmoqchi edimki, yuqorida berib o’tilgan savolga davlatimizning birinchi prezidenti marhum Islom Abdug’aniyevich Karimovning aytib o’tgan gaplari keng ma’noda javob bo’la oladi: “Har bir fuqaroni, jumladan yoshlarimizni boy madaniy merosimizni qadrlashga, uni ko‘z qorachig‘iday avaylab-asrashga, yurak-yurakdan iftixor qilishga o‘rgatadi. O‘zimizning boy o‘tmish merosimizdan madad va ibrat olishga imkon beradi. Odamlar qalbida ezgulik tuyg‘ularini uyg‘otib, bugungi avlod kimlarning avlodi, kimlarning zoti va vorislari ekanligini anglashga undaydi”. Shunday ekan, O‘zbekiston tarixi yoshlarga xalqimizning o‘tmishi, tarixi haqida bilim berish bilan cheklanib qolmaydi, u yoshlarni vatanparvar, ma’naviy jihatdan komil fuqaro etib shakllantiradi.
Mening fikrimcha, O‘zbekiston tarixi fani boshqa fanlar orasida alohida ahamiyatga ega. Chunki u ijtimoiy-siyosiy fan bo‘lib, xalqimizning o‘z o‘tmishini bilishi, o‘zini-o‘zi anglashi hamda kelajagini belgilashida asosiy poydevor hisoblanadi. Zero, O’zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov ta’kidlaganidek, “ Milliy mafkurani shakllantirishdagi eng katta manba–bu xaqqoniy yoritilgan tarixdir. ” Bizning oldimizdagi vazifa esa tarixiy xatolardan xulosa chiqarib, o’gitlardan saboq olib ish yuritishdir. Hozirgi kunda ham yurtimizda olib borilayotgan siyosat, iqtisodiy munosabatlar va albatta davlatimiz boshqaruvi, hammasi tarixdan xulosa qilib, adjodlarimiz o’gitlaridan saboq olgan holda amalga oshirilmoqda. Bunga misol tariqasida tarixda parchalanib ketgan ko’plab davlatlarni keltirishimiz mumkin. Masalan, arab xalifaligi davrini oladigan bo’lsak, islomni qabul qilmaganlardan ko’p miqdorda soliq olinganligi ayovsiz chora tadbirlar olib borilganli sababli, tohiriylar davrida esa soliqlar haddan ziyod ko’payib( yiliga 48mln dirhamni tashkil qilgan) aholi qiynalib qolganligi va shu kabi sabablarga ko’ra davlatlar inqirozga yo’l tutganligini bilishimiz mumkin. Bu xatolardan xulosa chiqarishimiz kerak bo’lsa, davlatni boshqarishda , rivojlantirish yo’lida olib borilgan ishlardan biri - amaldorlardan dunyoviy va diniy bilimlar birdek talab qilinganligi, bu esa davlatni tez fursatda yuksalishida katta ahamiyat kasb etganligi bizga o’rnak olishimiz kerak bo’ladigan bir saboq deb o’ylayman.
Demak, O’zbekiston tarixi fani tarixiy xotira, haqiqatni bilish, ajdodlarimiz qoldirgan boy ma’naviy merosni egallash talabalarda vatanparvarlik, odillik, halollik, mehr–oqibat, bag‘rikenglik, mehnatsevarlik, ilmga intilish kabi fazilatlarni shakllantirishga yordam berar ekan. Xulosa qilib aytadigan bo’lsam, tarix–bu tafakkur bulog‘i. U bizni o‘tmish voqealariga ochiq ko‘z bilan qarashga, oq qorani aniqroq ko‘rishga, ziyraklik bilan anglashga o‘rgatadi, tarixiy shaxslar faoliyatini, hodisalarni qiyoslash, taqqoslash asosida mustaqil xulosa qilishga da’vat etadi. Shunday ekan, tariximizning buyuk murabbiy ekanligini doimo yodda tutmog’imiz lozim.

Davrning nomi

Xronologiya

Ho‘jalik faoliyatining turlari

Davrning o‘ziga xosligi

Ilk paleolit



1 million yillikdan 100 ming yillikgacha

Ovchilik va termachilik

Davr oxirida muzlik davri boshlandi

O’rta paleolit



100-40ming yilliklar

O’zlashtiruvchi xo’jalik

Diniy e’tiqodlar vujudga kela boshladi

So’nggi paleolit



40-12 mingyilliklar

Urug’

Boshpana qurilishi,
Kiyim-kechak,
olov

mezolit


12-7minyilliklar

Ziroatchilik va chorvachilik

Havolar isib qoldi,
O’q-yoy kashf etildi

neolit


6-3mingyilliklar

Ishlab chiqaruvchi xo’jalik

O’troq turmush tarsi,
kulolchilik

eneolit


4-3mingyilliklar

Urug’chilik

Ilk davlatlar, sug’orma dehqonchilik

bronza


3-1minyilliklar

patriarxat

Patriarxar, g’ildirak,
Kulolchilik charxi,
ibodatxona

temir


1-mingyiliklar

Qo’shnichilik

Temir,

Download 17.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling