Nima uchun qushlar elektr simlarida o`tirganlarida ularni tok urmaydi?


Download 30.5 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi30.5 Kb.
#1494063
Bog'liq
biologiyani zakovat


1-savol:
Nima uchun qushlar elektr simlarida o`tirganlarida ularni tok urmaydi?

2-savol:
Afrikaning chuchuk suv havzalarida yashovchi baliqlardan biri nasl uchun ko`p qayg`uradi. Erkak baliqlar hatto urg`ochilari qo`ygan tuxumlarni og`iz bo`shlig`ida olib yuradi. So`z qaysi baliq to`g`risida boryapti?

3-savol:

“Boshi olovda, oyog`i suvda” Bu naql qaysi o`simlik to`g`risida aytilgan?

4-savol:
Uni Italiyada “Shayton olmasi” deb atashgan. Boshqa ko`p xalqlar ham o`sha Italiyacha nomini o`zlarining tiliga moslab o`zlashtirib olganlar. XVIII asr boshlarida rus podshosi Pyotr I Gollandiyadan qimmat bahoda olib kelib, Rossiyaning barcha guberniyalarida qattiq nazorat ostida ko`paytirish uchun taqsimlagan. Qisqa fursatda u Rossiyada “ikkinchi non” nomini olgan. Hozirgi vaqtda uning turli navlari ekilib, eng sevimli taomlar tayyorlanadigan masalliq hisoblanadi.

5-savol:


Tabiatda shunday o`simliklar borki undan parranda va mollarning mahsuldorligini oshirishda uning po`stidan foydalaniladi. Suvni biologik tozalashda ham ishlatiladi. Hamda birinchi marta kosmosga ham chiqarilgan.

6-savol:


Braziliyaning tropik o`rmonlarida o`sadigan bir daraxtda “Shokolad” moyi olinadi. Shuning uchun bu daraxtni shokolad daraxt deb ham atashadi. So`z qaysi daraxt to`g`risida boryapti?

7-savol:


Asl vatani Evropa, balandligi 1,5-2,5 m ga yetadigan doim yashil buta. Daraxt mevasi olchaga o`xshaydi. Uning tarkibida kofein, qand oshlovchi moddalar bor undan tayyorlanadi. Hozirgi vaqtda butun dunyoga tarqalgan. Savol bu qaysi o`simlik to`g`risida ketyapdi?

8-savol:
Qadimgi Mesopotamiyada shunday daraxtning mevasidan oziq-ovqat sifatida istemol qilingan. Danagi metallni eritishda yoqilg`I vazifasini bajargan. Po`stlog`ining tolalaridan arqon hamda savat to`qilgan, shuning uchun ham Mesopotamiyaliklar uni “Hayot daraxti” deb atashgan. Gap qaysi o`simlik to`g`risida ketyapdi?


9-savol:
Sayg`oqlarni ovlash nechanchi yildan boshlab ma’n qilingan, va nima uchun?

10-savol:
Ibn Sino bilan bir davrda yashagan Abu Rayhon Beruniyning qaysi kitobida o`simlik va hayvonlar mahsulotidan hamda mineral moddalardan dorilar tayyorlash to`g`risida ma’lumot berilgan?

11-Savol:


Eng xavfli ilon qaysi va qayerda yashaydi?
12-savol:
Qaysi qushning qanotida tirnog`i bor?

13-savol:

Shunday o`simlik borki, boshoqli o`simliklar ichida o`sadi. U o`simlikdan odam va hayvonlar zaharlanadi. Bu o`simlik hayvon nomi bilan ataladi. Bu o`simlik qaysi?

14-savol:

Ayrim o`simliklar hujayrasida o`ziq moddalardan tashqari, zaharli moddalar ham hosil bo`ladi. Bu o`simlikning nomi yirtqich hayvon nomi bilan ataladi. Bu o`simlik qaysi?
15-savol:
Tabiatda shunday o`simlik borki, bahorning ilk darakchilaridan biri, dorivor. Bundan tashqari, o`simlikning tarkibida oq sutga o`xshash shira. Unda kauchuk borligini ko`rsatadi. Xalqimiz bu o`simlikni sevib “momaqaymoq” deb ham atashadi. Bu qaysi o`simlik?

16-savol


Hujayraning bu qismi tiriklikning molekular darajasiga misol b’ladi. U birinchi bo’lib yadrodan ajratib olingan bo’lib irsiy axborotni saqlash vazifasini bajaradi gap hujayraning qaysi qismi bo’yicha ketayotganini toping.
Download 30.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling