Ning noqulay sharoitlarga chidamliligi. Mavzu rеjasi
Download 19.91 Kb.
|
1 2
Bog'liq7. O\'simliklarning noqulay muhotga moslanishlari (2)
O’simliklarning noqulay sharoitlarga chidamliligi. Mavzu rеjasi: 1. O’simliklarni moslashuvi. 2. Noqulay sharoitlarning turi. 3. Noqulay sharoitlarga chidamlilikni oshirish. Tayanch so’zlar: fiziologik adaptatsiya, gеnеtik adaptatsiya, ksеrofitlar, galofitlar. O’simliklarga xos bo’lgan boshqa xususiyatlar kabi tashqi noqulay sharoitlardan himoya qilish qobiliyati ham muhim ahamiyatga ega. Individual O’simliklarni noqulay sharoitlarga moslashuvi fiziologik mexanizmlar yordamida amalga oshiriladi (fiziologik adaptatsiya). Organizm nopulyatsiyalari genetik o’zgaruvchanlik va irsiyat mexanizmlari yordamida amalga oshiriladi (genetik adaptatsiya). Noqulay sharoitlar turli xil bo’lib, suv tanqisligi, tuproq sho’rlanishi, harorat, atrof-muhit ifloslanishi va boshqalarni o’z ichiga oladi. Bular 3 ta guruhga bo’linadi: 1) Fizik omillar. Namlikniag yuqoriligi yoki etishmasligi, harorat, radiatsiya, mexanik ta'sirlar; 2) Kimyoviy omillar. Tuzlar, gazlar, pestitsidlar va boshqalar; 3) Biologik omillar. Viruslar, bakterilar, zamburug’lar, hashoratlar, turlar ichidagi va tur orasidagi konkurentsiyalar. O’simliklarning tashqi omillar ta'siriga chidamligi ontogenezning bosqichlariga bog’liq bo’ladi. O’simliklarning qurg’oqchilikka chidamliligi. Qurg’oqchilikka chidamli O’simliklar suvsizlanish, suv tanqisligi yoki issiqlik kabi noqulay sharoitlar ta'siriga moslashuvi kerak. Bu O’simliklar kserofitlar deb ataladi va 3 xil himoya yo’liga ega: a) hujayralar tomonidan suvni ortiqcha sarflanishidan saqlash; b) qurg’oqchilik davrida saqlash; v) qurib qolishni engib o’tish. Bu O’simliklarga yantoq, izen va boshqalar kiradi. Ular vegetatsiya davrining hammasini qurg’oqchilikda o’tkazadi. Qurg’oqchilik, anatomik va fiziologik hususiyatlari bilan xarakterlanadi. Qurg’oqchilikka chidamli O’simliklar to’qmalarining vaqtinchalik suvsizlanishi hosilga ziyon etkazmaydi. Kserofit O’simliklarning bargi mayda, bug’lantiruvchi sathi kichik, barg tomirlari mayda va ko’p bo’ladi. Bunday anatomik tuzilishga ega bo’lgan O’simliklarda fiziologik jarayonlar ham o’zgacha ketadi. Qishloq xo’jalik ekinlarini qurg'oqchilikka chidamliligini oshirishda bir qator amaliy tadbirlar ishlab chiqilgan. SHulardan biri urug’larni kechiktirib ekishdir. O’simliklarni sovuqqa chidamliligi. Qish faslida ayniqsa ko’p yillik o’t va daraxtlar past harorat ta'sirida bo’ladi. Kuzgi g'alla ekinlari, rivojlanish davrining ma'lum fazasini qor ostida o’tkazadi. Bir yillik O’simliklarning urug'lari qishlaydi. Ko’p yillik O’simliklardan piyozgul, ildizpoya va tuganaklar tuproq va qor ostida yaxshi qishlaydi, ularning er ustki poyalari qurib qoladi. Daraxtlar va kuzgi ekinlar (g’alla) O’simliklari qishdagi sovuqning ta'sirini ko’proq sezadi. Ularni past haroratlarga chidamliligi oshadi. Qaxraton qishda ba'zi O’simliklarniig to’qimalari muzlab qoladi. Ma'lumki, bahor oylaridan sovuq urgan g’o’za, pomidor ko’chatlari va boshqa O’simliklarning hujayralari turgor holatini yo’qotadi, barglari sarg’ayib so’liydi, tez vaqtda qurib qoladi. O’simliklarning sovuqqa chidamliligini oshirishda hujayradagi oqsil, shakar moddalarining o’zgarishiga qarab, muzlashga chidamli qilish mumkin. O’simliklarning sovuqqa chidamli bo’lishi va ularni chiniqtirish murakkab fiziologik jarayon hisoblanadi. Odatda bahorgi sovuqlar qishgi sovuqqa nisbatan chidamliroq bo’ladi. G’o’za va poliz ekinlari sovuqqa chidamsiz bo’ladi. Ularni chidamlilik darajasini oshirish uchun bir qator tadbirlar ishlab chiqilgan. Professor H H.H.Enileev o’z tajribalarida nitrat va ammoniy tuzlari (0,25% -li eritma) bilan chigit 20 soat davomida ivitilsa uning sovuqga chidamliligini oshirish ko’rsatilgan. O’simliklarning to’zga chidamliligi. O’simliklarning tuzga chidamliligini o’rganish katta amaliy ahamiyatga ega, chunki erning 75%-ni qo’plab olgan okeanlarning suvida 3-4% tuz bor, Er yuzidagi tuproqlarning 25% sho’rlangan erlardir. Sug’oriladigan erlarning 75%-ga yaqini sho’rlanish darajasi yuqorilanib bormoqda. Sho’rlanish darajasiga qarab erlar ham sho’rlangan, O’rtacha sho’rlangan va sho’r tuproqlarga bo’linadi. Tuzlanish xarakteriga qarab xloridli, sulfatli, xloridli-sulfatli va karbonatli sho’rlanishga bo’linadi. Ko’pchilik O’simliklar uchun sho’r tuproqlar hatarli bo’lsada, boshqa O’simliklar bunday sharoitlarga moslashgan bo’ladi. SHo’r tuproqlarda o’sadigan O’simliklar galofitlar deb ataladi. Barcha galofit O’simliklar 3 guruhga bo’linadi: 1. Haqiqiy galofitlar. SHo’rga chidamli O’simliklar, eng katta sho’rlanish darajasiga ega bo’lgan tuproqlarda o’sadi, masalan sho’ra. 2. Tuz ajratuvchi galofitlar o’zlashtirilgan tuzlarni to’plamasidan, ularni chiqarib yuboradigan O’simliklar. Bularga cho’lda o’sadigan yulg'un, kurmaklar misol bo’ladi. 3. Tuz ta'sir qilmaydigan O’simliklar. Tuzlanish darajasi past bo’lgan tuproqlarda o’suvchi O’simliklar. Ularning hujayralarida osmotik bosim yuqori bo’lganligi uchun tuzlar o’tishi qiyin bo’ladi. Yuqorida keltirilgan noqulay sharoitlaridan tashqari, O’simliklar bir qator boshqa ta'sirlar: gazlarning etishmasligiga, infektsion va parazitlar, kasalliklarga, radiatsiyaga nisbatan, ham chidamlilik darajasi mavjuddir. Download 19.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling