Nitrat kislota ishlab chiqarish


Download 246.5 Kb.
bet2/6
Sana23.08.2023
Hajmi246.5 Kb.
#1669503
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Nitrat kislota ishlab chiqarish (1)

filtr; 2-turbokompressor; 3- nozik tozalash uchun filtrli aralashtirgich; 4-havo qizdirgich; 5-kontakt qurilmasi; 6-qozon-utilizator; 7-ammiakni qizdirgich.

Jarayon 100℃ haroratda NO2 hosil bo‘lish bilan to‘liq sodir bo‘ladi. Harorat o‘sib borgan sari mahsulot miqdori kamayib boradi va 700℃ dan oshganda azot (IV)-oksid hosil bo‘lmaydi. Shu sabali kontakt qurilmaidan chiqayotgan nitroza gazlarni 100℃ gacha sovitish zarur bo‘ladi.


Azot (II)-oksidini oksidlanish jarayoni nitrat kismlota sanoatining eng sekin boruvchi bosqichi hisoblanadi. Oksidlanish reaksiyasining tezligi reagentlar konsentrasiyasiga, bosimga va haroratga kuchli bog‘liq bo‘ladi. Nitrat kislota ishlab chiqarishda kislorod bilan boyitilgan havo yoki toza kisloroddan foydalanish azot (II)-ni azot (IV)-ga aylanishini keskin ortishiga olib keladi.
Atmosfera bosimida ishlaydigan qurilmalarda azot oksidlarining taxminan 92%i oksidlanadi, qolgan NO ni (NO2 bilan birgalikda) ishqorga yuttiriladi.
NO dan boshqa barcha azot oksidlari suv bilan ta’sirlashib kislota hosil qiladi. Azot oksidlarining suvga yutilishi unda NO2, N2O4, N2O3 larni erishi va nitrit va nitrat kislotalarni hosil qilishi bilan bog‘liq.Nitrit kislotasi beqaror bo‘lganligi tufayli nitrat kislotaga, azot (II)-oksidiga va suvga parchalanadi. Absorbsiya ushbu sxema bo‘yicha sodir bo‘ladi:
2NO2+H2O⮀HNO3+HNO2 ∆H = –116 kj
3HNO2⮀HNO3+NO+H2O ∆H = 76,0 kj
bilan ta’sirlashuvini yig‘ma tarzda quyidagicha yozish mumkin: 3NO2+H2O⮀2HNO3+NO H = –136 kj
bu absorbsiya jarayonining barcha hisoblari uchun boshlang‘ich hisoblanadi. NO2 ni nitrat kislotasining suvli eritmasiga yutilish darajasi haroratga, bosimga va kislotaning konsentarsiyasi kabi omillarga bog‘liq bo‘ladi. Haroratni va kislota konsentrsiyasini pasayishi, bosimni ortishi bilan NO2 ni yutilishi tezlashadi. Konsentrasiya 65%ga etishi bilan yutilish to‘xtaydi.
1976-yillarda quvvati 380 ming t/yil bo‘lgan yuqori hararatli chiquvchi gazlarni katalitik tozalanadigan, 60% li HNO3 navli mahsulot beruvchi AK-72 qurilmasi ishga tushurildi. Qurilma yopiq energotexnologik halqada ikki bosqichli ammiak konversiyasi va 0,42-0,47 MPa bosimda sovitilgan nitroza gazlari va 1,1-1,26 MPa bosimda azot oksidlarini absorbsiyalanishi bilan ishlaydi.
Quyidagi 17-rasmda uning soddalashtirilgan texnologik sxemasi keltirilgan.

17-rasm. AK-72 nitrat kislota ishlab chiqarishning texnologik sxemasi



    1. resiver; 2-bug‘latgich; 3-, 24-filtrlar; 4-, 15-qizdirgichlar; 5-rekupersion turbina; 6-katalitik tozalash reaktori; 7-aralashtirgich; 8-yoqish qurilmasi; 9- haydovchi kolonna; 10-absorbsion kolonna; 11-, 14-suvli sovutkich; 12-, 23- kompressorlar; 13-gazli yuvgich; 16,18-nitroza gazlarini sovitgi; 17-deaerasion

kolonna; 19-qozon-utilizator; 20-kontakt qurilmasi; 21-seperator qurilmali
baraban; 22-kamerali aralashtirgich; 25-havo so‘rish uchun quvur.

    1. Download 246.5 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling