Nizom maqsad va vazifalari
Download 35 Kb.
|
11111SPORT HAMMA UCHUN\'\'NIZOM SHAXMAT 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.Musobaqalarni o`tkazishga rahbarlik qilish.
- 3. Musobaqa dasturi, shartlari va o`tkazish joyi.
- 4. Musobaqalarni moliyalashtirish.
- 5. Mukofotlash.
NIZOM 1.Maqsad va vazifalari: - Samarqand Davlat universiteti imkoniyti cheklangan va nogironligi bo’lgan talabalar o`rtasida jismoniy tarbiya va sport ishlarini yaxshilash va ommaviylashtirish; - talabalar o`rtasida do`stona munosabatlarini kuchaytirish; - talabalar jismonan baquvvat hamda sog`lom bo`lishiga, chiniqishiga, umumiy ish qobiliyati o`sishiga yordam berish; - talabalar o`rtasida jismoniy tarbiya va sport harakatini yanada rivojlantirish, “Universiada” sport musobaqalarining Respublika bosqichiga kuchli jamoalarni tanlash; - talabalar o`rtasida sportning shaxmat turini yanada rivojlantirish. 2.Musobaqalarni o`tkazishga rahbarlik qilish. Musobaqalarga rahbarlik qilish Samaqand Davlat Universiteti Yoshlar bilan ishlash prorektori Sh.Negmatova SamDU sport klub raisi o’rinbosari F.Oblanazarov, Fakultetlararo jismoniy madaniyat kafedrasi o`qituvchilari tomonidan amalga oshiriladi. Musobaqalarni o`tkazish murabbiy-o`qituvchilar tomonidan tasdiqlangan hakamlar hay`atiga yuklatiladi. 3. Musobaqa dasturi, shartlari va o`tkazish joyi. Musobaqalar O`zbekiston Respublikasi hududida amaldagi musobaqa qoidalariga asosan Olimpiya usulida o`tkaziladi. Musobaqalar 2022 yil 3- dekabir kuni SamDU 6 sonli TTJdagi shaxmat-shashka xonasida o`tkaziladi. Musobaqaga Samarqand Davlat universiteti imkoniyti cheklangan va nogironligi bo’lgan talabalar (o`g`il va qiz.) ishtirok etadilar. Jamoa a`zolari dresskodda kelishlari shart. Musobaqalar 13-00 da boshlanadi. 4. Musobaqalarni moliyalashtirish. Musobaqada ishtirok etuvchi talabalarga shart-sharoitlar yaratib berish, musobaqada qatnashayotgan talabalarni sog`ligini mustahkamlash uchun tibbiy xodimlarni yo`llash hamda musobaqa o`tkazish uchun kerakli jihozlar bilan ta`minlab berish, SamDU sport klubi raisi o’rinbosari F.Oblanazarov hamda Fakultetlararo jismoniy madaniyat va sport kafedrasi katta o`qituvchisi, murabbiy N.I.Isayev tomonidan amalga oshiriladi. 5. Mukofotlash. Musobaqa g`olib va sovrindorlarini I,II,III – darajali diplomlar hamda esdalik sovg`alari bilan Samaqand Davlat Universiteti Yoshlar bilan ishlash prorektori Sh.Negmatova tomonidan taqdirlanadilar. 6. Ariza va qo`shimcha masalalar. Musobaqa davomida shikoyat va arizalar 1 soat ichida qabul qilinadi va ko`rib chiqiladi. Ushbu nizom taklifnoma o`rnida qabul qilinadi. Download 35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling