Nizomiy nomidagi tdpu huzuridagi pkqtmo tarmoq markazi “Pedagogika-psixologiya” yо‘nalishi tinglovchisi Menlibaeva Azima Oralbaevnaning “Interfaol metodlar asosida
Download 6.5 Kb.
|
хулоса
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rahbar: katta о‘qituvchi. M.J.Mutalipova
Nizomiy nomidagi TDPU huzuridagi PKQTMO tarmoq markazi “Pedagogika-psixologiya” yо‘nalishi tinglovchisi Menlibaeva Azima Oralbaevnaning “Interfaol metodlar asosida tarbiyaviy ishlar metodikasi fanidan “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari” modulini о‘qitish” mavzusidagi bitiruv loyiha ishi bо‘yicha ilmiy rahbar XULOSASI Mustaqillik yillarida inson omilini yuqori darajaga kо‘tarish, unda о‘z ichki imkoniyatlarini tо‘la-tо‘kis rо‘yobga chiqarish, unda yuksak manaviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga xizmat qiladigan pedagogik shart-sharoit yaratildi. Bugungi kunda mavjud shart-sharoit globallashuv sharoitida har bir yoshning о‘z hayotiy etiqodi, chuqur bilim va kasbiy kо‘nikma, malakalarga ega bо‘lishiga xizmat qilmoqda. Pedagogik oliy talim muassasalarida о‘qitiladigan “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fani talabalarni tarbiyaviy faoliyatga samarali tayyorlashda alohida о‘rin tutadi. Ayniqsa, “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari” modulini interfaol talim metodlari asosida о‘qitish mazkur jarayonning jadal amalga oshirilishiga xizmat qiladi. Talim muassasalarida “Tarbiyaviy ishlar metodikasi” fanining о‘qitilishi talabalarni kasbiy faoliyatga samarali tayyorlash bilan birga ularda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, kasbiy kompetentlik sifatlarini takomillashtirishgayordam beradi. Ushbu fanni о‘qitish jarayonida ilǵor talim texnologiyalarining qо‘llanilishi esa talabalarning о‘quv-bilish faoliyatini faollashtiradi, ularda talim olishga bо‘lgan ehtiyoj va qiziqishni rivojlantiradi. BLIda tinglovchi mavzuning mazmun-mohiyatini ochib berishga harakat qilgan, shu bilan birga “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari” modulini о‘qitish mazmunini modernizatciyalash, “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari” modulini о‘qitishga doir interfaol mashǵulotlarni tashkil etish, “Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarning maqsad va vazifalari” modulini о‘qitish jarayonida talabalarni tо‘garaklar faoliyatini boshqarishga tayyorlash kabi malumotlarni keltirilgan. A.Menlibaevaning bitiruv loyiha ishi malaka oshirish kursi tinglovchilarining kasbiy tayyorgarligiga qо‘yilgan malakaviy talablar, meyoriy kо‘rsatmalarga muvofiq tayyorlangan. Bitiruv malakaviy ishining mazmuni, hajmi va rasmiylashtirilishi bu turdagi meyoriy talablarga tо‘la javob beradi. Shu bois bitiruv loyiha ishini himoyaga tavsiya etaman. Rahbar: kattaо‘qituvchi. M.J.Mutalipova Download 6.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling