Nizomiy nomidagi tdpu kasb ta`limi fakulteti (Informatika va axborot texnologiyalari) yo‘nalishi i-kurs magistranti Begimqulov Hasanboy Shukurboy o’g’lining ilmiy-pedagogik ishi bo`yicha
Download 34.5 Kb.
|
xisobotlar 1-semestr
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-kurs magistranti H.Sh.Begimqulov
Nizomiy nomidagi TDPU Kasb ta`limi fakulteti (Informatika va axborot texnologiyalari) yo‘nalishi I-kurs magistranti Begimqulov Hasanboy Shukurboy o’g’lining ilmiy-pedagogik ishi bo`yicha 1-semstr bo`yicha HISOBOTI Ilmiy pedagogik ishim bo`yicha eng avvalo kafedradagi o`qituvchilar bilan yaqindan tanishdim. Kafedrada ishlagan meyoriy hujjatlarni har bir o`qituvchilardan oldim. Har bir hujjatning qanday tuzilishga ega ekanligi, nima asosida tuzilishini o`rgandim va tahlil qildim. Jumladan: 1.Me’yoriy xujjatlarni o`rgandim va tahlil qildim(DTS, o`quv reja, namunaviy va ishchi fan dasturlari, taqvim rejalarni oldim va ularni har bir o`qituvchidan so`rab o`rgandim), o`quv jarayonining me’yoriy xujjatlarini o`qib o`rganib xar biriga alohida tahlil yozdim. Me’yoriy xujjatlarning mazmuni bilan tanishdim. 2 Mutaxassislik fanlari bo`yicha bakalavriat ta’lim yo`nalishida ma’ruza, labaratoriya, amaliy va seminar mashg`ulotlarini o`tkazilishini kuzatish va taxlil qildim. Ulardan Elektron ta’lim resurslarini yaratish texnologiyasi, kompyuter grfaikasi, multimedianing ovoz dizayni, amaliy matematik dasturiy paketlar, raqamli dizayn asoslari va boshqalar shular jumlasidandir. Darslarni kuzatib, dars taxlil blankalarini to`ldirib bordim. 3 Mustaqil ishni tashkil etish bo`yicha me’riy ish xujjatlarini oldim va o`rgandim. Unga tahlil yozdim. Raqamli dizayn asoslari bo`yicha mustaqil ish topshiriqlarini tayyorladim. Mustaqil ish mavzulari bilan tanishdim, ularni tashkil qilish va o`tkazish tartibini o`rgandim, mavzular bo`yicha mustaqil ish topshiriqlarini tayyorlashni o`rgandim. 4 Amaliy, laboratoriya mashg`ulotlari ishlanmalarini tayyorlashni o`rgandim. Axborot xavfsizligi fanidan “Axborotlashtirilgan ish joyi “Test” dasturi” mavzusida amaliy mashg`ulot, komyuter termoqlari fanidan “Brauzerlar bilan ishlash” mavzusida ma`ruza mashg`uloti, Web dizayn va dasturlash fanidan “HTML tilidan matnlar bilash ishlovchi teglar va ularga oid masalalar yechish” mavzusida labaratoriya mashg`ulotlariga dars ishlanmalarini bajardim. 5 Bakalavr ta’lim yo`nalishidagi guruhlarda ma’naviy -ma’rifiy ishlarni olib boorish bo`yicha KGD-401 guruh talabalariga “I.A.Karimov xotirasini abadiylashtirish ” mqsadida o`tkazilgan axborot soati va 1- talabalar turar joyida o`tkazilgan I.A.karimov xotirasiga bag`ishlab o`tkazilgan tadbirda faol qatnashdim va tashkil qildim. Bu ma`naviy-ma`rifiy ishlarning o`tkazishimdan maqsad kelajak avlodga kerakli ma`lumotlarni berish, ular bilan o`rtoq bo`lish va ularni o`rganishdan iborat bo`ldi. 1-kurs magistranti H.Sh.Begimqulov Nizomiy nomidagi TDPU Kasb ta`limi fakulteti (Informatika va axborot texnologiyalari) yo‘nalishi I-kurs magistranti Begimqulov Hasanboy Shukurboy o’g’lining ilmiy-tadqiqot ishi bo`yicha 1-semstr bo`yicha HISOBOTI Ilmiy tadqiqot ishim bo`yicha eng avvalo ilmiy ishim uchun kerakli mavzularni to’pladim. Kafedra mudiri bilan birgalikda optimal bo`lgan mavzuni tanladik. Mavzuyim “Elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqarish jarayonida pedagogik oliy o’quv yurtlaridagi talabalarning kasbiy kompetentligini shakllantirish.”. ilmiy rahbarim Luiza Nabiulina. Mavzuni tanlab olgach ilmiy -tadqiqot maqsadini belgilab oldim. Shu maqsad asosida bir necha vazifalarni belgilab oldik. Tadqiqot ob’ekti va predmetini aniqlab oldik. Mavzu doirasida qilingan ishlarni o`rgandim va tahlil qildim. O`zbekiston va Jahon mamlakatlari ma`lumotlarini qidirdim va tahlil qildim. Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi doirasida birlamchi ma’lumotlarini topdim. O`rgangan ma`lumotlarim asosida dastlabki adabiyotlar ro`yxatini shakllantirim. Tadqiqotning ilmiy farazi va tadqiqotning ilmiy yangiligini aniqladik. Tadqiqotning amaliy axamiyatini belgilab oldik. Ilmiy tadqiqkot ishi mavzusining dolzarbligi bo`yicha asosnoma tayyorladim. 2 yil davomida qilishim kerak bo`lgan ishlarimning shaxsiy ish rejasini tayyorladim. 1-kurs magistranti H.Sh.Begimqulov Download 34.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling