Nizomiy nomidagi tdpu maktabgacha ta’lim fakulteti 2 bosqich sirtqi ta’lim 103- guruh talabasi


Download 127 Kb.
bet1/7
Sana27.02.2023
Hajmi127 Kb.
#1234886
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jurayeva SHoira — копия


Nizomiy nomidagi TDPU Maktabgacha ta’lim fakulteti 2 bosqich sirtqi ta’lim 103- guruh talabasi
Jurayeva SHoiraning 2022-2023 o’quv yilida “Entopedagogika”fanidan tayyorlagan Essesi
Mavzu: Xalq pedagogikasining nazariy asoslari.
Samarqand 2023

Reja
1.Xalq pedagogikasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.


2.Xalq pedagogik tushunchalarining yaratilishi va xilma-xilligi.
3.Xalq pedagogikasi fanining metodologik asosi va boshqa fanlar bilan aloqasi.
4.Komil inson tarbiyasida xalq pedagogikasining tutgan o’rni.
5.Xalq pedagogikasining didaktik imkoniyatlari.
Mavzuga doir asosiy tushunchalar:
Xalq pedagogikasi-etnopedagogika, xalq pedagogikasining predmeti va ob‘ekti: xalq pedagogikasining maqsadi va vazifalari; jamoaviy ijod; og’zachilik, ko’pvariantlilik, an‘anaviylik, milliylik xususiyat; metolologik asos; fanlarаro aloqa; milliy istiqlol, komil inson; mantiqiy aloqadorlik;
Insoniyat tarixining har bir bosqichida rivojlanish yo‘nalishi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning metodologik birligi qonuniyati asosida belgilangan. Ushbu qonuniyat jamiyatda hukm surgan ijtimoiy-iqtisodiy qarashlar, g‘oyalar va ideallar asosida ijtimoiy ong shakllari bo‘lgan fan, san’at, madaniyat, ishlab chiqarish va turmush tarzi rivojlanishiga omil bo‘lgan. Shu tariqa tarixiy taraqqiyot davomida barkamol shaxsni tarbiyalash va voyaga yetkazish yuzasidan to‘plangan boy ma’naviy meroslar xalq pedagogikasida o‘z ifodasini topib borgan.
Demak, bo‘lg‘usi pedagog kadrlami tayyorlashda aynan shu ma’naviy meros - xalq pedagogikasining ta’lim-tarbiyaga oid asosiy g‘oyalari bilan tanishtirish orqali ularda pedagogik faoliyatda samarali ; foydalanishga zamin tayyorlaydigan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlariga asosiy e’tibomi qaratishimiz zarurdir. Markaziy Osiyo xalqlari, xususan, o‘zbek xalqi va uning madaniyma’rifiy taraqqiyoti asrlar davomida rivojlandi, tarbiya g'oyalari turli davrlardagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar mohiyatini o‘zida mujassamlashtirdi.
Xalqimiz yaratgan ana shu ma’rifiy fikr va g‘oyalar, ta’limtarbiyaga oid boy meros minglab avlodlarni umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyaladi. Demak, ajdodlarimiz merosi bolgan xalq pedagogikasini xalq donishmandligi va odobnomasining nodir sohasi deyilishi bejiz emas. Xalq pedagogikasi asrlar davomida avlod-ajdodlarimizning axloqiy, ma’rifiy shakllanishi va kamolotida muhim o‘rin tutgan. Chunonchi, xalq o‘zining ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik qarashlari, falsafiyaxloqiy tushunchalari, hayotiy, ta’lim-tarbiyaviy xulosalarini xalq pedagogikasida aks ettirgan. Xalq pedagogikasining muhim yo‘nalishi milliy tarbiyani amalga oshirishdir, muhim xususiyatlaridan biri esa millatga xos boMgan xususiyatlarning saqlanishini ta’minlash sanaladi.
Shuni qayd etish kerakki, xalq pedagogikasidagi pedagogik qarashlar, allomalarimiz tomonidan ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va o‘qituvchining insoniy fazilatlari va kasbiy tayyorgarligi haqidagi bildirilgan fikrlar hozirgi kunda ham o‘z qimmatini yo‘qotmagan. Insoniyat jamiyatining barcha bosqichlarida barkamol shaxsni voyaga yetkazish dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelgan. Xalqimiz pedagogik qarashlarining tahlili bu borada juda boy ma’naviy - ma’rifiy meros mavjudligini ko‘rsatadi. Demak, bo‘lg‘usi pedagogik kadrlami xalqimizning ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha to‘plagan boy ma’naviy-ma’rifiy meros va pedagogik qarashlari bilan tanishtirish ularning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini orttirishga zamin tayyorlaydi.

Download 127 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling