Nizomiy nomidagi tdpu maktabgacha ta’lim fakulteti 2 bosqich sirtqi ta’lim 103- guruh talabasi


Xalq pedagogikasining asosiy tadqiqot ob’ekti


Download 127 Kb.
bet2/7
Sana27.02.2023
Hajmi127 Kb.
#1234886
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jurayeva SHoira — копия

Xalq pedagogikasining asosiy tadqiqot ob’ekti xalqimizning axloqiy, ta’lim-tarbiyaviy qarashlari bo‘yicha to‘plangan boy ma’naviyma’rifiy meros va pedagogik g‘oyalari bilan tanishtirish jarayoni sanaladi. Mazkur jarayonda quyidagilar o‘rganiladi:
-xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy va milliy qadriyatlari;
-oilada farzand tarbiyasi, tarbiya metodlari, usul va vositalari;
-o ‘zbek xalqining axloqiy me’yorlari, muomala madaniyati;
-xalq pedagogikasida tabiat va inson munosabatlari, sog'lom
turmush tarzining aks etishi;
-buyuk mutafakkirlaming pedagogik g‘oyalari;
-xalq og‘zaki ijodi va dostonlaming tarbiyaviy ahamiyati; -milliy urf-odatlar, marosimlar, an’analar, udumlar, xalq o‘yinlari va o‘yinchoqlarining tarbiya vositasi sifatidagi o‘mi;
-xalq pedagogikasida diniy ta’limotlar;
-xalq pedagogikasida xalq amaliy san’ati, hunarmandchiligi va h.
Xalq pedagogikasi fanining asosiy maqsadi - bo‘lg‘usi pedagogik kadrlarda pedagogik tafakkumi shakllantirish va kengaytirish, xalqimizning o ‘qitish jarayonini tashkil etish va tarbiya nazariyasi bo‘yicha to‘plangan boy ma’naviy-ma’rifiy merosi va pedagogik qarashlari, ta’limiy-tarbiyaviy imkoniyatlari bilan tanishtirish orqali ularning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini orttirishdir.
Fanning vazifalari - xalq pedagogikasining ta’lim-tarbiyaga oid boy tajribasi, tarbiya usullari, insoniy fazilatlar va qadriyatlar, xalq pedagogikasining sharqona va turkona an’analari, ta’lim-tarbiya jarayonlarining xalq og‘zaki ijodida, milliy urf-odatlarda, diniy ta’limotlarda ifodalanish masalalarini o‘rganish hamda kelajak avlodga uning mazmun-mohiyatini tushuntirishdan iborat.
O‘zbek xalqining o‘tmishdagi tarixiy tajribasi, ma’naviy, madaniy, ijtimoiy hayoti, oilada farzand tarbiyasi bilan bog‘liq masalalami ilmiy jihatdan to‘la bilish uning kelajakdagi taraqqiyot yo‘lini aniq belgilab beradi. Zero, o‘z elining murakkab tarixini, etnik xususiyatlari va pedagogik g‘oyalarini aniq bilish ma’naviy barkamollikni ta’minlovchi mezondir. Xalq pedagogikasi fani xalq og’zaki ijodi namunalarida olg’a surilgan pedagogik g’oyalar vositasida komil insonni tarbiyalash, shakllantirish va rivojlantirish muammolari xususida bahs yurituvchi fandir. “Xalq pedagogikasi” va “etnopedagogika” atamalari bir xil ma‘nodagi sinonim so’zlardir. Shuning uchun “Etnopedagogika” atamasi o’rnida ba‘zan “Xalq pedagogikasi” ifodasi ham ishlatiladi.
Xalq pedagogikasi ilmi har bir xalqning hayotiy faoliyati, ijtimoiy taraqqiyoti jarayonida asrlar osha to’planib, avloddan-avlodga og’zaki tarzda o’tib kelgan. U xalq ommasining tarixiy va ijtimoiy tajribalari maxsuli bo’lib, hayot sinovlarida o’zini oqlagan empirik bilimlar majmuidir.
Chunonchi, etnopedagogikaga doir biror-bir manba yo’qki, unda ilm, ma‘rifat, ezgulik, aqliy va jismoniy komillik, ma‘naviy-ahloqiy go’zallik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, do’stlik va boshqa sifatlar targ’ib etilmagan bo’lsa. Afsonalar, rivoyatlar, dostonlar, qo’shiqlar singari manbalarda yuqorida qayd etilgan tarbiyaviy sifatlar xalqning o’zi yaratgan qahramonlar timsolida targ’ib etiladi.
Xalq pedagogikasi tarixan xalqning o’zi, uning ijtimoiy ongi, tafakkuri, turmush tarzi bilan bakatmi ravishda shakllangan. U xozirgi zamon pedagogikasi ilmining ibtidosi hisoblanadi.
Xalqning o’zi hayot ekan uning pedagogik fikri, o’z milliy pedagogik qarashlari ham yashayveradi.
Markaziy Osiyoda antik davrdayoq badiiy-pedagogik ijod namunalari vujudga kelgan.
Farg’onaning Saymalitosh, Samarqandning Afrosiyob, Surxondaryoning Zarautsoy, Qoraqalpog’istonning Qo’yqirilganqal‘asida topilgan yodgorliklar va yozuvlarda xalqning ilk pedagogik fikrlari aks ettirilgan. Ularda hozirgi zamon pedagogikasi ilmining shakllanishiga zamin yaratilgan.
Buyuk ajdodlarimiz, pedagog-olimlarimiz o’z asarlarida xalq badiiy ijodi namunalariga tayanib ish ko’rganlar. Donishmand xalq olg’a surgan tarbiyaning xalqchilligi va tabiatga uyg’unligiga doir g’oyalarni ijodiy rivojlantirganlar. Xalq tafakkuri rivoji uchar gilamlar va otlar, oynai jahonlar yaratishni orzu qilishda ifodalangan bo’lsa, hozirgi zamonda ular haqiqatga aylandi. Shu jarayonda xalqning tarbiya haqidagi tushunchalari ham o’sib bordi.

Download 127 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling