Nizomiy nomidagi tdpu maktabgacha ta’lim fakulteti 2 bosqich sirtqi ta’lim 103- guruh talabasi


Xalq pedagogikasining didaktik imkoniyatlari


Download 127 Kb.
bet6/7
Sana27.02.2023
Hajmi127 Kb.
#1234886
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jurayeva SHoira — копия

5.Xalq pedagogikasining didaktik imkoniyatlari


Xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlari deganda xalq tarbiya tajribasidan joy olgan eng ilg‘or pedagogik bilimlar, malaka va ko‘nikmalar, zamonaviy o‘quv dargohi va oila tarbiyaviy tizimida yoshlarni tarbiyalash maqsad va vazifalarini hal etish uchun qulay shartsharoitlami yaratish tushuniladi. Masalan, xalq maqollarining tarbiyaviy imkoniyatlari tarbiyaning asosiy maqsadidan kelib chiqadi. Tarbiyaning asosiy maqsadi esa har tomonlama yetuk inson, yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishdir. Chunonchi, xalq pedagogikasi qadriyatlari ma’naviy yetuk, malakali mutaxassislarni tayyorlash, barkamol shaxs tarbiyasi hamda ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish imkoniyatlarini yaratib beruvchi manbadir.
Xalq pedagogikasining didaktik imkoniyatlari deganda xalqning yoshlarga bilim va amaliy ko‘nikmalar berish, ularni ijodiy ishlash uslublari bilan qurollantirish, dunyoqarashlarini o‘stirish, axloqiy nafosat g‘oyalarini egallashlarida qo‘llab kelgan empirik pedagogic tajribasini zamonaviy milliy ta’lim jarayonida qo‘llash uchun qulayligi tushuniladi. Masalan, milliy amaliy san’atga o‘rgatish uslubiyotini xalq pedagogikasining didaktik imkoniyatlari doirasiga kiritish mumkin. Xususan, ganch va yog‘och o‘ymakorligi, zardo‘zlik, musiqa asboblarini yasash, kulolchilik va boshqa amaliy san’at turlarini egallashning xalq ustalari va chevarlari tomonidan tajribada yaratilgan o‘z usullari, uslub va vositalari mavjud.
Nazariy bilimlami o'zlashtirishda kundalik hayotdagi tanish hayotiy voqealami misol tariqasida qo'llash o‘quvchilarning faolligini oshiradi, bilimlarini mustahkamlaydi va dunyoqarashini kengaytiradi. Xulosa qilib aytganda, milliy ta’lim-tarbiya xalq pedagogikasi an’analari asosida o‘qitish va tarbiyalashdan boshlanadi. Xalq pedagogikasining tarbiyaviy imkoniyatlaridan ta’lim-tarbiya tizimining barcha tarkibiy qismlarida foydalanish mumkin. Milliy tarbiya an’analarining didaktik imkoniyatlari asosan o‘qitish jarayonida qo‘llaniladi.
Ko‘pgina fan o‘quv dasturlari va darsliklarida xalq donishmandligidan olingan va boy tarbiyaviy ahamiyatdagi mavzular hamda o‘quv materiallari berilgan. Buni maktabning boshlang‘ich sinfidan tortib to oliy ta’limning bakalavriat va magistratura yo‘nalishlaridagi fanlami o‘rganishda ko‘rish mumkin. Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlaridagi ≪ 0 ‘zbek tili≫, ≪Vatan adabiyoti≫ kabi darsliklarida atroflicha yoritilgan xalq og‘zaki ijodiyoti, o‘zbek adabiyoti klassiklari asarlari xalq pedagogikasi manbalari sifatida chuqur tarbiyaviy imkoniyatlarga ega. Xalq og‘zaki ijodi namunalari va o‘zbek mutafakkirlari asarlari bilan yoshlami tanishtirishda o‘qituvchi yorqin badiiy obrazlarga asosiy e’tiborini qaratishi zarur. O‘quvchilar esa bu obrazlami qabul qilishlari, tushunishlari va his etishlari kerak. Zero, badiiy obraz orqali o‘quvchilarda turli hissiyotlarni vujudga keltirish mumkin. Masalan, ≪Farhod va
Shirin≫ dostonini o‘rganishda Farhodning jasoratli mehnatiga tan berish, Shirinning vafodorligi va go‘zalligiga lol qolish, Xisravning yovuzligi va makkorligiga g‘azablanish kechinmalari uyg‘otiladi. 0 ‘zbek tili darsliklarida o‘zbek adabiy tili me’yorlarini o‘rganishda, grammatik qoidalarni egallashda chuqur tarbiyaviy ahamiyatga ega boigan folklor asarlari, ya’ni dostonlar,
rivoyatlar, qo‘shiqlar, ertaklar, maqollar, naqllar, hikmatli so‘zlar va hokazolardan tuzilgan misollardan iborat mashqlar qo‘llaniladi. Maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘tiladigan tarix darslarida turli tarixiy davrlarda xalqimizning milliy urf-odatlari va an’analari, me’morchiligi va amaliy san’ati, hamda fan va madaniyatning boshqa sohalari qanday rivojlanganligi haqidagi qator bilimlar o‘zlashtiriladi. Bunday bilimlar o‘quvchilar dunyoqarashini kengaytiribgina qolmay, ularda axloqiy nafosat xususiyatlarini shakllantirishga, vatanparvarlikni tarbiyalashga ko‘maklashadi, ya’ni xalq tarixi – milliy ongning bir bo‘lagi sifatida o‘quvchilarning har tomonlama yetuk inson bo iib shakllanishlarida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Biz o ‘zbek tili, adabiyoti, tarix darslari misolida gumanitar fanlar mazmunida xalq pedagogikasini qo‘llashning imkoniyatlari haqida so‘z yuritdik. Lekin aniq fanlami o‘qitishda ham o‘quv materiali mazmunining tarbiyaviy xususiyatlarini aniqlash va ulardan yoshlar tarbiyasida foydalanishga ko‘proq ahamiyat berish talab etiladi, zero barkamol shaxsni shakllantirish uchun tarbiyaga kompleks yondashish zarur.
Avvalo, aniq fanlarda darsning didaktik maqsadlarga erishishining o‘zi o‘quvchilar tarbiyasiga bevosita ta’sir ko'rsatadi. Aniq fanlami o‘qitish jarayonida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishning asosiy vazifalaridan biri - o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdir. Masalan, fizika, biologiya, geografiya va boshqa aniq fanlar bo‘yicha darslar davomida aniq tabiiy qonuniyatlar, hodisalar, jarayonlami tushuntirish orqali ulardagi eng umumiy belgilar, sifatlar va xossalar yoritib beriladi. Jumladan, fizika darslarida materiya haqida tushuncha berishda xalq og‘zaki ijodi namunalaridan biri - topishmoqlardan keng foydalanish mumkin. 0 ‘quvchilarga fizik hodisalar yoki osmon jismlari haqida topishmoq tarzida aytib berish havola etiladi. Masalan:
Ko‘k ko‘ylakka qo‘l yetmas. (Osmon)
Uzoq tog‘da o‘t yonar. (Quyosh)
Shu o‘rinda U.Gadoyboev, K.Yo‘ldoshevlarning ≪Fizika darslarida xalq maqol va masallaridan foydalanish≫ xususidagi maqolasiga murojaat etish mumkin. Astronomiyani o‘rganishda buyuk alloma Mirzo Ulug‘bekning hayoti va asarlari, biologiya darslarida Abu Ali Ibn Sino asarlari, matematikada Al-Xorazmiy, Umar Hayyomning hayoti va asarlarini, falsafiy she’rlar bilan qo‘shib o‘rganish ham katta samara beradi. Aniq fanlar, xususan iqtisodiyotga oid fanlarni o‘qitishda avloddan -avlodga o‘tib kelayoxgan xarid qilish, mahsulotni xaridorgir qilib tayyorlash, raqobatga bardosh berish, savdo usul lari, tejamkorlik haqidagi ma’lumotlami o‘zbek xalq maqollari, diniy ta’limotlar, hadislardan namunalar keltirib berilsa, yoshlaming g‘oyaviysiyosiy va iqtisodiy tarbiyasi samarali boiadi. ? Shu o‘rinda barcha fanlarni o‘qitishda mehnat tarbiyasining ham o‘mi katta ekanligini ta’kidlash joiz. Yoshlarda ijtimoiy foydali mehnatga hurmatni tarbiyalash, ya’ni uni mehnat qilishga ruhan tayyorlash o‘zgalar mehnatini e’zozlash, ularda mehnatsevarlik, chidamlilik, tirishqoqlikni shakllantirish - mehnat tarbiyasining asosiy vazifalaridan biridir. Bunda buyuk allomalar asarlariga murojaat etish ham o‘rinlidir. Jumladan, Forobiyning ≪Buyuk ishlarning naqllaridan≫ asarida shunday yozilgan: ≪Qiyinchilik va tajribasizlik barcha xulqiy va fikriy fazilatlar oldida ko‘ndalang turadi, umuman, har qanday hunami o‘rganishda o‘ziga yarasha qiyinchilik bor≫.
Shu o‘rinda yoshlaming yosh xususiyatlarini hisobga olib, mehnatsevarlik haqidagi xalq og‘zaki ijodi namunalaridan ko‘plab misollar keltirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Yoshlaming bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilishda ham xalq pedagogikasi manbalaridan unumli foydalanish mumkin. Bunda o‘quv fanlari bo‘yicha turli to‘garaklar, tematik kechalar, muloqotlar, savoljavob kechalari, tanlovlar, olimpiadalar, sayohatlar, ≪Quvnoqlar va zukkolar≫ bellashuvlarini tashkil qilish lozim. Xalq pedagogikasi asosida tashkil qilinadigan yuqoridagi kabi tadbirlaming yagona talabi: mashg‘ulotlar ma’lum maqsadga yo'naltirilgan va mazmuni hayot bilan bog‘liq bo‘lishi hamda tizimli olib borilishi, mashg‘ulotlarda yoshlar faoliyati xilma-xil va yangi ma’lumotlar, bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarni egallashdan iborat bo‘lmog‘i kerak. Axloqiy mavzuda o‘tkaziladigan munozaralar, savol-javob kechalari, yoki o ‘zbek xalqi tarixi va madaniyati bo‘yicha ko‘riktanlovlar o‘quvchilarni xalq pedagogikasi asosida tarbiyalashga katta imkoniyatlar yaratadi.
Xususan, pedagogika va psixologiya mutaxassisligini mukammal egallashda ham xalq pedagogikasining o'rni beqiyos, ≪Pedagogika tarixi≫, ≪Pedagogik konfliktologiya≫, ≪Oila pedagogikasi≫, ≪Pedagogik korreksiya≫, ≪Tarbiyaviy ishlar nazariyasi va metodikasi≫, ≪Ijtimoiy pedagogika≫ kabi pedagogika yo‘nalishidagi hamda psixologiya shaklidagi qator fanlarni o‘qitishda ham xalq pedagogikasi manbalaridan unumli foydalanish mumkin. Bu esa har bir fan o‘qituvchisidan o‘z kasbiga, mehnatiga vijdonan yondashishni va uning shaxsiy namunasini talab qiladi. Zero, o‘zbek xalq pedagogikasi, uning manbalari, tarbiyaviy va didaktik imkoniyatlarini har bir fan o ‘qituvchisi avvalo o‘zi yaxshi o‘zlashtirib olishi, bunda fanni o‘qitish metodikasi bo‘yicha egallagan bilim va ko‘nikmalariga asoslanishi lozim bo‘ladi.
Xalq pedagogikasi boy ilmiy-pedagogik manbalarga ega. A.K.Munavvarov,
K.Hoshimov, I.Jabborov, I.M.Mo’minov, G.A.Hidoyatov,
S.X.Temurova, Z.M.Mirtursunov, B.A.Qodirov, O.M.Musurmonova, M.Sherboyev, M.Sattor, T.Javliyev, M.Ochilov, R.Usmonov, M.T.To’laboyev, U.Mahkamov kabi ko’pgina olimlarimiz tomonidan yaratilgan ilmiy-pedagogik adabiyotlar xalq pedagogikasi kureini o’tishda muhim manba sanaladi. Ayniqyea, «Uzbek pedagogikasi antologiyasi», «Pedagogika tarixi», «Pedagogika» kabi darslik va qo’llanmalardan asosiy manba sifatida foydalanganimizni alohida e’tirof etamiz. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, xalq pedagogikasi juda ko’p qirrali bo’lib, maxsus o’rganishni talab etadi.
O’zbek xalq pedagogikasi mazmunan boyib, mukammallashib borishida ilmfanning boshqa sohalari, ya’ni mumtoz adabiyot, sai’at, musiqa, xalq og’zaki ijodi, qadrshunoslik, odatshunoslik, ruhshunoslik kabi soxalar zaminida shakllanib, ular bilan bevosita aloqada bo’ladi, eng yaxshi namunalarini o’ziga qabul qilib oladi.
O’zbek xalq pedagogikasini o’qitish jarayonida o’qitishning yangi noan’anaviy, interfaol usullaridan keng foydalanish nazarda tutilgan. Avvalo, ma’ruzalarning muammoli shakllari, talabalar bilan fikriy hamkorlik, amaliy mashg’ulotlarda esa davra suhbati, bahs, munozara, uchrashuv, ekskursiyalar uyushtirish, intervyu olish, debat o’tkazish, dare jarayonining samaradorligini oshiruvchi turli ta’limiy usullar: «akliy hujum», «klaster», diagrammavenna, sinkveyn, quticha usullarini qo’llash, uch bosqichli modelli dare tashkil etish yaxshi natijalar beradi.
Bu predmetni o’qitishning o’ziga xos yana bir muxim xususiyati — o’qitilayotgan va o’tkazilayotgan tarbiyaviy mavzu va tadbirlarni bevosita xalqimiz xayoti, tajribasi hamda yurtimiz tabiati, etnografik va hududiy xususiyatlari bilan bog’lash mumkin.
Bundan tashqari, xalq pedagogikasi kursi talabalarga pedagogika tarixidan va pedagogika fanidan olgan bilimlarini mukammallashtirishni, milliy tarbiya tizimining xususiyatlarini bilishni, xalq qadriyatlarining g’oya va mazmunini chuqur anglashni, umuminsoniy qadriyatlardan milliy qadriyatlarning farqini ajrata bilishni, xalq an’analaridan, urf-odatlaridan foydalanishning yo’l va usullarini o’rgatadi, pedagogikadan kurs ishi, referatlar, yozma ishlar va diplom ishlarining mavzusini tanlashga yordam beradi.
O’quv-tarbiya ishlari jarayonida xalq qadriyatlaridan ijodkorona foydalanish pedagogika fanini xalq xayoti, turmush tarzi bilan jipslashtiradi, jamoatchilik, otaonalar va maktab o’rtasidagi aloqani yanada kuchaytiradi, milliylikni tarbiyalaydi.
Xalq pedagogikasidan darsliklar, o’quv qo’llanmalar yaratilishi, ilmiy-nazariy konferensiyalar, anjumanlar tashkil etilishi kerak. Lekin bu sohada hanuzgacha maxsus darelik yoki qo’llanmalar yozilgani yo’q. Biz o’z tajribamiz va imkoniyatlarimizdan kelib chiqqan holda shu ishga qo’l urishga jur’at etdik. Bu uslubiy qo’llanma shu savobli ish yo’lidagi dastlabki kdsamdir. Birinchi qadam hamma vakt ham bexato, benuqson, kamchiliksiz bo’lmasligi hammaga ma’lum, albatta. Bu ishni qanchalik uddalay oldik — bu keng jamoatchilik fikriga havola.
Xalq pedagogikasida tarbiyaning birlamchi, ikkilamchisi bo`lmaydi.
Hamma narsa hisobga olinishi, hech bir soha chekkadan qolmasligi, ayni chog’da tarbiyaning nihoyatda nozik, injiq, murakkab tomonlari e'tiborga olingan holda, etti o`lchab bir kesishga amal qilinadi. Shuningdek, xalq tarbiyasida kecha, bugun va ertani o`ylab ish tutiladi, ya'ni tarbiyani o`tmishni unutmaslik, bugunning qadriga etishlik, kelajakka umid asnosida olib boriladi. Unda hayot, tabiat va jamiyatdagi har bir voqea-hodisa, predmet, ko`rinish qisqasi jonli jonsiz neki bor undan mukammal foydalanadi.
«O`zbek xalq pedagogikasi» xalq pedagogikasining ajralmas tarkibiy qismidir. Uning qamrovi nihoyatda keng, bag’oyat serqirra va serjilo tushunchadir.
Xalq donishmandligi va odobnomasining bu nodir sohasi ijtimoiy va maishiy-axloqiy hayotning barcha tomonlarini, xalq og’zaki ijodi, qadrshunosligi, udumshunosligi va marosimshunosligining etakchi yo`nalishlarini, diniy-axloqiy ta'limotni qamrab olishi bilan harakterlanadi. U xalqimizning asrlar davomida to`plagan boy tajribalarini, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, falsafiy, ma'rifiy, estetik, ma'naviy hamda jismoniy etuklik borasidagi qarashlarini, tajriba-xulosalarini lo`nda, ammo bag’oyat teran; donishmandnamo tarzda ifodalaydi. «o`zbek xalq pedagogikasi» dono xalqimizning ta'lim-tarbiya, axloq, odob, inson qadriyatlari va uning ma'naviy ustuvorligi, iymon-e'tiqodi butunligi sohasidagi dunyoqarashi, amaliy faoliyati, usul-metodlari, an'analari tabarruk islomning odob-axloq, ilmu fan haqidagi ta'limotiga bog’liq holda, muqaddas qur'oni karim va payg’ambarimiz muhammad rasulullohning muborak hadisi shariflariga suyanadi. Xalq pedagogikasida ollohning ilohiy mo`'jizasi - hayot sarvari insonning ona qornida paydo bo`lishidan tortib, to tug’ilganiga qadar, ilk tarbiyasidan tortib, to voyaga etguncha hamda oila qurgunga qadar, yoshini yashab to omonatni topshirgungacha bo`lgan axloqiy, aqliy, estetik mehnat, ekologik tarbiyasi, shuningdek jismoniy chiniqish bilan bog’liq o`yinlar, xalq pedagogik an'analarining hozirgi zamon yosh avlod ta'lim-tarbiyasida tutgan o`rni hamda ahamiyati aks etadi. Shu bilan birga o`zbek an'anaviy, ommaviy bayram-sayllari, rasm-rusmlari, odatlari va udumlarida aks etgan axloqiy qarashlar, ularning o`ziga xos odobnomasi, ibratnomasi kabi bag’oyat dolzarb mavzularni o`z ichiga oladi.
Ma'lumki, xalqning pedagogik qarashlari uzoq asrlar davomida shakllangan va ular bizga alohida qo`llanma-dastur yoxud darsliklar shaklida etib kelmay, balki asosan xalq og’zaki ijodiga kiruvchi turli janrlardagi asarlar, elshunoslik, qadrshunoslik, udumshunosliklar qatida saqlab qolingan, hamda ollohning so`zi bilan bo`lgan qur'oni karim va payg’ambarimizning hadislarida o`z ifodasini topgan.
Xalqning oilaviy-maishiy hayoti, ta'lim-tarbiyaviy axloq-odobga oid hayotiy yo`l-yo`riqlari, usullari, ibratli tajribalariga oid turfa misollar - dostonlar, ertaklar, mehnat-mavsum marosim qo`shiqlari, asotirlar, naqllar, rivoyatlar, afsonalar, maqollar, matallar, hikmatlar, qayroqi so`zlar, aforizmlar, topishmoqlar, tezaytishlar, bolalar o`yinlari, allalar, to`y va aza qo`shiqlari, aytimlari, olqish va qarg’ishlar, suyush-erkalash qo`shiqlari, erkalamalar, ovutmachoqlar, qiziqmachoqlar, yalinchoqlar, hukmlagichlar, chorlamalar, cheklashmoqchalar, guldur-guplar, sanamalar, o`yin-kulgular bilan bog’liq lapar, aytishuv, o`lan, termalar, bolalar tarqalish, chorlash qo`shiqlari ramazon, boychechak, yomg’ir, quyosh, yulduzsuv aytimlari, chandishlar, tegishmachoqlar, masharalamalar, «navro`z», «mehrjon», bahor, kuz, qish, yoz aytim-qo`shiq ashulalari, dexqonchilik, chorvadorlik, kasb-hunarmandchilik bilan bog’liq nasriy va nazmiy asarlar; inson, tabiat va hayvonlar dunyosiga oid namunalar hamda mifologik tasavvurlar aks etgan asarlar bilan boyitilgan. Qur'oni karim, hadis hamda sharq mutafakkirlarining axloq-odobga oid qarashlari ham xalq pedagogikasining tarkibiy qismiga kiradi.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, xalq nazdida, inson ona qornidan yaxshi yo yomon bo`lib tug’ilmaydi — u birday tug’iladi. Yaxshi-yomonga aylanishi tarbiyadan, dastavval ota-ona, oila, mahalla-ko`y, qishloq-ovul, qolaversa, jamiyattuzumdandir. Bunda ajdodlar qoldirgan ota meros—oilaviy pedagogika, xalq pedagogi-kasi, shuningdek udumshunoslik, qadrshunoslik, elshunoslik an'analari, jamiyatning bu sohadagi sa'y-harakatlari hal qiluvchi o`rin tutadi. Xalq ta'kidlashicha, bola boshdan to`g’ri, haqqoniy tarbiyalansa u kelgusida yaxshi inson bo`lib etishadi, egri yo`lda tarbiyalansa — yomon kishiga aylanadi. Zero, «ko`chat boshdan, bola yoshdan» maqoliga amal qilish xalq an'anaviy pedagogikasining bosh yo`nalishidir. Shu boisdan, xalq pedagogikasida tarbiyaning mayda-chuydasi, ya'ni birlamchi-ikkilamchisi bo`lmaydi: hamma narsa hisobga olinishi, hech bir soha chetda qolmasligi, ayni choqda tarbiyaning nihoyatda nozik, injiq, murakkab tomonlari e'tiborga olingan holda, etti o`lchab bir kesishga amal qilinadi. Xarakterlisi yana shundaki, xalq tarbiyada kecha, bugun va ertani o`ylab ish tutadi, ya'ni tarbiyani o`tmishni unutmaslik, bugunni qadriga etishlik, kelajakka umid asnosida olib boradi...
Xalq pedagogikasining yana bir ibratli jihati bor. Bu hayot, tabiat va jamiyatdagi har bir voqea-hodisa, predmet, ko`rinish, qisqasi jonli-jonsiz neki bor, undan mukammal foydalanishdir.
Kezi kelganda xalq an'anaviy pedagogikasida ishontirish, isbotlash, ta'sir, ibrat namunasi, tajriba natijalari, tasdiqlash ham alohida o`rin tutishini aytib o`tish zarur. Buni ayniqsa dov-daraxt, tog’-tosh, parranda-darrandaga bag’ishlangan folklor namunalarida yaqqol ko`rish mumkin. Xalqning bunday qarashlari tagzaminida to`rt unsurni asrash, avaylash, ya'ni ekologik tarbiyani anglash qiyin emas.
Xalq bisotidagi eng yaxshi tabarruk so`zlar — duo-olqishlar ham tarbiyaga qaratiladi. Darvoqe, xalq an'anaviy pedagogikasida yaxshi so`z, duo-olqishning ta'sir kuchi, tarbiyaviy ahamiyati, inson ma'naviy ustuvorligi, iymon-e'tiqod butunligi, qisqasi kishilarning har tomonlama mukammal kamoloti borasida tutgan o`rni va roliga alohida ahamiyat beriladi.
El-yurt uchun har tomonlama mukammal insonni tarbiyalashga qaratilgan o`zbek xalq pedagogikasi ham ayrim shaxslar yohud bir-ikki jamoa (ular qanchalik iqtidorli-iste'dodli bo`lishmasin) tomonidan yaratilmagan, albatta. Uni xalqimiz asru asrlar bilan o`lchanuvchi hayotida o`zining boy hayotiy tajribalari, farzandlar kamoloti borasida tutgan tutimlari, sa'y-harakatlari, yo`l-yo`riqlari, aql-zakovatlari bilan yaratgan. Ayni choqda o`zbek xalq pedagogikasi o`z rivojida, boyib, mukammallashib borishida ilm-fanning boshqa sohalaridan, ya'ni mumtoz adabiyot, san'at, og’zaki ijod, elshunoslik, udumshunoslik, qadrshunoslik, odatshunoslik, ruhshunoslik kabi sohalar bag’rida shakllanib, ular bilan bevosita aloqada bo`ladi, eng yaxshi namunalarini o`ziga qabul qilib oladi...
Hamisha safarlarda bo`lib, o`zga yurt kishilari bilan muloqotlarda bo`lish, izlanishlar olib borishdan toliqmaslik kabi xislatlar o`zbek xalqi harakteriga xos fazilatlardandir. Insonparvarlik, baynalmilallik, hushyorlik, zukkolik, topqirlik, bilimdonlik, uquvlikni o`ziga e'tiqod qilib olgan o`zbek xalq pedagogikasi ayni choqda sharq odobnomasi, ibratnomasidan doimiy ravishda bahramand bo`lgan, sharqona xalq pedagogikasi boyliklaridan oziqlangan va uning eng go`zal namunalarini o`ziga qabul qilib olgan.

Download 127 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling