— amaldagi qonunlar doirasida yo‘lyo‘riq, buyruq,tavsiya, ko‘rsatmalar beradi; — g‘ayriqonuniy ishlarga chek qo‘yadi va bu haqda xalq ta’limi bo‘limiga axborot taqdim etadi; — maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif-tavsiya, fikr mulohazalar beradi; — xalq ta’limi bo‘limida mudira, uslubchi va tarbiyachilar uchun ilmiy-uslubiy kengashlar tashkil etadi; — maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazadi; — xodimlarni rag‘batlantirish va jazolash, ishdan bo‘shatish masalalari bo‘yicha tavsiyalar beradi. Nazoratchi-uslubchiga qo‘yiladigan asosiy talablar: Nazoratchi-uslubchi: Nazoratchi-uslubchiga qo‘yiladigan asosiy talablar: Nazoratchi-uslubchi: — maktabgacha ta’lim tizimi ishini va tamoyillarini puxta egallagan, oliy maxsus ma’lumotga, ko‘p yillik ish stajiga, eng ilg‘or, yuksak pedagogik tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lishi; — har jihatdan etuk, o‘z ishining ustasi, dunyoqarashi keng, davlatimizning ta’lim yo‘nalishidagi siyosatini chuqur biladigan, nazoratchi uslubchi mutaxassisligi bo‘yicha yuqori malakaga ega bo‘lishi; — qat’iyatli, xolis, vijdonli, davlat manfaatlarini ko‘zlab ish yuritadigan, zimmasidagi mas’uliyatni chuqur his etadigan, tartibli, o‘ziga va boshqalarga talabchan, o‘z so‘zida tura oladigan, kamchilikka murosasiz bo‘lishi; — maktabgacha ta’lim ravnaqi uchun eng muhim vazifalarni o‘z vaqtida aniqlay olishi, ularni qisqa muddatda bajara olish qobiliyatiga ega bo‘lishi; —maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini har tomonlama chuqur tahlil qila oladigan, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish choralarini belgilab amalga oshirishga qodir bo‘lishi; —Maktabgacha ta’limi bo‘limi va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga doimiy ravishda uslubiy yordam berishga tayyor bo‘lishi; —yangilikka intiluvchan, pedagogika fani sohasida qo‘lga kiritilgan yangi ishlanmalar va texnologiyalarni, etuk pedagoglarning ilg‘or ish tajribalar amaliyotini tatbiq etishga qodir bo‘lishi;
Do'stlaringiz bilan baham: |