Nizomiy nomidagi tdpu tabiiy fanlar fakulteti


Download 23.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana03.11.2023
Hajmi23.6 Kb.
#1743879
  1   2
Bog'liq
Erkinov Bunyodning keys va rasmli testlari



NIZOMIY NOMIDAGI TDPU 
TABIIY FANLAR FAKULTETI 
KIMYO YOʻNALISHI 302-GURUH 
TALABASI ERKINOV 
BUNYODNING KIMYO OʻQITISH
METODIKASI FANIDAN 
MUSTAQIL ISH 


1-Keys topshirig‘i
Mavzu:Temirning biologik ahamiyati
Keys bayoni:
■ Biologik jarayonlarda tarkibida temir tutgan oqsillar katta ahamiyatga ega. Bularga gemoglobin, 
mioglobin, sitoxromlar, katalaza va peroksidaza kiradi. Gemoglobin eritrotsitlarning asosiy qismi 
hisoblanadi. U o’pkadagi to’qimalarga kislorod yetkazib berib, kislorod tashuvchi bo’lib, yana 
tashqi nafas olishni ham ta’minlaydi. Mioglobin, sitoxrom va katalaza esa hujayralarning nafas 
olishini ta’minlaydi. Yuqoridagi oqsillarning har biri oqsil qismdan va u bilan bog’langan aktiv 
markazlardan tashkil topgan.Aktiv markazlar makrotsiklik kompleks birikma gemhisoblanadi
(gemgrekcha “gema” qon degani). Bu komplekslarda makrosiklik ligand sifatida tetradentant
birikma porfirin ishtirok yetadi. Kompleks markazida temir joylasgan bo’lib, kvadrat uchlarida 
donor atom azot joylashgan. Umuman kompleks konfiguratsiyaga yega hisoblanadi. Beshinchi 
orbital esa azot atomi orqali aminkilota (gistidin) bilan bog’langan. Oltinchi orbital bo’sh va u 
past molekulali liganlarni bog’lashi mumkin(masalan, O2, H2O2, CO, CN- vaboshqalar)


KEYS TOPSHIRIQLARI
■ 1. Temir inson organizmida qanday oksidlanish darajasiga ega bo’ladi?
■ 2. Mevalar tarkibida temir borligini qanday isbotlash mumkin?


KEYSNING YECHIMI 
■ Gemoglobin va unga o’xshash metallokomplekslarning xossalari ba’zi zaharli 
moddalar, masalan, CO (is gazi) va sianidlar ta’sirida keskin o’zgarishi mumkin. 
Shuning uchun ham havo tarkibiga aralashgan CO gemoglobin bilan 
karbonilgemoglobin hosil qilishi tufayli organlarga kislorod yetib borishi keskin 
kamayadi. Buning ustiga CO ning kompleks hosil qobiliyati kisloroddan ko’ra o’lab
marta yuqori.Ana shu tufayli havoda juda oz kislorod bo’lsa ham gipoksiyaga, yani
kislorod yetishmasligiga olib keladi. CO bilan zaharlanishni oldini olish 
uchunbemorni tezda toza havoga olib chiqish kerak. Shunda muvozanat 
oksigemoglobinhosil bo’lishi tarafiga qarab suriladi


■ Qondagi gemoglabin miqdorining normal holatda bo’lishi inson organizmi temir 
ionlarining qanday o’zlashtirilishiga bog’liq. Temir oziq-ovqatlar tarkibidan ion holida 
o’zlashtiriladi.Temir moddasi asosan, go’sht mahsulotlari, dukkakli o’simliklar, meva 
va sabzavotlar tarkibida bo’ladi.Gemoglobin tarkibida temir +2 oksidlanish 
darajasiga ega bo’ladi. Oziqovqatlar tarkibidan temir Fe2+ holatida 
o’zlashtiriladi.Olma tarkibidagi temirni aniqlash uchun yangi kesilgan olma bo’lagiga 
ammoniy rodanit yeritmasidan tomizib ko’ramiz, agar Fe3+ ioni bo’lsa, qizil rangli 
birikma hosil bo’lishi kerak. Lekin bunday holat kuzatilmaydi. Kesilgan olmani biroz
ochiq havoda qoldirsak, u qo’ng’ir tusga kiradi, ya’ni temir (II) ioni oksidlanib, 
temir(III)- birikmalariga aylanadi


2-keys topshirig‘i
Mavzu: Xlorning olinishi
Keys bayoni:
■ Laboratoriyada 124- gurux o`quvchilaridan Nafisa Maxmudova xlor gazini olishning HCl va 
MnO2 dan xomashyo sifatida foydalanish usuluni, Nargiza Olimova esa HCl ga KMnO4 tasir
ettirib xlorni olish va yigish usuluni qulay deb laboratoriya tajribasini bajarish uchun uskunalar 
majmui, ya`ni priborni yig’dilar. Ikkala o`quvchi ham xlor gazining zaxarliligini, asbobning 
germetikligiga e’tibor berib tajribani bajardilar. Ikki xil usulda yig’ib olingan xlor gazi bir xil 
miqdordagi xomashyodan ikki xil miqdorda ajralgani aniqlandi,ya’ni birinchi o`quvchi tanlagan 
usulda 1 mol xomashyodan 1 mol xlor gazi 2 –o`quvchitanlagan usuldan esa 2 mol 
xomashyodan 5 mol xlor gazi xosil bo’lgani xisoblab topildi. Natijada o`quvchilar baxslashib
qoldilar. Birinchi o`quvchi men tanlagan usul qulay, chunki, unda laboratoriyada juda ko’p 
bo’lgan reaktiv MnO2 dan foydalanish mumkin va uni ko’proq miqdorda ishlatsa hosil bo’lgan 
xlor miqdori ham ortib boradi desa, 2-o`quvchi uning fikrini inkor etib KMnO4 oz miqdorda 
ishlatilgan bo’lsa xam unumning yuqoriligi, Shuningdek MnO2 zaxarliligi, tajriba borishi uchun 
uni qizdirish zarurligini ta`kidlar edi. Bahsga shu guruh o`quvchisi Komil Burxonov aralashib, 
ikkala usuldan ham K2Cr2O7 ta`sir ettrib olish mumkinligini va bundan tashqari osh tuzi 
eritmasini elektroliz qilib Cl2 olish usuli eng unumli ekanligini aytdi


KEYS TOPSHIRIQLARI
■ 1. Ushbu vaziyatda siz qaysi usuldan foydalangan bo’lar edingiz?
■ 2.Turli oksidlovchilarga xlorid kislota ta`sir ettirib xlor gazi olish usullarini ayting.
■ 3. Xlor hosil bo’lish unumi qaysi jarayonda yuqori va qaysi usul eng qulay, iqtisodiy 
jihatdan foydali ekanligini tushuntiring. 
■ 4. Jarayonlarni reaksiya tenglamalari bilan ifodalang


KEYSNING YECHIMI 
1. Laboratoriyada xlor, asosan, xlorid kislotaga oksidlovchilar ta’sir ettirish yo’li bilan 
olinadi.Oksidlovchi sifatida ko’pincha MnO2 ishlatiladi. Reaksiya vaqtida avval 
marganes (IV) xlorid hosil bo’ladi; bu modda beqaror bo’lganligi tufayli MnCl2 bilan Cl2 
ga parchalanadi.
MnO2 + 4HCl →MnCl4 + 2H2O 
MnCl4→ MnCl2+Cl22
2. Marganes (IV) oksid o’rnida kaliy permanganat KMnO4, kaliy bixromat K2Cr2O7, 
xlorli ohak CaOCl2 kabi oksidlovchilar ishlatish mumkin


3.Ekvivalentlar qonuni bo’yicha reagentning va mahsulotlarning hosil bo’lgan miqdori 
asosida K2Cr2O7 va KClO3 dan xlor olish reaksiyasining unumi yuqori. Bundan tashqari 
KMnO4 bilan boradigan reaksiyadan tashqari barcha reaksiyalar qizdirish bilan boradi, 
shu nuqtai nazardan KMnO4 dan xlor olish jarayoni xavfsiz.Sanoatda xlor faqat osh 
tuzining suvdagi eritmasini elektroliz qilish yo’li bilan olinadi; anodda xlor (2Cl-2e- → 
Cl2), katodda vodorod (2H++2e- → H2), ajraladi va eritmada NaOH hosil bo’ladi. 
Shunday qilib, bu reaksiyadan asosiy maqsad o’yuvchi natriyni olish bo’lsada, 
qo’shimcha mahsulot sifatida juda ko’p miqdorda xlor olinadi.
■ 2NaCl + 2H2O

H2+ Cl2+ 2NaOH
Shu sababdan ushbu olinish usuli qulay va iqtisodiy jihatdan foydali hisoblanadi


Rasimli topshiriqlar
1-topshiriq 
Mazkur moddalarni molekulyar massasi 
ortib borish tartibida joylashtiring


2-topshiriq


3-topshiriq


4-topshiriq



Download 23.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling