Nizomiy nomidagi tdpu tabiiy fanlar fakulteti
Download 23.6 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqErkinov Bunyodning keys va rasmli testlari
NIZOMIY NOMIDAGI TDPU TABIIY FANLAR FAKULTETI KIMYO YOʻNALISHI 302-GURUH TALABASI ERKINOV BUNYODNING KIMYO OʻQITISH METODIKASI FANIDAN MUSTAQIL ISH 1-Keys topshirig‘i Mavzu:Temirning biologik ahamiyati Keys bayoni: ■ Biologik jarayonlarda tarkibida temir tutgan oqsillar katta ahamiyatga ega. Bularga gemoglobin, mioglobin, sitoxromlar, katalaza va peroksidaza kiradi. Gemoglobin eritrotsitlarning asosiy qismi hisoblanadi. U o’pkadagi to’qimalarga kislorod yetkazib berib, kislorod tashuvchi bo’lib, yana tashqi nafas olishni ham ta’minlaydi. Mioglobin, sitoxrom va katalaza esa hujayralarning nafas olishini ta’minlaydi. Yuqoridagi oqsillarning har biri oqsil qismdan va u bilan bog’langan aktiv markazlardan tashkil topgan.Aktiv markazlar makrotsiklik kompleks birikma gemhisoblanadi (gemgrekcha “gema” qon degani). Bu komplekslarda makrosiklik ligand sifatida tetradentant birikma porfirin ishtirok yetadi. Kompleks markazida temir joylasgan bo’lib, kvadrat uchlarida donor atom azot joylashgan. Umuman kompleks konfiguratsiyaga yega hisoblanadi. Beshinchi orbital esa azot atomi orqali aminkilota (gistidin) bilan bog’langan. Oltinchi orbital bo’sh va u past molekulali liganlarni bog’lashi mumkin(masalan, O2, H2O2, CO, CN- vaboshqalar) KEYS TOPSHIRIQLARI ■ 1. Temir inson organizmida qanday oksidlanish darajasiga ega bo’ladi? ■ 2. Mevalar tarkibida temir borligini qanday isbotlash mumkin? KEYSNING YECHIMI ■ Gemoglobin va unga o’xshash metallokomplekslarning xossalari ba’zi zaharli moddalar, masalan, CO (is gazi) va sianidlar ta’sirida keskin o’zgarishi mumkin. Shuning uchun ham havo tarkibiga aralashgan CO gemoglobin bilan karbonilgemoglobin hosil qilishi tufayli organlarga kislorod yetib borishi keskin kamayadi. Buning ustiga CO ning kompleks hosil qobiliyati kisloroddan ko’ra o’lab marta yuqori.Ana shu tufayli havoda juda oz kislorod bo’lsa ham gipoksiyaga, yani kislorod yetishmasligiga olib keladi. CO bilan zaharlanishni oldini olish uchunbemorni tezda toza havoga olib chiqish kerak. Shunda muvozanat oksigemoglobinhosil bo’lishi tarafiga qarab suriladi ■ Qondagi gemoglabin miqdorining normal holatda bo’lishi inson organizmi temir ionlarining qanday o’zlashtirilishiga bog’liq. Temir oziq-ovqatlar tarkibidan ion holida o’zlashtiriladi.Temir moddasi asosan, go’sht mahsulotlari, dukkakli o’simliklar, meva va sabzavotlar tarkibida bo’ladi.Gemoglobin tarkibida temir +2 oksidlanish darajasiga ega bo’ladi. Oziqovqatlar tarkibidan temir Fe2+ holatida o’zlashtiriladi.Olma tarkibidagi temirni aniqlash uchun yangi kesilgan olma bo’lagiga ammoniy rodanit yeritmasidan tomizib ko’ramiz, agar Fe3+ ioni bo’lsa, qizil rangli birikma hosil bo’lishi kerak. Lekin bunday holat kuzatilmaydi. Kesilgan olmani biroz ochiq havoda qoldirsak, u qo’ng’ir tusga kiradi, ya’ni temir (II) ioni oksidlanib, temir(III)- birikmalariga aylanadi 2-keys topshirig‘i Mavzu: Xlorning olinishi Keys bayoni: ■ Laboratoriyada 124- gurux o`quvchilaridan Nafisa Maxmudova xlor gazini olishning HCl va MnO2 dan xomashyo sifatida foydalanish usuluni, Nargiza Olimova esa HCl ga KMnO4 tasir ettirib xlorni olish va yigish usuluni qulay deb laboratoriya tajribasini bajarish uchun uskunalar majmui, ya`ni priborni yig’dilar. Ikkala o`quvchi ham xlor gazining zaxarliligini, asbobning germetikligiga e’tibor berib tajribani bajardilar. Ikki xil usulda yig’ib olingan xlor gazi bir xil miqdordagi xomashyodan ikki xil miqdorda ajralgani aniqlandi,ya’ni birinchi o`quvchi tanlagan usulda 1 mol xomashyodan 1 mol xlor gazi 2 –o`quvchitanlagan usuldan esa 2 mol xomashyodan 5 mol xlor gazi xosil bo’lgani xisoblab topildi. Natijada o`quvchilar baxslashib qoldilar. Birinchi o`quvchi men tanlagan usul qulay, chunki, unda laboratoriyada juda ko’p bo’lgan reaktiv MnO2 dan foydalanish mumkin va uni ko’proq miqdorda ishlatsa hosil bo’lgan xlor miqdori ham ortib boradi desa, 2-o`quvchi uning fikrini inkor etib KMnO4 oz miqdorda ishlatilgan bo’lsa xam unumning yuqoriligi, Shuningdek MnO2 zaxarliligi, tajriba borishi uchun uni qizdirish zarurligini ta`kidlar edi. Bahsga shu guruh o`quvchisi Komil Burxonov aralashib, ikkala usuldan ham K2Cr2O7 ta`sir ettrib olish mumkinligini va bundan tashqari osh tuzi eritmasini elektroliz qilib Cl2 olish usuli eng unumli ekanligini aytdi KEYS TOPSHIRIQLARI ■ 1. Ushbu vaziyatda siz qaysi usuldan foydalangan bo’lar edingiz? ■ 2.Turli oksidlovchilarga xlorid kislota ta`sir ettirib xlor gazi olish usullarini ayting. ■ 3. Xlor hosil bo’lish unumi qaysi jarayonda yuqori va qaysi usul eng qulay, iqtisodiy jihatdan foydali ekanligini tushuntiring. ■ 4. Jarayonlarni reaksiya tenglamalari bilan ifodalang KEYSNING YECHIMI 1. Laboratoriyada xlor, asosan, xlorid kislotaga oksidlovchilar ta’sir ettirish yo’li bilan olinadi.Oksidlovchi sifatida ko’pincha MnO2 ishlatiladi. Reaksiya vaqtida avval marganes (IV) xlorid hosil bo’ladi; bu modda beqaror bo’lganligi tufayli MnCl2 bilan Cl2 ga parchalanadi. MnO2 + 4HCl →MnCl4 + 2H2O MnCl4→ MnCl2+Cl22 2. Marganes (IV) oksid o’rnida kaliy permanganat KMnO4, kaliy bixromat K2Cr2O7, xlorli ohak CaOCl2 kabi oksidlovchilar ishlatish mumkin 3.Ekvivalentlar qonuni bo’yicha reagentning va mahsulotlarning hosil bo’lgan miqdori asosida K2Cr2O7 va KClO3 dan xlor olish reaksiyasining unumi yuqori. Bundan tashqari KMnO4 bilan boradigan reaksiyadan tashqari barcha reaksiyalar qizdirish bilan boradi, shu nuqtai nazardan KMnO4 dan xlor olish jarayoni xavfsiz.Sanoatda xlor faqat osh tuzining suvdagi eritmasini elektroliz qilish yo’li bilan olinadi; anodda xlor (2Cl-2e- → Cl2), katodda vodorod (2H++2e- → H2), ajraladi va eritmada NaOH hosil bo’ladi. Shunday qilib, bu reaksiyadan asosiy maqsad o’yuvchi natriyni olish bo’lsada, qo’shimcha mahsulot sifatida juda ko’p miqdorda xlor olinadi. ■ 2NaCl + 2H2O ■ H2+ Cl2+ 2NaOH Shu sababdan ushbu olinish usuli qulay va iqtisodiy jihatdan foydali hisoblanadi Rasimli topshiriqlar 1-topshiriq Mazkur moddalarni molekulyar massasi ortib borish tartibida joylashtiring 2-topshiriq 3-topshiriq 4-topshiriq Download 23.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling