Nizomiy nomidagi tdpu
Download 217.5 Kb.
|
Sanobar Tursunova.doc
- Bu sahifa navigatsiya:
- III Xulosa IV Foydalanilgan adabiyotlar
Nizomiy nomidagi TDPU Kechki MI-303 guruh talabasi Tursunova Sanobarning tayyorlagan Mustaqil ishi Pedagogning innovatsion faoliyati I Rеja: II Kirish 1. Pedagogning innovatsion faoliyatning o’ziga xos xususiyatlari. 2. Pedagogning innovatsion faoliyatni sqakllantirisq sqartlari. 3. Innovatsion faoliyatining nazariy omillari III Xulosa IV Foydalanilgan adabiyotlar KIRISH Malumki, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ...talim muassasalarining resurs, kadrlar va axborot bazalarini yanada mustahkamlash, oquv-tarbiya jarayonini yangi oquv-uslubiy majmualar, ilgor pedagogik texnologiyalar bilan toliq taminlash» vazifalari belgilab qoyilgan. Mamlakatimizning taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan orin olishi uchun aholi talimini jadallashtirish va uning samaradorligini oshirish maqsadi ham ilgor pedagogik tadbirlardan, texnologiyalardan keng foydalanishimizni talab etmoqda. Yurtboshimiz I.A.Karimov tabiri bilan aytganda, Biz rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan zamonaviy davlat qurish yoliga qadam qoyib, kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari izchillik bilan otishni taminlar ekanmiz, faqat milliy va umumbashariy qadriyatlar uygunligi zaruratini teran anglaydigan, zamonaviy bilimlarni, intellektual salohiyat va ilgor texnologiyalarni egallagan insonlargina oz oldimizga qoygan strategik taraqqiyot maqsadlariga erishishi mumkin ekanini hamisha ozimizga yaxshi tasavvur etib kelmoqdamiz.1 Ozbekiston Respublikasida uzluksiz talim tizimini isloh qilish kelajakda yosh avlodni yuqori kasbiy madaniyat, ijodiy va ijtimoiy faollik, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil qatnasha olish, erkin fikr yuritish qobiliyatlarini shakllantirishga yonaltirilgan. Bu esa oz navbatida talabalarning ilmiy bilim darajasini va faolligini kengaytirishni talab qiladi. Oliy talim muassasalarida fanlarni oqitish jarayonida talabalarning darsga nisbatan qiziqishlarini orttirishga, mustaqilligi va faolligini rivojlantirishga, mantiqiy tafakkurini ostirishga qaratilgan interfaol talim olishlariga komak beruvchi innovatsion usullardan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Zero, innovatsion texnologiyalar asosida mantiqiy fikrlash uzluksiz talim tizimini rivojlantirishning eng muhim omillaridan hisoblanadi. Ular talim jarayonida malum ozgarishlarga, talim mazmuni, sifati boyishiga va samarali tashkil etilishiga sabab boladigan turli tashabbus va yangiliklarning yaxlit tizimida namoyon boladi. Ilm, fan va texnikaning jadal rivojlanishi, yangi texnika va tex-nologiyalarning jamiyatning barcha qatlamlariga kirib borishi, axborot texnologiyasi vositalarining barcha davlat va nodavlat muassasalarida qollanilishi oqituvchilardan uzluksiz bilim olishni talab qilmoqda. Oqituvchilarning faoliyati kop qirrali bolib, ular boshqa-ruvchi, muloqot qiluvchi, yonaltiruvchi, tashkil etuvchi va baholovchi rollarini amalga oshirishlari kerak boladi. Oqituvchining dars berish jarayonidagi roli ancha murakkab bolib, uning oziga xos tarixiy va zamonaviy jihatlari mavjud. oldingi davrlarda oqituvchilarning faqatgina zamonaviy bilimlar berishi talab qilinsa, hozirda ulardan tarbiyaviy, madaniy-manaviy, siyosiy va ama-liy bilimlar berish ham talab qilinadi. Oqitish uslubiyatining boshqa turlari esa bir qancha olimlar tomonidan ishlab chiqilgan falsafiy-mantiqiy modellar asosida, masalan, Suqrot uslubida, muloqot usulida yoki korporativ usulda tashkil qilingan. Undan song oqitishning talim berish modellari asosida tashkil etish keng miqyosda amalga oshirila boshlandi. Bunda oquvchi-talabalarning malum bir soha yoki fandan bilim olishlari maxsus usullar, modellar, talim standartlari yoki strategiyalar asosida amalga oshirilar edi. Bazi bir modellarda oqituvchi dominant rolida bolib, barcha talim berish vazifalarini ozi hal qilar, boshqa-larida esa talabalarga tola erkinlik berilib, ular demokratik tamoyillar asosida oqitilar, yana boshqa birlarida esa talaba va oqituvchi orasida tenglik hamda ijodiy fikr almashinish jarayoni amalga oshirilib, ozaro muloqot vositasida interfaol talim jarayoni amalga oshirilar edi. Lekin bu modellarning ishlatilishi va samarasi oquvchi-talabalarning bilim darajasiga, intilishlariga, ongining rivojlanish korsatkichlariga har do-im ham mos kelavermaydi. Masalan, auditoriyadagi talabalarning aksa-riyati bilim olishni istamaydigan va bunga intilmaydigan bolsa, ammo oqituvchidan ularga qandaydir usullar bilan bolsa ham qandaydir bi-lim berish talab qilinsa, u holda yuqorida korsatib otilgan har qanday model, usul yoki strategiya ham ozozidan ojizlik qilib qoladi. Bunday hollarda talim berishning eng yangi modellaridan biri kooperativ talim berish modeli bolib, unda talabalar va talim beruvchi instruktor birga-likda malum bir hayotiy masala yoki muammolarni hal qilish jara-yonida tegishli malakaga yoki bilimga ega boladilar. Ammo hozirgi talim berish jarayoni asosan sinfda yoki maxsus jihozlangan xonalarda talabalar va oqituvchining ozaro muloqoti orqali amalga oshiriladi. Download 217.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling