Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika instituti


Kurs ishining tarkibi va tasnifi


Download 236.96 Kb.
bet4/25
Sana02.01.2022
Hajmi236.96 Kb.
#193663
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Tarbiya jarayonini tashkil etishda o’qituvchining kreativ yondashuvi

Kurs ishining tarkibi va tasnifi: Kurs ishning tuzilishi: kirish ikkita bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yhatidan iborat.

I BOB. KREATIVLIK TUSHUNCHASINING PEDAGOGIK MAZMUNI

    1. Kreativlik-pedagogik muammo sifatida

O`zbekistonning milliy taraqqiyotga qaratilgan bosh g`oyasi - ozod va obod
Vatan, erkin va farovon xayot barpo etishdir. Binobarin, ozod va obod davlatning
fuqarolari komillik sari intilib yashash maqsadini o`z oldiga qo`yadi.

Har qanday jamiyatning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va madaniy barqarorligi


o`sha jamiyat fuqarolarining ma`naviy-axloqiy, intellektual va kasbiy salohiyati
darajasiga bog`liq. Shunday ekan, ma`naviy-axloqiy va kasbiy jihatdan to`laqonli
shakllanmagan shaxsda o`z vatani, millati, egallagan kasb-kori bilan faxrlanish
tuyg`usi sayoz bo`ladi. Bu holat O`zbekistonning bozor munosabatlariga xos shartsharoitlarida yaqqol ko`zga tashlanmoqda. Bu borada Prezident I.A.Karimov
“Ma`naviyat tarbiyaning eng ta`sirchan quroli ekan, undan oqilona foydalanish,
bolalarimizni vatanparvarlik, rostgo`ylik, xaqsevarlikka o`rgatish kerak bo`ladi.
Aslini olganda, axloq ma`naviyatning o`zagi. Inson axloqi shunchaki salom-alik,
xushmuomaladangina iborat emas. Axloq-bu avvalo insof va adolat tuyg`usi, imon,
halollik...”¹ ekanligini alohida uqtirib o`tgan.
Ushbu metodologik fikr va tadqiqot ishlanmalarimizdan kelib chiqib, shuni
aytish lozimki, agar o`quvchi o`quv - biluv va tarbiyaviy faoliyatning maqsadini bilmasa, tarbiyachi - o`qituvchi tomonidan qo`yilgan vazifalarni tushunmaydi hamda qabul qilolmaydi. O`quvchining majburiyati qiziqish asosida bo`lmay, balki majburiy, sun`iy va lozim bo`lsa tazyiq ostida sodir bo`ladi. O`quvchi darslik mazmunidagi mavzularni shunchaki ko`r-ko`rona “o`rganish”ga yoki ayrim munosabatlarni quruq yodlab olishga majbur bo`ladi. “O`qituvchi-o`quvchi ” va “Tarbiyachi-tarbiyalanuvchi” munosabati “sub`ekt-sub`ekt” munosabatlar darajasiga ko`tarilmas ekan, o`quvchida tarbiya jarayoniga va bilim, ko`nikma, malakalarini egallashga nisbatan befarqlik vujudga keladi. Olib borayotgan izlanishlarimiz o`quvchining shaxsiy, sub`ektiv tafakkuri rivojiga asoslangan mustaqil fikrini shakllantirish uchun tarbiyachining kasbiy faoliyatini texnologiyalashtirish, pedagogika fanida yechimini kutayotgan dolzarb muammo ekanligini ta`kidlaydi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida barkamol shaxs
tarbiyasi, uning ma`naviy-axloqiy asoslari, ta`lim-tarbiyaning birligi va uning milliy hamda umuminsoniy mohiyati, mustaqillik yillarida milliy-ma`naviy
qadriyatlarimizni tiklashga qaratilgan amaliy harakatlar mazmuni atroflicha
yoritilgan.
Shu bilan bir qatorda o`z mustaqilligiga erishgan yurtimizda kelajak
avlodlarimiz bo`lgan yoshlarga alohida e`tibor berilib, ularning har tomonlama
rivojlangan komil shaxs hamda raqobatbardosh kadrlar sifatida shakllanishi uchun
barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Ayniqsa, 2014-yilni «Salog’lom bola yili» deb nomlanishining o`zi yoshlarga berilayotgan e`tibor, ularga samarali ta`lim va tarbiya berish davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biri ekanligidan dalolat beradi.
Agar biz bu masalada hushyorlik va sezgirligimizni, qat`iyat va mas`uliyatimizni yo`qotsak, bu o`ta muhim ishni o`z holiga, o`zibo`larchilikka tashlab qo`yadigan bo`lsak, muqaddas qadriyatlarimizga yo`g`irilgan va ulardan oziqlangan ma`naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o`zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo`lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin», - deya yoshlarimizning komil shaxs sifatida shakllanishida ma`naviy tarbiyaning o`rnini alohida ta`kidlab o`tadi.1
Mamlakatimizda o`tkazilayotgan tub islohotlar ta`lim tizimini ham o`z ichiga tabiiy hol. Chunki bu tizim ijtimoiy sohaning muhim tarkibiy qismi bo`lishidan
tashqari, uning o`zi ham islohotlar yo`nalishi va sur`atiga katta ta`sir o`tkazishi
mumkin. Shunday ekan, O`zbekiston Respublikasi o`zining ta`lim sohasidagi
taraqqiyot yo`lini belgilab oldi. «Ta`lim to’g`rsida»gi Qonun hamda «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi» O`zbekiston Respublikasining ta`lim sohasidagi taraqqiyot yo`li hisoblanib, uning uzluksizligini ta`minlash davlat siyosatining ustuvor yo`nalishlaridan biridir.Ushbu uzluksiz tizim mazmuni va mohiyatiga muvofiq har bir yosh avlod o`z vaqtini bekor o`tkazmasdan, bilim, taraqqiyot sari intilishi talab etiladi. Ayniqsa, bugungi kundagi axborot texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi, O`zbekiston Respublikasining rivojlangan davlatlar qatorida taraqqiyot sari yuz tutishi bugungi kun o`quvchisi oldiga yangi talablarni qo`ymoqda. Endilikda u faqatgina maktab darslari materiallarini o`qib o`rganuvchi emas, balki o`zi ijodiy izlanib, yangi va yangi axborotlarni egallab, bilimlar cho’qqisiga yetishi hamda jahon arenasida boshqa rivojlangan davlat bolalari bilan to`la raqobatga kirisha oladigan shaxs sifatida shakllanishi talab etilmoqda. Bu esa pedagogika fani oldiga bolalarda bilim olish va insoniy fazilatlarni va madaniyat unsurlarini o`zlashtirish kabi muhim va dolzarb muammoni qo`ymoqda.

O`quvchi-yoshlarni bilimdon va ma`nan etuk insonlar sifatida shakllantirishda ularning fanga, ta`lim olishga, bilim egallashga bo`lgan ichki psixologik yo`nalishni shakllantirishda pedagog-tarbiyachilarning tutgan o`rni alohida. Aynan o`qituvchi bolalar uchun andoza sifatida namoyon bo`ladi. Ayniqsa, boshlang`ich sinflarda birinchi muallim bolalar uchun ulug` zot


sifatida gavdalanadi va bolalar uchun andoza bo`ladi. Shunday ekan, boshlang`ich
sinf o`qituvchilarining kreativligi, xarakatchanlagi, bolalarni tushuna bilishi,
kommunikativ va pertseptiv (bolani tushuna olish) qobiliyatlari bilan bir qatorda
muhim axamiyat kasb etadi. Chunki boshlang`ich sinf o`quvchilarida harakatchanlik, qiziquvchanlik hamda bilishga bo`lgan ishtiyoq kuchli bo`lishi psixolog olimlar tomoniddan ilmiy jihatdan asoslangan. Faqatgina bunday qiziqish va ishtiyohlarni ijobiy tomonga yo`naltirish talab etiladi. Buning uchun esa boshlang`ich sinf o`qituvchilaridan yanada ko`proq izlanishni, ijodkorlikni va novatorlikni talab etadi.
O`qituvchilarning kreativlik faoliyati masalasi pedagogika fanida qanday
darajada o`rganilgan, shular orasida boshlang`ich sinf o`qituvchilarining kreativlik
faoliyat yuritishi qanday darajada, ularning kreativlik faoliyatni darajalarga ajratish
mumkinmi, masala pedagogika ilmida qanchalik darajada o`rganilgan?! - kabi haqli savollar tug`ilishi tabiiy. Ushbu savollarga javob topish uchun Biz magisrlik
dissertatsiya ishimizni shu masalaga qaratdik va muammoni ilmiy jihatdan
o`rganishni lozim deb topdik. Demak, kreativlik – bu muhim ahamiyatga ega bo`lgan pedagogik muammo ekan, bu borada izlanishlar talab etiladi.


    1. Download 236.96 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling