Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 403-guruh talabasi Iskandarova Muhlisa Hamroyevnaga
Download 13.83 Kb.
|
Tavsifnoma Muhlisa
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 403-guruh talabasi Iskandarova Muhlisa Hamroyevnaga TAVSIFNOMA Iskandarova Muhlisa Hamroyevnaga 2022-yilning 10-oktabridan 2023-yilning 30-martiga qadar Shayxontohur tumanidagi 102-sonli IDUM umumiy o’rta ta’lim maktabida pedagogik amaliyotni oʻtadi. Ushbu pedagogik amaliyot davomida Iskandarova Muhlisa Hamroyevna fakultetda olgan nazariy bilimlarini amaliyotda oʻzi biriktirilgan 4-“A” sinfda amaliyotga tadbiq etdi. Talaba amaliyot jarayonida oʻzini bilimli, zukko, mehribon ustoz, jonkuyar va talabchan, tashabbuskor, tashkilotchi rahbar sifatida koʻrsatdi. Iskandarova Muhlisa Hamroyevna Djaparova Umida rahbarligida boshlangʻich sinflarda oʻtiladigan barcha fanlardan mashgʻulotlar, shuningdek, ma’naviy – ma’rifiy tadbirlarni kuzatdi. Amaliyot jarayonida talaba sinf jurnalini yuritish, oʻquvchilarni baholash, dars ishlanmalarini tayyorlash, koʻrgazmali qurollarni tayyorlash, oʻquvchilar bilan individual ishlash koʻnikmalarini egalladi. Iskandarova Muhlisa Hamroyevna ona tili, matematika, oʻqish, tarbiya, sinf soati fanlaridan darslarni mustaqil tarzda, yangi va ilgʻor texnologiyalar asosida tashkil qildi. Talaba pedagogik amaliyot jarayonida oʻzining namunali xulqi, kiyinish madaniyati, muomala odobi bilan ajralib turdi. Iskandarova Muhlisa Hamroyevnaning ushbu pedagogik amaliyotdagi ilmiy, uslubiy, tashkilotchilik qobiliyatlarini maktab ma’muriyati yaxshi va a’lo baholadi. Maktab direktori: Mirzajonova Ra’no Sinf rahbari: Djaparova Umida Download 13.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling