Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 5110900 – pedagogika va psixologiya yo’nalishi 4-kurs talabasi Abduxakimova Sevara Sherali qizining
Download 27.88 Kb.
|
ички ва ташқи тақриз
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 5110900 – pedagogika va psixologiya yo’nalishi 4-kurs talabasi Abduxakimova Sevara Sherali qizining “Ona va o’smir farzand munosabatlarining o’ziga xos xususiyatlari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi qo‘lyozmasiga TAQRIZ Bugungi tezkor globallashuv va soat sayin axborot resruslari ortib borayoygan kunda har jihatdan barkamol bo’lgan va еtuk avlodni tarbiyalash muhim va dolzarb masalardan hisoblanadi. Yurtimizda olib borilayotgan yangidan- yangi islohotlar, mustaqil huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyat qurish yo‘lidagi ulkan bunyodkorlik ishlari, yoshlarimizda o‘zlikni anglash, o’z kuch va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga va ma’naviy, intellektual, amaliy rivojlanish uchun yangi shart-sharoitlar yaratib berilmoqda. Bolalar o'z bobo-buvilariga o'xshash bo'lib tug'ilishadi va o'g'il bolalar ko'pincha onaning ota-onasining, qiz bolalar esa otaning ota-onasining xarakter xususiyatlarini o'zlashtiradilar. Ota-onalar o’smirlar dunyoni boshqa odamlarga qaraganda butunlay boshqacha tarzda qabul qilishlarini bilishlari kerak. O’smir farzandni tarbiyalash uchun unga so'zning yaxshi ma'nosida xizmat qilishni boshlashingiz kerak. Ammo ota-onalar o'zlari bilan uyg'un munosabatlarni o'rnatishni va o'z ustida ishlashni o'rganmaguncha, bolasini to'g'ri idrok eta olmaydilar. Ana shu asosdan kelib chiqib aytish mumkinki, 4-kurs talabasi Abduxakimova Sevara Sherali qizining 5110900 – pedagogika va psixologiya mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr darajasini olish uchun taqdim etilgan “Ona va o’smir farzand munosabatlarining o’ziga xos xususiyatlari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi bugungi kun uchun dolzarb muammo yechimiga qaratilgan. Bitiruv malakaviy ishi kirish, 3 bob, 6 paragraf, umumiy xulosa, 57 nomdagi foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat bo‘lib, uning umumiy hajmi 70 sahifani tashkil etadi. Ishning kirish qismida tadqiq uchun tanlangan mavzuning dolzarbligi asoslanib, o‘rganilganlik darajasi baholangan. Tadqiqotning maqsadi, vazifalari, tanlangan ilmiy–tadqiqot metodlari, ishning ilmiy yangiligi, amaliy ahamiyati haqida ma’lumot berilgan. Tadqiqotning vazifasi, ilmiy farazi, yangiligi bir-biriga mos kelishi dissertatsiyaning umumiy tavsifi belgilangan talablarga to‘la mos kelishini ko‘rsatib turibdi. Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobi “Ona va o’smir farzand munosabatlarining adabiyotlardagi nazariy taxlili” deb nomlangan bo‘lib, sharq mutaffakirlaridan Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Navoiy, Avloniy kabi allomalarimizning asarlarida shaxs komolatini ta’minlovchi mexanizmlar atroflicha yoritib berilgan. Ayniqsa, shaxsning kamolga yetishishiga, atrof-muhit, insonlar jamoasi, ota-ona munosabati va shaxslararo munosabatlar asosiy omil sifatida ta’sir ko’rsatadi. Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobi “Ota-ona va farzand munosabatlarining empirik o’rganilishi” deb nomlanadi. Unda Onalik ustanovkalari va tarbiya shakllari haqida yoritilgan bo’lib, ona va farzand o’rtasidagi munosabatlar metodikasini o’rganish natijalar bayon qilinib, tahlil etilgan. Bitiruv malakaviy ishining “Ona va farzand munosabatlarini o’z-o’zini baholashga ta’sirining tajribada o’rganilishi ” deb nomlangan uchinchi bobida tajriba-sinov ishlarining dasturi hamda amalga oshirilgan psixologik eksperimentlar, bola tomonidan onalarning idrok etilishi, o’smirlarda o’z-o’zini baholashga ota-ona munosabatlarining ta’siri natijalari bayon etilgan. Bitiruv malakaviy ishining yuzasidan ishlab chiqilgan umumiy xulosalar yaxlit tarzda tadqiqotning umumiy tavsifini o‘zida aks ettirib, tadqiqot vazifalariga mos holda shakllantirilgan. Xulosa qilib aytganda, Abduxakimova Sevara Sherali qizining 5110900 – pedagogika va psixologiya mutaxassisligi bo‘yicha bakalavr darajasini olish uchun taqdim etilgan “Ona va o’smir farzand munosabatlarining o’ziga xos xususiyatlari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishi mustaqil bajarilgan tadqiqot ishi bo‘lib, DAK talablariga to‘liq javob beradi. Ana shu sababli ishni ochiq himoyaga tavsiya etaman.
Download 27.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling