Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. X. Xodjaev
Didaktikaning asosiy kategoriyalari
Download 3.45 Mb. Pdf ko'rish
|
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5
Didaktikaning asosiy kategoriyalari. Muayyan fanga xos
bo’lgan tushunchalarda insoniyat tomonidan ijtimoiy taraqqiyot jarayonida to’plangan bilimlar aks etadi. O’rgatish – o’qitish maqsadini amalga oshirish bo’yicha pedagogning tartiblangan faoliyati. O’rganish – anglash, mashq qilish, va egallangan tajribalar asosida xulq-atvor va faoliyatning yangi shakllarini egallash jarayoni, oldin egallanganlari o’zgaradi. O’qitish – qo’yilgan maqsadga erishishga yo’naltirilgan pedagog bilan o’quvchilarning tartiblangan o’zaro harakati. Ta’lim – o’qitish jarayonida egallanadigan bilim, ko’nikma, malakalar, kompetensiya va fikrlash usullari tizimi. Bilim – ma’lum bir fanni nazariy o’zlashtirishni aks ettiradigan inson g’oyalari yig’indisi; Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat: o’rgatish, o’rganish, o’qitish, ta’lim, bilim, ko’nikma, malaka, kompetensiya, maqsad, mazmun, tashkil etish, shakl, metod, vosita, natija. Ko’nikma – egallangan bilimlarning aniq xatti-harakatdagi ifodasi, o’zlashtirilgan bilimlarni amaliyotga qo’llash usullarini egallash. Malaka – avtomatlashgan, biror bir usul bilan bexato bajarish, ko’nikmaning takomillashgan darajasi. Kompetensiya – egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik va kasbiy faoliyatda qo’llay olish layoqati. Maqsad – o’qitishning nimaga qaratilganligi, uning kuchlari kelgusida qay yo’sinda safarbar etilishi. Mazmun – o’qitish jarayonida egallanishi lozim bo’lgan ilmiy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar, faoliyat, fikrlash usullari tizimi. Tashkil etish – qo’yilgan maqsadni samarali amalga oshirish uchun unga zaruriy shaklni taqdim etadigan, aniq mezonlar bo’yicha tartiblangan didaktik jarayon. Shakl – o’quv jarayonining tashqi ifodasi, uning ichki mohiyati, mantig’i, mazmuni uchun qobiq. Metod – o’qitishning maqsad va vazifalariga erishish (amalga oshirish) yo’li. Vosita – o’quv jarayonining predmetli qo’llab-quvvatlanishi, yangi materialni o’zlashtirish jarayonida o’qituvchi va talabalar tomonidan foydalaniladigan ob’yekt. Natija – o’quv jarayonining so’nggi mahsuli, belgilangan maqsadlarning amalga oshganlik darajasi. Download 3.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling