Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. X. Xodjaev
Download 3.45 Mb. Pdf ko'rish
|
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5
- Bu sahifa navigatsiya:
- SAVOL VA TOPSHIRIQLAR V BOB. XIV ASRNING IKKINCHI YARMI VA XVI ASRDA
Quyida keltirilgan lavhalar bilan tarnishing va qaysi mutafakkir haqida fikr yuritilayotganlini aniqlang. 1-lavha. U Farg’ona hokimining o’gli bo’lib, otasi vafotidan so’ng taxtni egallagan. O’z yurtiga qalandar sifatida qaytib kelishni orzu qilgan. Ham sarkarda, ham shoir, ham tarixchi, ham geograf sifatida nomi tilga olinadi. 2-lavha. U 1394-yilda Sultoniya shahrida tavallud topgan. 10 yoshga to’lganda uni Muhammad Sultonning qizi Og’obegimga unashtiradilar. Ona tomonidan Og’obegimning nasl-u nasabi Oltin O’rda xoni O’zbekxon (1312-1342) xonadoniga mansub bo’lgani tufayli, u «ko’ragon» unvoniga sazovor bo’ladi. 3-ilova. U 35 yil davomida mamlakatni boshqardi. Ko’pdan- ko’p harbiy yurishlar va jang-u jadallarni amalga oshirdi. Ko’p mamlakatlar zabt etildi. Oqibatda Hindiston hamda Xitoydan Qora dengizga qadar va Orol dengizidan Fors qo’ltig’iga qadar bo’lgan g’oyat katta hududni qamrab olgan ulkan saltanami vujudga keltirdi. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR V BOB. XIV ASRNING IKKINCHI YARMI VA XVI ASRDA MOVARAUNNAHRDA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va insonparvarlik masalalari. Navoiy ijodining asosini inson va uning ma’naviy dunyosi, muhabbat va go’zallik tushunchalari haqidagi chuqur uy- xayollar, hayot mazmuni haqidagi fikrlar tashkil etadi. Shoir nazarida muxabbat – bu insonni yomonliklardan va ehtiyojga berilishdan forig’ etuvchi ulug’-vor axloqiy kuch. U o’zida olijanoblik va mardonavor ruhni, vafodorlik-ni, insondagi barcha imkoniyatlar va ma’naviy kuchlarning faol namoyon bo’lishi yo’llarini aks ettiradi. Inson ruhining go’zallikka intilishi va bu go’zallik uchun axloqiy jasorat ko’rsatishga tayyorlik Navoiyda shoirning ijodiy tasavvurida yaratilgan yuksak ulug’vorlik ko’rinishida tasvirlanadi. Alisher Navoiyning yozishicha, faqat inson Allohning ilmu hikmatiga oshno qilingan (“Qilding ani orifi ul ma’rifat”), faqat odamga ma’rifat ganji ishonib topshirilgan. Navoiy Qur’on oyatlariga ishora etib, inson ulug’ligini bunday ta’rif etadi: “Karramno” – keldi manoqib anga “Ahsani taqvim” – munosib anga. Alisher Navoiy insonga birinchi navbatda hayotdagi kirdikoriga qarab baho bergan. Inson jamiyatga naf keltirishi, foydali ishlari bilan qadrli. Boshqalarga ziyon etkazadigan, jamiyat tengligi va osoyishtaligini buzadigan, siyrati suratiga to’g’ri kelmaydigan kimsalar chin inson emas. U jamiyatning har bir a’zosidan – shohmi, gadomi – inson nomiga munosib bo’lishlikni talab etadi. Navoiyning fikricha, yaxshilikning, odamiylikning mezoni – bu xalq g’am tashvishi bilan yashashdir: Odamiy ersang, demagil odamiy Oniki, yo’q xalq g’amidin g’ami. Download 3.45 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling