Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti b. X. Xodjaev


Download 3.45 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/242
Sana08.11.2023
Hajmi3.45 Mb.
#1754714
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   242
Bog'liq
Дарслик умумий педагогика (lotin) A5

 
 
 
 
1. Yaxlit pedagogik jarayon tushunchasiga izoh bering. 
2. Yaxlit pedagogik jarayonning komponentlariga nimalar kiradi? 
3. Yaxlit pedagogik jarayonning qonuniyatlari deb nimaga 
aytiladi? 
4. Yaxlit pedagogik jarayonning qonuniyatlariga tavsif bering. 
5. Yaxlit pedagogik jarayonning tamoyillari tushunchasiga ta’rif 
bering. 
6. Yaxlit pedagogik jarayonning tamoyillariga izoh bering. 
 
 
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 


II BOB. DIDAKTIKA – TA’LIM NAZARIYASI 
 
2.1. Didaktika – pedagogik ta’lim nazariyasi. O’qitish jarayoni 
yaxlit tizim sifatida 
 
Tayanch tushunchalar: didaktika, o’qitish, o’qitish jarayoni
didaktikaning asosiy kategoriyalari, ta’lim paradigmalari, ta’lim 
qoninuyatlari, ta’lim tamoyillari.
 
Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida. Didaktika 
pedagogika nazariyasining nisbatan mustaqil qismi bo’lib, unda 
o’qitish jarayonining umumiy qonuniyatlari ochib beriladi. 
Didaktikaning so’zma-so’z tarjimasi «ta’lim nazariyasi» ma’nosini 
anglatadi. Didaktika «yunoncha» so’zdan olingan bo’lib, 
«didacticos» – o’rgatish, o’qitish ma’nosini bildiradi.
Bu atamani nemis pedagogi V.Ratke (1571-1635) fanga kiritgan, 
deb hisoblanadi. Didaktika nomi ostida fanni nazariy va 
metodologik asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy fanni tushundi. 
Didaktikaning fundamental ilmiy asoslari ilk bor Ya.A.Komenskiy 
tomonidan ishlab chiqilgan. 1657-yilda u chex tilida «Buyuk 
didaktika» asarini yozdi. Didaktikani Komenskiy «hammani hamma 
narsaga o’rgatish san’ati» deb tushuntirdi. 
Didaktika – ta’lim jarayoni, mazmuni, qonuniyat va 
tamoyillari, shakl, metod va vositalarini ilmiy asoslab beruvchi 
ta’lim nazariyasi, pedagogikaning alohida sohasi. 
«Didaktika» atamasi ilk bor nemis pedagogi Volfgang 
Ratkening «Didaktika yoki ta’lim san’ati» (1613-yil) deb 
nomlangan ma’ruzasida qo’llanilgan. 

Download 3.45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling