tushunish, o’zining shaxsiy fikriga tayanish, o’zining bu yorug’
olamdagi
mavjudligini
anglash
va
o’zining
hayotdagi,
madaniyatdagi o’rnini aniqlash imkonini beradi. Ta’limning bugungi
kundagi ma’no-mantig’i ham ana shundadir.
Ta’lim o’zini madaniyatlar dunyosida faraz qilish orqali insonda
olam manzarasini yaratish,
insonning tabiat, boshqa odamlarga,
jamiyat, o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlar tizimini shakllantirish
sifatida qaraladi. Inson o’zining ongi, irodasi, his-tuyg’usi,
bilish
imkoniyatlari orqali madaniy qadriyatlarni o’zlashtiradi, buning
natijasida individual ijodiylik shakllanadi. Bunday individualllikning
namoyon bo’lishining o’ziyoq nafaqat madaniyatning merosiyligi,
iste’mol
qilinishi, balki rivojlanishini ham anglatadi. Bunday
tushunish pedagogikadagi yangi paradigma – shaxsga yo’naltirilgan
ta’lim asosini tashkil etuvchi jamiyatdagi yangicha qadriyatlar –
shaxsning o’zini-o’zini rivojlantirishi, o’ziga-o’ziga ta’lim berish va
o’zini-o’zi loyihalashning namoyon bo’lishini aks ettiruvchi
madaniyat bilan uyg’unlik tamoyilini shakllanishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: