Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti boshlang`ich ta`lim fakulteti 5111700-Boshlang`ich ta`lim yo`nalishi


I.bob 2-sinf o`quvchilarida matematik iqtidorni shakllantirish metodikasi


Download 158.15 Kb.
bet2/11
Sana17.06.2023
Hajmi158.15 Kb.
#1548357
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
BOYQOBILOVA MOHINUR KURS ISHI

I.bob 2-sinf o`quvchilarida matematik iqtidorni shakllantirish metodikasi.
1.1 2-sinf o`quvchilarida matematik iqtidorni shakllantirish metodikasi

Boshlang’ich sinf o’quvchilarining matematik tafakkurini shakllantirish masalasini hal qila turib, ular uni hayotda qo’llanishi haqida g’amxo’rlik qilishdi. Masalan: A.M.Mushina shunday yozadi: “Dastlabki sanoqqa o’rgatishda oldin o’rganilgan nasalarni amalda qo’llab bormay turib, keyingi bilimni egallab olishga shoshish kerak emas. Shu bilan birga olingan bilimni bola dastlabki o’zlashtirilgan sharoitga qarama – qarshi bo’lgan sharoitda amaliy qo’llanishi zarurligini ta’kidlab o’tgan”. Pedagogika fani didaktikasining umumiy prinsiplarini aniqlashda falsafa fanlarini o’qish bilan amaliy mashg’ulotning hal qiluvchi o’rni degan qonunga tayangan holda ish ko’riladi. O’zining “Maktablarda ta’lim berish”ga bag’ishlangan maqolalarida doim shunday degan edi: “Har bir pedagogning vazifasi faqatgina bilim berish emas, balki hayotga bog’liqligi borligini ham ko’rsata olishdir. Sababi hayotdan chetda qolgan har qanday bilim ham tezda unut bo’lib ketadi. Shuning uchun o’quvchilarni doimo bilimlarini amalda qo’llashga o’rgatish kerak, ya’ni har xil ta’limiy mazmunli o’yinlar o’rgatish kerak bo’ladi.”


Psixologik va pedagoglar bilimlarni o’zlashtirish va amalda qo’llashni bilimlar sifatini aniqlab beruvchi, umumrivojlantiruvchi yangi sezilarli, salmoqli bog’lanish munosabatlarini ochib beruvchi turli xolatlarda qo’llashga imkoniyat yaratuvchi yagona ta’lim beruvchi faol jarayonning ikki tomoni sifatida o’rganadilar. O’quvchilarning egallagan bilimlarini yangi maishiy sharoitda qo’llay olish malakasini shakllantirishni maqsad sifatida qarash va maktabgacha tarbiya yoshidagi qiziqadigan faoliyatlarda keyinchalik amaliy qo’llashlarini ta’minlab beruvchi (yagona) mukammal uslublarni ishlab chiqarishga qaratish zarur.
Boshlang’ich sinf o’qituvchilari matematik bilimlarni berishda yangi matematik tasavvurlar, ko’nikma va bilimlarni shakllantiruvchi uslublardan tez – tez foydalanmoqdalar. Matematikaning fan sifatida kiritilish, o’quvchilarning bilim doirasini, fikrlashlarini mustaqil holda kengaytirishga, o’quvchining o’zida ishonch hosil qilishda, tashqi muhit ta’sirining sanog’iga, qiziqishni shakllantirishga, qolaversa, yuqori sinfda o’qish davrida matematikani yaxshi o’zlashtirib ketishga yordam berish hisobga olingan, albatta.
Boshlang’ich sinf ta’lim jarayonida son, hisob – kitob. Birlik va ko’pliklar, o’quvchilarning matematik tafakkurini shakllantirishga yordam berishi aniqlangan.
Tabiat har bir sog’lom bolaga to’la rivojlanish imkoniyatlarini bo’lib bergan va har bir sog’lom bola ijodiy faoliyatning yuqori cho’qqilariga ko’tarilishi mumkin.
Lekin biz hayotda boshqa narsalarni ko’ryapmiz: o’qishi qiyin kechyotgan o’quvchilarning oko’z yoshlari, farzandlarining o’qishi qiyin ekaniligi sababli ota-onalarning achchiq o’ylari. Balki aqlli bo’lib tug’ilishi kerak degan gaplarni aytayotganlar haqdir? Shu narsa ma’lumki embrionning genida u shundauy kishi bo’lib yetishishi belgilanadi. Soch va terisining rangi, burni, labi, ko’zi va boshqalar. Lekin uning aqliy rivojlanishi belgilanadimi?
Ko’p yillar davomida va hozir ham shunday hisoblashgan odamning qobiliyatlari genlarga bog’liq. Lekin genetiklar N.O.Dubin va Yu.G.Lebchenkolar ma’naviy rivojlanish genlarda belgilanmaydi deb ta’kidlaydilar. U beriladigan tarbiya, sharoitga bog’liq.


Download 158.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling