Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Geometrik masalalarni yechishda ijodiy tafakkurni rivojlantirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA
- IZOHLI LUG‟AT
۰6
²
=216 ni
hisablaydi.
O‘quvchiga konus asosining yuzi oldindan ma‘lum. Ushbu masala o‘quvchining geometrik tafakkurini rivojlantirishga yordam beradi. Chunki masaladagi muammoni hal qilishda uning taxminiy ko‘rinishi chizmasini tasavvur qila olishi va chizishi zarur. Bu o‘z navbatida o‘quvchilarni fikrlashga undaydi.
39
XULOSA Xulosa o‘rnida shuni aytib o‘tishim mumkunki, ota – bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilm – u ma‘rifat, ta‘lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan‖.Albbatta, ta‘lim – tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya‘ni xalq ma‘naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta‘lim – tarbiya tizimini va shu asosda ongni o‘zgartirmasdan turib, ma‘naviyatni rivojlantirib bo‘lmaydi. Shu bois bu sohada yuzaki, rasmiy yondashuvlarga, puxta o‘ylanmagan ishlarga mutloqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Maktab ta‘lim – tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo‘lishi asosiy qonunimizda belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo‘llab – quvvatlashni talab qiladigan umummilliy masaladir. Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarining buguni qanday ta‘lim va tarbiya olishiga bog‘liq. Buning uchun har qaysi ota – ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko‘rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ta‘lim – tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta‘lim – tarbiya ishini uyg‘un holda olib borishni talab etadi. Bugungi kundagi ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy va ma‘naviy o‘sishimizning o‘zi, zamon talab qilayotgan eng yaxshi yutuqlarini o‘zida mujassamlashtirgan yangi avlodni shakllantirish bugunning eng muhim vazifasidir degan dasturiy fikrlaridan ham bilib olish mumkin. Ushbu vazifaning samaradorligi ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik tafakkurini shakllantirish masalalariga borib taqaladi. Geomatriya fanini o‘rganish o‘quvchilardan faol fikrlashni talab qiladi. Agar matematik bilimlar aqliy fikrlashsiz, quruq yodlab 40
olinsa, o‘quvchining ongi yaxshi o‘smaydi va natijada o‘quvchi bunday bilim bilan mustaqil fikrlashni talab qiluvchi savollarga javob bera olmaydi. ―Har bir pedagogning vazifasi faqatgina bilim berish emas, balki hayotga bog‘liqligi borligini ham ko‘rsata olishdir. Sababi hayotdan chetda qolgan har qanday bilim ham tezda unut bo‘lib ketadi. Shuning uchun o‘quvchilarni doimo bilimlarini amalda qo‘llashga o‘rgatish kerak, ya‘ni har xil ta‘limiy mazmunli o‘yinlar o‘rgatish kerak bo‘ladi.‖ O‘quvchilarga hisob – kitob. Birlik va ko‘pliklar, o‘quvchilarning matematik tafakkurini shakllantirishga yordam berishi aniqlangan. Bundan tashqari har bir o‘quvchida qandaydir kuchli tomoni bo‘lishi mumkin, u bilan ishlash, unga tayanish lozim. Yuqorida aytib o‘tilgan xususiyat egalari harakati psixologik nuqtai nazardan olib qaraladigan bo‘lsa, ularning tafakkuriga bog‘liq. Tafakkur inson aqliy faoliyatining aqlu – zakovatining ongli hatti – harakatining yuksak shakli hisoblanadi. Tafakkur jarayonida insonda fikr – mulohaza, g‘oya, faraz kabilar vujudga keladi O‘quvchilarni geometriya darslarida tafakkurini shakllantirish uchun turli xildagi masalalar ham muhim ahamiyatga egadir. . Masalan: matematik ob‘ektlar, geometrik figuralar, diagrammalar, faktlar, formulalarni tasavvuriga keltirishlaridan avval uni tafakkur qiladilar. Uchburchak, to‘rtburchak, romb kabi geometrik figuralar qatnashgan masalalar ularni ko‘proq fikrlashga, bosh qotirishga davat etadi va o‘z- o‘zidan tafakkur shakllanishida asosiy ro‘l o‘ynaydi. Agar biz geometrik obektlar ustida fikrni qo‘yadigan bo‘lsak, o‘quvchiga nuqta, tekislik, tog‘ri chiziq haqida tushincha beramiz. O‘quvchi bu tushunchani ko‘rish orqali sezib tafakkuriga o‘tkazadi so‘ngra nuqta, tekislik, to‘g‘ri chiziqning o‘zoro munosabatini o‘rganib tafakkurini boyitsa shu bilan birga mushohadalangan ma‘lumotlarga tayansa ularda sodda tasavvurlar paydo bo‘ladi. IZOHLI LUG‟AT Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling