Bolalar va oilalarni qo’llab quvvatlash assotsiatsiyasi: kam taminlangan oilalarga, yetim bolalarga ijtimoiy yordam berish, qo’llab quvvatlash. O’zbekiston nogironlar jamiyati: O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish tog’risidagi qonunini ro’yobga chiqarish, huquq va erkinliklarni amalga oshirishda nogironlarga O’zbekistonning boshqa barcha fuqarolari bilan teng imkoniyatlarni taminlash, to’laqonli turmush tarsi uchun sharoitlar yaratish. “Sog’lom avlod uchun” Hukumatga qarashli bo’lmagan xalqaro xayriya fondi: “Sog’lom avlod uchun” dasturi bajarilishini ta’minlash uchun zarur mablag’lar va resurslarni safarbar qilish, ona va bola sog’ligini mustahkamlashni, sog’lom avlodni shakllantirishda oilaning rolini kuchaytirishni aholi orasida targ’ib qilish. - “Ezgu maqsad” xalqaro xayriya fondi boshqaruvi: Aholining himoyaga muhtoj qatlamlari, avvalo, bemor va nogiron bolalar salomatligini muhofaza qilish, ularga tibbiy yordam ko’rsatish, ko’p bolali oilalarni qo’llab quvvatlash, mahallalarda infratuzilmalarni rivojlantirish, aholi genofondini yaxshilash.
- “Menga umr baxsh et” xalqaro xayriya tashkiloti: Tashkilotning pul mablag’lari va boshqa mol-mulklarini og’ir kasal bo’lib yotgan va nochor holatdagi bolalarga, nogiron bolalarga, yetim bolalarga, ota-oan qarovisiz qolgan bolalarga ijtimoiy yordam berish uchun yo’naltirish.
- O’zbekiston Qizil yarim oy jamiyati: Ko’ngilli, insonparvarlik tashkiloti, jamoatchilik asosida faoliyat yuritib, o’zini o’zi boshqaradi. 1925-yilda tashkil topgan.
- O’zbekiston jurnalistlar ijodiy uyushmasi: O’zbekiston jurnalistlarining ijodiy faoliyatini qo’llab quvvatlash, mulkchilik shaklidan qat’I nazar, gazeta jurnallar , teleradiokanallar, nashriyotlarda ishlayotgan, shuningdek, erkin ijodkorlarning ijodiy hamda mualliflik huquqlarini, sha’ni va qadr-qimmatini, qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |