Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti "Fizika va astronomiya" kafedrasi


Download 386.7 Kb.
bet4/6
Sana16.11.2023
Hajmi386.7 Kb.
#1782161
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ochiq dars dotsent v.b. Xujanov Erkin Berdiyevich 2021-2022

А vоgаdrо sоni istаlgаn mоddаning bir mоlidа nеchtа аtоm (mоlеkulа) bоrligini ko’rsаtаdi.
Mоddа miqdоri: (mоl) – mаssаsi grаmmlаrdа sоn jihаtidаn nisbiy mаssаgа tеng bo’lgаn mоddо miqdоridir. Istаlgаn mоddаning 1 mоli 0,012 kilоgrаmm uglеrоddаgi аtоmlаr sоnigа tеng аtоm yoki mоlеkulаlаrgа egа bo’lаdi.
Tеmpеrаturа: Tеmpеrаturа – mоddаning isitilgаnlik dаrаjаsini ko’rsаtuvchi fizikаviy kаttаlikdir vа mаkrоskоpik tizimning tеrmоdinаmik muvоzаnаt hоlаtini хаrаktеrlаydi. Tеrmоdinаmik tеmpеrаturа shkаlаsi bittа rеpеr nuqtа bilаn аniqlаnаdi – bu suvning gаz, suyuqlik vа qаttik fаzаviy hоlаti bilаn bоg’liq uchlik nuqtаsidir. Tеrmоdinаmik tеmpеrаturа shkаlаsidа bu rеpеr nuqtа 273,16 K gа tеng. 1 Kеlvin suvning uchlik nuqtаsi tеrmоdinаmik tеmpеrаturаsining 1/273,16 qismigа tеng.
Tаbiаtdа аbsоlyut nоldаn pаst tеmpеrаturа bo’lmаydi!
Jismlarning hajm, elektr qarshiligi va shu kabi qator xossalari temperaturaga bog’liq. Temperaturani miqdoriy aniqlashda bu xossalarning har biridan foydalanish mumkin. Temperaturani o’lchash uchun tanlab olingan jismni (termometrik jism) eriyotgan mo’z bilan issiqlik muvozanati holatiga keltiramiz, jismning bu holatdagi temperaturasini 0 gradus deb olamiz va jismning temperaturasini o’lchash uchun biz qo’llamoqchi bo’lgan xossasini (temperatura belgisini) miqdoriy jihatdan xarakterlaymiz. Bunday belgi sifatida jismning hajmi tanlab olingan va uning dagi qiymati V0 ga teng deb faraz qilamiz. So’ngra usha jismning o’zini atmosfera bosimi ostida kaynayotgan suv bilan issiqlik muvozanati holatiga keltiramiz, bu holatda uning temperaturasi 100° ga teng deb olamiz va unga mos keladigan V100 hajmni aniqlaymiz. Bu tanlab olgan temperatura belgisi (bu misolda — hajm) temperatura o’zgarishi bilan chiziqli o’zgaradi deb hisoblab, termometrik jismning hajmi V bo’lgan holatda uning temperaturasi quyidagiga teng bo’ladi deb yozish mumkin.
SHu tariqa topilgan temperatura shkalasi ma’lumki, Selsiy shkalasi deb ataladi.
Temperaturani o’lchash uchun hajm emas, balki biror boshqa belgi olinganda ham yuqoridagiga o’xshash fikrni aytish mumkin. Temperaturani aytib o’tilgan usul bilan darajalab olib, undan temperaturani o’lchash uchun foydalanish mumkin. Buning uchun termometrni temperaturasi o’lchanayotgan jism bilan issiqlik muvozanati holatiga keltirish kerak.
Tabiatda har xil bo’lgan termometrik jismlardan ( simob, spirt ) yoki turli xil temperatura belgilaridan (hajm, elektr qarshilik) foydalanuvchi termometrlarni taqqoslaganda ularning ko’rsatishlari darajalash tufayli da va 100° da bir xil bo’lib boshqa temperaturalarda farq qiladi. Bundan shunday xulosa chikadiki, temperaturalar shkalasini bir qiymatli aniqlash uchun darajalash usulidan tashqari, yana termometrik jism va temperatura belgisini qanday tanlash haqida hali kelishib olish kerak. Temperaturalarni empirik shkala deb ataluvchi shkalasini aniqlashda, bo’larning qanday tanlab olinishini keyingi mavzularda o’tamiz. SHuni aytib o’tamizki, termometrik jismning xossalariga bog’liq bo’lmagan shkala termodinamikaning 2- qonuniga asosan aniqlanadi. Bu shkala temperaturalarini absolyut shkalasi deb ataladi.






Download 386.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling