Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti fizika-matematika fakulteti fizika va uni o


Ba’zi bir moddalarning diffuziya koeffitsiyenti


Download 243.23 Kb.
bet4/7
Sana17.06.2023
Hajmi243.23 Kb.
#1550816
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ABDULAXATOV UMIDJON KUR ISHI

Ba’zi bir moddalarning diffuziya koeffitsiyenti

Diffuziya koeffisientini òlchashning eng oddiy metodlaridan birini Loshmidt (1870 y.) taklif kilgan edi. Uning foydalangan asbobi bir-biri ustiga qo'yilgan va jòmrak bilan ulangan ikki naydan iborat edi. Loshmidtning o'zi o'tkazgan tajribada naylarning uzunligi 500 sm ga yaqin va diametrlari 2,6 sm bo'lgan. Jòmrakni berkitib naylarga tekshiriladigan gazlar to'ldiriladi. Ogirlik kuchi taʻsirida gazlarning diffuziyasi tezlashmasligi uchun og'irroq gaz pastki nayga, yengilrogi esa ustki nayga to'ldiriladi. Agar jòmrakni ochib qòyilsa, bir gazning ikkinchisiga diffuziya yo'li bilan o'tishi boshlanadi. Biror vaqt o'tganidan keyin jòmrak berkitiladi va hosil bo'lgan aralashmaning tarkibi o'rganiladi (naylardan biridagi aralashma tarkibini òrganish yetarli). Analiz maʻlumotlaridan foydalanib, tajriba vaqti va asbobning geometrik òlchamlaridan bir gazning ikkinchi gazga diffuziyalanish koeffisientini hisoblab topish mumkin.


Bunday asbobda vodorod va karbonat angidrid bilan o'tkazilgan tajriba jòmrak o'ttiz minut ochiq turganida atigi 33% vodorodning pastki nayga o'tganligini ko'rsatdi. Bu, albatta, diffuziya protsessining normal bosimda juda sekin borishini tasdiqlovchi dalildir!
Bunday qurilma yordamida o'tkazilgan tajribalar, shuningdek diffuziya koeffisientining aralashmadagi komponentalar konsentrasiyasiga ham zaif bog'langan ekanini ko'rsatadi. Bu diffuziya koeffitsiyenti konsentratsiyaga juda kuchli bog’liq bo’lishi kelib chiqadigan tenglamaning unchalik ham to’g’ri emasligini ko’rsatadi.


Termik diffuziya.Biz hozirgina bayon qilgan diffuziya xodisasi gazda biror komponenta konsentrasiyasining farqi (gradienti) mavjud bo'lgandagina yuzaga keladi. Bunda diffuziya tufayli gradient yo'qoladi va bir jinsli bòlmagan gaz aralashmasi bir jinsli aralashmaga aylanadi. Bunda «konsentrasiya» diffuziyasidan tashqari termik diffuziya ham (termodiffuziya) mavjud, bu diffuziya teskari natijaga - bir jinsli gaz aralashmasining qisman ajralib, bir jinsli bòlmagan aralashmaga aylanishiga olib keladi. Bu hodisa 1911 yilda nazariy jihatdan oldindan aytilgan va 1917 yilda eksperimentda tasdiqlangan edi. Termodiffuziya hodisasi shundan iboratki, bir jinsli gaz aralashmasidagi temperatura farqi temperaturaning pasayish yo'nalishi bo'ylab aralashma komponentalarida konsentrasiyalar farqining yuzaga kelishiga olib keladi.



Download 243.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling