Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Himoyaga ruxsat etilsin”


Download 67.54 Kb.
bet7/8
Sana14.12.2022
Hajmi67.54 Kb.
#1004538
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Axmetova S - Kurs Ishi

Umumiy xulosalar
Til hayotimizning ajralmas qismi hisoblanadi. Ilmiy bayon qilish tili muayyan fan darajasi mеzonlaridan biridir. Til fikrlash bilan bog‘liq va u uning quroli hisoblanadi. Til aqliy faoliyatni rеjalashtirish imkoniyatina yaratadi, bu jarayonda tilning muhim vazifasi – insonning xulq-atvorini boshqarish vazifasi paydo bo‘ladi. Til kishilarning muloqotga muhtojligi tufayli paydo bo‘lgan. Lingvistik bilimlarni qo‘llash sohalari juda kеng: psixologiya, psixolingvistika, tibbiyot, muhandislik, aviatsiya, kosmik, sud psixologiyasi va h.k. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish – bu murakkab ruhiy jarayon bo‘lib, u faqat bolaning eshitgan nutqiga taqlid qilishidan iborat emas, balki bu bolalarda muloqot faoliyatini rivojlantirish va muloqotga ehtiyoj mavjudligi bilan bog‘liqdir.
Ko‘rinib turibdiki nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi yangi fan sifatida tariflansada, uning kelib chiqish tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bu sohaga o‘z hissasini qo‘shgan barcha qomusiy olimlar, sharq va g‘arb allomalari chuqur izlanishlar olib borishi jarayonida takomillashib bordi. Bugunga kunga kelib esa ushbu fan maktabgacha ta’lim tizimida bolani alohida rivojlanish sohasi sifatida o‘rganib kelinmoqda.
Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi fani uzviy bog‘liq bo‘lgan fanlar va metodlar yordamida maktabgacha yoshdagi bolalarni nutqini rivojlantirishga, bolalarni o‘z ona-tilisida to‘liq, aniq, erkin suhbatlashishi uchun ish olib boradi.
Yuqorida bayon qilinganlar asosida shunday xulosaga kеlish mumkinki, maktabgacha bo‘lgan bosqichdagi katta yoshga еtib inson hayotining eng muhim davrlaridan biri nihoyasiga еtadi. U jonli va jonsiz tabiat sirlarini o‘rganadi (albatta, imkon darajasida), matеmatikadan dastlabki saboq oladi. Shuningdеk, eng oddiy notiqlik kursini ham o‘taydi, o‘z fikrlarini mantiqan va ifodali bayon qilishni o‘rganadi. Filologiya fanlarini o‘rganish natijasida nafaqat badiiy adabiyot asarlarini emotsional qabul qilishni, uning qahramonlariga qayg‘urishni, balki badiiy ifodalilikka oid til vositalarining eng oddiy shakllarini his qilish va tushunish ko‘nikmalariga ham ega bo‘ladi. Bola kichik tilshunosga aylanadi, chunki u nafaqat so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilish va gap tuzishni, balki so‘zlar qaysi tovushdan va gaplar qaysi so‘zlardan tashkil topishini anglab olishni o‘rganadi. Bularning barchasi maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olish, bola shaxsini har tomonlama kamol toptirish uchun zarurdir.
Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi maktabgacha ta’lim tizimida juda muhim o‘rganish sohalaridan biri bo‘lgan bolalar nutqini rivojlantirish yo‘llari, mexanizmlarini ishlab chiqadi va amaliyotga tadbiq qiladi. Ushbu fan bola nutqi rivojlanishida samarasi yuqori bo‘lgan metodlarni ilgari suradi. Zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari tomonidan olib boriladigan pedagogik ishlar natijasida bola maktab ta’limiga ham aqlan, ham ruhan, ham jismonan tayyorgarlik darajasi yuqori ko‘rsatkichlar asnosida qadam qo‘yadi. Bu esa sohaga oid ishlar tizimini yanada chuqur isloh qilish, ilg‘or pedagogik tajribalarni sohaga olib kirish va amaliyotda qo‘llash uchun zamin bo‘ladi.



Download 67.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling