Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti «klassik mexanika» fanidan


Download 5.01 Kb.
Pdf просмотр
bet1/14
Sana08.07.2018
Hajmi5.01 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14

O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI 
NIZOMIY NOMIDAGI  TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA 
UNIVERSITETI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
«KLASSIK MEXANIKA» FANIDAN 
 
TA‟LIM TEXNOLOGIYASI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
© Toshkent-2015 

 

Uslubiy-metodik    qo„llanmada  «Klassik  mexanika»      predmetini  o„qitish  bo„yicha    ta‟lim 
texnologiyalari,  ularni  qo„llash  bo„yicha  uslubiy  tavsiyalar  bayon  etilgan.  Ushbu  tavsiyalar  didaktik 
tamoyillar, ma‟ruza, amaliy mashg„ulotlari texnologiyalarini ishlab chiqish usul va vositalari, ularning 
muhim belgilaridan iborat ta‟limni texnologiyalash qoidalarini hisobga olgan holda loyihalashtirilgan. 
Fan  bo„yicha  kalit  so„zlar,  oraliq  va  yakuniy  nazorat  uchun  savollar,  mustaqil  ta‟lim  va  kurs  ishlari 
mavzulari va elektron ta‟lim resurslari kiritilgan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Murodov T.T.,  «Klassik mexanika» fanidan ta‟lim texnologiyasi.  – T.: TDPU, 2015, 
104 bet.
 

 

CO„Z BOSHI 
 
         «Klassik  mexanika»    fanidan  ta‟lim  texnologiyasi    oliy  ta‟lim    muassasalarida    yangi 
texnologiyalarni qo„llash qonun-qoidalariga tayangan holda ishlab chiqilgan. 
Talabalarga bilim berishda zamonaviy ta‟lim texnologiyalarining ahamiyati 
to„g„risida  so„z  borganda  Prezidentimiz  I.A.Karimovning  “O„quv  jarayoniga  yangi  axborot  va 
pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, bolalarimizni komil insonlar etib tarbiyalashda jonbozlik 
ko„rsatadigan  o„qituvchi  va  domlalarga  e‟tiborimizni  yanada  oshirish,  qisqacha  aytganda,  ta‟lim-
tarbiya  tizimini  sifat  jihatidan  butunlay  yangi    bosqichga  ko„tarish  diqqatimiz  markazida  bo„lishi 
darkor”  degan so„zlarini ta‟kidlash o„rinlidir. Bu masala “Barkamol avlod yili” Davlat dasturida ham 
asosiy yo„nalishlardan biri sifatida e‟tirof etilgan. 
         Qo„llanmada  keltirilgan ta‟lim texnologiyalarining har biri o„zida o„quv mashg„ulotini o„tkazish 
shart-sharoiti  to„g„risida  axborot  materiallarini,  pedagogik  maqsad,  vazifa  va  ko„zlangan  natijalarni, 
o„quv  mashg„ulotning  rejasi,  o„qitishning  usul  va  vositalarini  mujassamlashtirgan.  SHuningdek,  bu 
o„quv  mashg„ulotining  texnologik  xaritasini,  ya‟ni  o„qituvchi  va  o„quvchining  mazkur  o„quv 
mashg„ulotida  erishadigan  maqsadi  bo„yicha  hamkorlikdagi  faoliyatning  bosqichma-bosqich 
ta‟riflanishini ham o„z ichiga oladi. 
 Ishlanma tarkibi kirish, ta‟lim texnologiyasining konseptual asoslari, har bir mavzu bo„yicha ma‟ruza, 
amaliy  mashg„ulotlarida  o„qitish  texnologiyasidan  iborat.  Ma‟lumotlar  maksimal  darajada 
umumlashtirilgan  va  tartibga  solingan.  Ularni  o„zlashtirish  va  yodda  saqlab  qolishni  kuchaytirish 
uchun  jadval  va  chizmalardan  foydalanilgan.    Kirish    qismida  dastlab  «Klassik  mexanika»    fanining 
dolzarbligi  va  ahamiyati,  mazkur  o„quv  fanining  tarkibiy  tuzilishi,  o„qitishning  usul  va  vositalarini 
tanlashda 
tayanilgan 
konseptual 
fikrlar, 
kommunikatsiyalar, 
axborotlar 
berilib, 
so„ngra 
loyihalashtirilgan, o„qitish texnologiyalari taqdim qilingan. 
         To„qqiz  turdagi  ma‟ruza  mashg„ulotlari:  kirish,  tematik,  muammoli,  vizual–ma‟ruza,  binar 
ma‟ruza,  ma‟ruza-munozara,  hamkorlikdagi  ma‟ruza,  avvaldan  rejalashtirilgan  xatoli  ma‟ruza, 
sharhlovchi ma‟ruza berilgan. 
         Amaliy    mashg„ulotlarda  talabalar  bilimlarni  chuqurlashtirish  va  mustahkamlashga  ,  amaliy 
ko„nikma  va  malakalarni  shakllantirishga  asasiy  e‟tibor  qaratiladi.  Har  bir  mavzuga  doir  masalalar 
echish namunalari beriladi.  
         Hozirgi kunda jahon tajribasidan ko„rinib turibdiki, ta‟lim jarayoniga 
o„qitishning yangi, zamonaviy usul va vositlari kirib kelmoqda va samarali 
foydalanilmoqda.  Jumladan,  Toshkent  Davlat  pedagogika    universitetida  ham  innovatsion  va 
zamonaviy pedagogik g„oyalar amalga oshirilmoqda: o„qituvchi bilim olishning yagona manbai bo„lib 
qolishi  kerak  emas,  balki  talabalar  mustaqil  ishlash  jarayonining  tashkilotchisi,  maslahatchisi,  o„quv 
jarayonining  menejeri  bo„lishi  lozim.  Ta‟lim  texnologiyasini  ishlab  chiqishda    shu  g„oyalarga 
asoslangan. 
 
 
«KLASSIK MEXANIKA»  O„QUV PREDMETI  BO„YICHA TA‟LIM  TEXNOLOGIYASI 
 
“Klassik  mexanika”  fani  bo„yicha  ma‟ruza,  amaliy  va  laboratoriya  mashg„ulotlarida  ta‟lim 
texnologiyalarini ishlab chiqishning konseptual asoslari 
         Ta‟lim texnologiyasi insoniylik tamoyillariga tayanadi. Falsafa, pedagogika va psixologiyada bu 
yo„nalishning o„ziga xosligi talabaning individualligiga alohida e‟tibor berish orqali namoyon bo„ladi. 
SHulardan  kelib  chiqqan  holda  “Klassik  mexanika”  kursining  ta‟lim  texnologiyalarini 
loyihalashtirishda quyidagi asosiy konseptual yondashuvlarga e‟tibor berish kerak. 
Ta‟limning shaxsga yo„naltirilganligi. O„z mohiyatiga ko„ra bu yo„nalish ta‟lim jarayonidagi barcha 
ishtirokchilarning  to„laqonli  rivojlanishini  ko„zda  tutadi.  Bu  esa  Davlat  ta‟lim  standarti  talablariga 
rioya qilgan holda o„quvchining intellektual rivojlanishi darajasiga  yo„naltirilib qolmay, uning ruhiy-
kasbiy va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olishni ham anglatadi. 
• Tizimli yondashuv. Ta‟lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o„zida mujassam qilishi zarur: 
jarayonning mantiqiyligi, undagi qismlarning o„zaro aloqadorligi, yaxlitligi. 

 

•  Amaliy  yondashuv.  SHaxsda  ish  yuritish  xususiyatlarini  shakllantirishga  ta‟lim  jarayonini 
yo„naltirish;  o„quvchi  faoliyatini  faollashtirish  va  intensivlashtirish,  o„quv  jarayonida  uning  barcha 
layoqati va imkoniyatlarini, sinchkovligi va tashabbuskorligini ishga solishni shart qilib qo„yadi. 
•  Dialogik  yondashuv.  Ta‟lim  jarayonidagi  ishtirokchi  sub‟ektlarning  psixologik  birligi  va  o„zaro 
hamkorligini  yaratish  zaruratini  belgilaydi.  Natijada  esa,  shaxsning  ijodiy  faolligi  va  taqdimot 
kuchayadi. 
• Hamkorlikdagi ta‟limni tashkil etish. Demokratiya, tenglik, sub‟ektlar munosabatida o„qituvchi va 
o„quvchining tengligi, maqsadini va faoliyat mazmunini birgalikda aniqlashni ko„zda tutadi. 
•  Muammoli  yondashuv.  Ta‟lim  jarayonini  muammoli  holatlar  orqali  namoyish  qilish  asosida 
o„quvchi  bilan  birgalikdagi  hamkorlikni  faollashtirish  usullaridan  biridir.  Bu  jarayonda  ilmiy 
bilishning ob‟ektiv ziddiyatlarini aniqlash va ularni hal qilishning dialektik tafakkurni rivojlantirish va 
ularni amaliy faoliyatda ijodiy ravishda qo„llash ta‟minlanadi. 
•  Axborot  berishning  eng  yangi  vosita  va  usullaridan  foydalanish,  ya‟ni  o„quv  jarayoniga 
kompyuter va axborot texnologiyalarini jalb qilish. 
YUqoridagi  konseptual  yondashuv  va  “Iqtisodiyot  nazariyasi”  fanining  tarkibi,  mazmuni,  o„quv 
axborot hajmidan kelib chiqqan holda o„qitishning quyidagi usul va vositalari tanlab olindi. 
•  O„qitish  usullari  va  texnikasi:  muloqot,  keys  stadi,  muammoli  usul,  o„rgatuvchi  o„yinlar,  “aqliy 
hujum”, insert, “Birgalikda o„rganamiz”, pinbord, ma‟ruza (kirish ma‟ruzasi, vizual ma‟ruza, tematik, 
ma‟ruza-konferensiya, aniq holatlarni echish, avvaldan rejalashtirilgan xatoli, sharhlovchi, yakuniy). 
•  O„qitishni  tashkil  qilish  shakllari:  frontal,  kollektiv,  guruhiy,  dialog,  polilog  va  o„zaro 
hamkorlikka asoslangan. 
•  O„qitish  vositalari:  odatdagi  o„qitish  vositalari  (darslik,  ma‟ruza  matni,  tayanch  konspekti, 
kodoskop)dan tashqari grafik organayzerlar, kompyuter va axborot texnologiyalari. 
• O„zaro aloqa vositalari: nazorat natijalarining tahlili asosida o„qitishning diagnostikasi (tashxisi). 
•  Boshqarishning  usuli  va  vositalari.  O„quv  mashg„ulotini  texnologik  karta  ko„rinishida 
rejalashtirish  o„quv  mashg„ulotining  bosqichlarini  belgilab,  qo„yilgan  maqsadga  erishishda  o„quvchi 
va  o„qituvchining  hamkorlikdagi  faoliyatini  talabalarning  auditoriyadan  tashqari  mustaqil  ishlarini 
aniqlab beradi. 
•  Monitoring va baholash. O„quv mashg„uloti  va butun kurs davomida  o„qitish natijalarini kuzatib 
borish, o„quvchi faoliyatini har bir mashg„ulot va yil davomida reyting asosida baholash. 
 
1-ilova 
Umumiy va o„quv ishlari bo„yicha hajmi: 
Klassik  mexanika  fani  2-kursning  uchinchi  semestrida  o„qitilib,  xaftasiga  2  soatdan,  jami  62 
soat auditoriya soati, shundan  30  soat ma‟ruza, 20 soat amaliy mashg„ulot (migalka), hamda 12 soat 
seminar  va  58  soat  mustaqil  ta‟lim    o„tkaziladi.    Talabalar  1  marotabadan    oraliq  nazorat  (test),  1 
marotaba yakuniy nazorat topshirishadi. Joriy nazorat uzluksiz dars mobaynida baxolanadi. 
 
2−ilova. Seminar mashg„ulotlarida talabalar bilimi quyidagicha baholanadi: 
 
Nazariy bilimlar 
Ballar 
Berilgan savollarga to„liq, aniq va mukammal javob berilgan 

Berilgan savolga javob barilgan , lekin to„liq  va mukammal emas 

Berilgan savolga javab berilgan, lekin jiddiy xatolarga yo„l qo„yilgan 

Berilgan savolga doir materiallar haqida tasovvurga ega emas, bergan javobi 
qoniqarsiz. 
1 – 2 
 
 
 
 
 
 
 

 

3-ilova. Reyting tizimi 
 
 
 
Nazorat 
turi  
 
 
Nazorat 
shakllari 
 
Har bir nazorat 
uchun 
belgilangan 
maksimal ball  
 
 
Nazorat 
soni 
 
Nazorat 
shakllari bo‟yicha 
belgilangan 
maksimal ball 
 
 
Joriy nazorat 
1.
 
Seminar 
2.  Masala    
     echish 
3.  Mustaqil   
   ta‟lim 


 


20 
 

12 
20 
 

Jami: 
 
 
40 
Oraliq nazorat 
Test 
30 

30 
Jami: 
40 

 
Yakuniy nazorat 
Yozma ish. 
30 

30 
Jami: 
100 

100 
 
 
Eng yuqori ball – 100 ball 
Saralash ball – 56 ball 
J.N. maksimal ball – 30 
O.N. maksimal ball – 40 
YA.N. maksimal ball – 30 
 
Nazariy fizikaga joriy yilda ajratilgan soatlar 
 
№ 
Mashg‟ulot turi 
Ajratilgan soat 
Semestr  





Ma‟ruza 
150 
30 
40 
40 
40 

Amaliy 
80 
20 
20 
20 
20 

Seminar  
70 
12 
16 
12 
30 

Mustaqil ta‟lim 
256 
58 
74 
64 
60 

Kurs ishi 





 
Jami: 
556 
120 
150 
136 
150 
 
Klassik mexanika predmetiga joriy o„quv yilida ajratilgan soatlar 
 
№ 
Mashg‟ulot turi 
Ajratilgan soat 
Semestr  

Ma‟ruza 
30 


Amaliy 
20 


Seminar  
12 


Mustaqil ish 
58 


Kurs ishi 


 
Jami: 
120 

 
4-ilova 
Umumiy va o„quv ishlari bo„yicha hajmi: 
Klassik  mexanika  fani  2-kursning  uchinchi  semestrida  o„qitilib,  xaftasiga  2  soatdan,  jami  62 
soat auditoriya soati, shundan  30  soat ma‟ruza, 20 soat amaliy mashg„ulot (migalka), hamda 12 soat 
seminar  va  58  soat  mustaqil  ta‟lim    o„tkaziladi.    Talabalar  1  marotabadan    oraliq  nazorat  (test),  1 
marotaba yakuniy nazorat topshirishadi. 
 

 

5-ilova  
«Klassik mexanika» fanining asosiy maqsad va vazifalari 
Klassik mexanika fanini o„qitishdan asosiy maqsad talabalarda  fizikaning boshqa bo„limlarini 
o„rganishda  va  fizika  o„qituvchisining  pedagogik  faoliyatida  klassik  (nazariy)  mexanika  fanini  
o„qitishdan  asosiy  maqsad  talabalar    fizikani  boshqa  bo„limlarini  o„rganishda  va  fizika 
o„qituvchisining  pedagogik  faoliyatida  zarur  bo„lgan  mexanik  harakat  qonunlari  to„g„risida  nazariy 
bilim berish, talabalarda amaliy ko„nikma va malakalarni shaklantirishdan iboratdir. 
Talabalarga nazariy fizika fanining paydo bo„lishi va rivojlanish tarixi haqida ma‟lumot berish, 
mexanik harakat va uning turlari, ular orasitdagi umumiylik va farqlar, klassik mexanika qonunlari va 
ularning  qo„llanilish  chegarasi  to„g„risida  ma‟lumot  berish,  ularda  klassik  mexanika  bo„limiga  doir 
masalalar  echish,  nazariy  xulosalar  chiqarish  kabi  amaliy  ko„nikma  va  malakalarni  shakllantirish 
fanning asosiy vazifasi bo„lib hisoblanadi. 
Klassik  mexanika  predmetining  kalit  so„zlari׃  Lagranj  funksiyasi,  Lagranj  tenglamasi,  finit 
harakat,  infinit  harakat,  kichik  tebranishlar,  inersiya  tenzori,  umumlashgan  koordinata  va 
umumlashgan  tezlik,  Puasson  qavslari,  Gamilton  tenglamalari,  kuch  momenti  va  elkasi,  inersiya 
markazi, oniy aylanish markazi, effektiv sochilish kesimi, harakat integrallari, fazo izotropligi, fazo va 
vaqt birjinsliligi, Eyler burchaklari.  
 
 
6-ilova 
Talabalar bilimiga qo„yiladigan talablar: 
a) tasavvurga ega bo„lish kerak: 
-
 
Nazariy fizika fanining paydo bo„lishi va rivojlanish tarixi; 
-
 
Nazariy fizika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi; 
-
 
Nazariy fizika fanining asosiy tushunchalar; 
-
 
Nazariy fizika fanining funksiyalari va tekshirish metodlari; 
b) bilish kerak: 
-
 
Moddaning shakllari; 
-
 
Maydon turlari; 
-
 
Nazariy fizika bo„limlari; 
-
 
Lagranj funksiyasi va tenglamalari; 
-
 
Saqlanish qonunlari; 
-
 
Markaziy maydonda zarra harakati; 
-
 
Effektiv kesim va zarralarning sochilishi; 
-
 
Kichik tebranishlar; 
-
 
Harakat tenglamalarini tuzish va echish (integrallash); 
-
 
Qattiq jism mexanika elementlari; 
-
 
Inersial va noinersial sanoq sistemalari; 
-
 
Gamilton funksiyasi va tenglamalari; 
v) bajarish lozim: 
-
 
Masalalar echishni; 
-Mustaqil ta‟lim olishni. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 

7-ilova. Ma‟ruza mashg„ulotini tashkil etishning shakl va xususiyatlari: 
 
№  Ma‟ruza shakllari 
O„ziga xos tavsiflovchi xususiyatlari 
1. 
Kirish ma‟ruzasi 
Fan to„g„risida yaxlit tasavvur hamda ma‟lum yo„nalishlar 
beradi.Pedagogik vazifasi: o„quvchini ushbu fanning 
vazifalari va maqsadi bilan tanishtirish, kasbiy 
tayyorgarlik tizimida uning o„rni va rolini belgilash, 
kursning qisqacha sharhini berish, fanning yutuqlari va 
taniqli olimlar nomlari bilan tanishtirib, kelajakdagi 
izlanishlarning yo„nalishini belgilash, tavsiya qilingan 
o„quv-uslubiy adabiyotlar tahlilini berish, hisobot va 
baholashning muddatlari va shakllarini belgilash. 
2.  
Ma‟ruza axborot 
Ma‟ruzaning odatdagi an‟anaviy turi. Pedagogik vazifasi: 
o„quv ma‟lumotlarini bayon qilish va tushuntirish. 
3. 
SHarhlovchi ma‟ruza 
Bayon qilinayotgan nazariy fikrlarning o„zagini, ilmiy 
tushunchalar va butun kurs yoki bo„limlarining konseptual 
asosini tashkil etadi. Pedagogik vazifasi: ilmiy bilimlarni 
tizimlashtirishni amalga 
oshirish, fanlarning o„zaro aloqadorligini ochish. 
4. 
Muammoli ma‟ruza 
YAngi bilimlar qo„yilgan savol, masala, holatning 
muammoliligi orqali beriladi. Bunda o„quvchining 
o„qituvchi bilan birgalikdagi bilish jarayoni ilmiy 
izlanishga yaqinlashdi. Pedagogik vazifasi: yangi o„quv 
axborotining mazmunini ochish, muammoni qo„yish va 
uni echimini topishni tashkil qilish, hozirgi zamon nuqtai 
nazarlarini tahlil qilish. 
5. 
Vizual ma‟ruza 
Ma‟ruzaning mazkur shakli vizual materiallarni namoyish 
etish hamda ularga aniq va qisqa sharhlar berishga 
qaratilgan. Pedagogik vazifasi: yangi o„quv 
ma‟lumotlarini o„qitishning texnik vositalari va audio, 
videotexnika yordamida berish. 
6. 
Binar (ikki kishilik) 
ma‟ruza 
 
Bu ma‟ruza ikki o„qituvchining yoki ikkita ilmiy maktab 
namoyondasining, o„qituvchi -talabaning dialogidan 
iborat. Pedagogik vazifasi: yangi o„quv ma‟lumotlarining 
mazmunini yoritish. 
7. 
Avvaldan 
rejalashtirilgan 
xatoli ma‟ruza 
Xatolarni izlashga mo„ljallangan mazmuni va 
uslubiyatida, ma‟ruza oxirida tinglovchilar tashxisi 
o„tkaziladi va qilingan xatolar tekshiriladi. 
Pedagogik vazifasi: yangi materiallar mazmunini yoritish, 
berilgan ma‟lumotni doimiy nazorat qilishga talabalarni 
rag„batlantirish. 
8. 
Ma‟ruza 
konferensiya 
Avvaldan qo„yilgan muammo va dokladlar tizimi (5-10 
minut)dan iborat ilmiy-amaliy dars sifatida o„quv dasturi 
chegarasida o„tiladi. Dokladlar birgalikda muammoni har 
tomonlama yoritishga qaratilishi 
kerak. Mashg„ulot oxirida o„qituvchi mustaqil ishlar va 
talabalarning ma‟ruzalarga yakun yasab, to„ldirib, 
aniqlashtirib xulosa qiladi. Pedagogik vazifasi: yangi 
o„quv ma‟lumotning mazmunini yoritish. 

 

9. 
Maslahat ma‟ruza 
Turli ssenariylar yordamida o„tishi mumkin. Masalan, 1) 
«Savol- javob» - ma‟ruzachi tomonidan butun kurs 
bo„yicha yoki alohida bo„lim bo„yicha savollarga javob 
beriladi. 
2) «Savol-javob-diskussiya» - izlanishga imkon beradi. 
Pedagogik vazifasi: yangi o„quv ma‟lumotni 
o„zlashtirishga qaratilgan. 
 
 
 
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI 
 
NIZOMIY NOMIDAGI 
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI 
 
             
 
 
Ro`yxatga olindi: 
 
 № FM - ___________  
 «___» _________ 2014- yil   
    «Tasdiqlayman» 
        O`quv ishlari bo`yicha prorektori            
_____________ D. U. Ergashev   
               « __ »_________     2014-yil  
 
 
                                                                                                              
 
 
Nazariy fizika 
(Klassik mexanika) 
Fanning  ishchi o`quv dasturi 
 
 
 
 
 
 
Bilim sohasi:                      100000    -   Gumanitar soha 
 
Ta`lim sohasi:                    110000    -    Pedagogika  
Ta`lim yunalishi:      5110200  -  Fizika va astronomiya o`qitish metodikasi 
 
 
 
Toshkent – 2014 

 

Fanning ishchi o`quv dasturi o`quv, ishchi o`quv reja va o`quv dasturiga muvofiq ishlab 
chiqildi. 
 
 
Tuzuvchi:  T. T. Murodov - Nizomiy nomidagi TDPU  “Fizika va uni    
o‟qitish metodikasi” kafedrasi katta o‟qituvchisi                                  
  
Taqrizchilar:  B. Ibragimov - Nizomiy nomidagi  TDPU  “Fizika va uni o‟qitish   
metodikasi” kafedrasi dosenti, f-m.f.n. 
    
Ushbu  ishchi    o`quv    fan  dasturi    O`zbekiston    standartlashtirish,  metrologiya  va 
sertifikatlashtirish  agentligidan  (  “O`zbekiston”  Agentligi)    2014-  yil    “30”    yanvarda    
№ 3425  - raqami  bilan  ro`yxatdan o`tgan  5110200  - fizika va astronomiya  o`qitish  
metodikasi  ta`lim  yo`nalishining  DTS  hamda O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta 
maxsus ta`lim vazirligining  2011 -yil  “16 ”    sentabrdagi  №  387- sonli buyruq  bilan 
tasdiqlangan    va    BD  5110200-3.04    raqam  bilan  ro`yxatga  olingan    umumiy  fizika   
o`quv  fan  dasturi  asosida  ishlab  chiqildi 
 
Fanning ishchi o`quv dasturi   “Fizika va uni o`qitish  metodikasi” kafedrasining    2014 
yil  “___ ”________dagi  “ __”  son yig`ilishida  muxokamadan  o`tgan  va fakultet 
kengashida muxokama qilish uchun tavsiya etilgan. 
  
Kafedra mudiri: _______________   X.M. Maxmudova 
 
Fanning ishchi o`quv dasturi  “ Fizika - matemetika” fakulteti kengashida muxokama 
etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan (2014 yil ___ _______dagi, ___ sonli 
bayonnoma) 
 
Fakultet kengash raisi:    _____________   G‟. Djabborov 
 
Kelishildi:  
 
O`quv uslubiy boshqarma boshlig‟i __________   Z. Jaloliddinov 
 
 
 
 
Ishchi 
o`quv dasturi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti kengashida 
ko`rib chiqilgan va tasdiqlangan.  
         2014-yil “____” _________ dagi _____ -sonli majlis bayoni 
 
 
 

 
10 
Kirish 
Mexanika qonunlari va  bo‟yicha atroflicha va chuqur fizik bilimlar berish bilan 
birga  klassik  mexanika  kursining  asosiy  maqsadi  va  vazifasi  bo‟lajak  fizika  va 
astronomiya  o‟qituvchilariga  mexanikaning  turli  bo‟limlari  (kinematika,  dinamika, 
statika,  saqlanish  qonunlari)  ularning  kelajakdagi  pedagogik  ish  faoliyati  amaliy  va 
nazariy  ahamiyat  kasb  etuvchi  fizik  bilim,  malaka  va  kunikmalarni  shakillantirish  va 
rivojlantirishdan iborat. 



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling