48
Maktab bu tadbirlarni o`rinli ravishda amalga oshirib, bolani oilada tarbiyalashda
ota-onalarga yaqindan yordam beradi.
Ota-onalar bilan individual suhbatlar o`tkazish. Bola maktabga kirib, to uni
tamomlab chiqqunga qadar ota-ona maktab bilan yaqindan aloqada bo`lishi, o`z
bolasining xulq-atvoridan, o`qishidan doimo xabardor bo`lib turishi, bola tarbiyasiga
doir masalalarni o`qituvchi bilan maslahatlashib hal qilishi, maktabdan tashqarida
bolaning nima bilan mashg`ul bo`lishidan o`qituvchini xabardor qilib turishi lozim.
Ota-onalar bilan individual suhbatlarni o`qituvchi, sinf rahbari, maktab ilmiy
mudiri, maktab direktori, yoki ota-onalar kengashining a`zolaridan biri o`tkazishi
mumkin. Bolaning sog`ligi haqida maktab shifokori ham ota-onalar bilan suhbatlashadi.
Suhbatda birgalikda ta`sir etish, bolaga yordam berish yo`llari, bir xil talablar qo`yish
haqida ma`lum bir fikrga kelib, so`ngra bola tarbiyasi bilan qanday shug`ullanish haqida
ko`rsatmalar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: