Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti masofaviy ta
Haqiqiy do’stlik - bunda do’stlar har qanday sharoitda, jumladan hayotda yuz bergan eng og’ir damlarda ham birga bo’ladilar. 2
Download 1.52 Mb. Pdf ko'rish
|
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti masofav
1. Haqiqiy do’stlik - bunda do’stlar har qanday sharoitda, jumladan hayotda yuz
bergan eng og’ir damlarda ham birga bo’ladilar. 2. Boylik, amal-daraja tufayli bog’langan do’stlik. 3. Yagona maqsad va g’oyaviy birlik asosidagi do’stlik. Bulardan birinchi va uchinchisi mustahkam, haqiqiy va buzilmas, ikkinchisi esa, muvaqqat va mustahkam bo’lmagan, soxta do’stlik ekanini ta’kidlaydi. Fors-tojik adabiyotining mumtoz namoyondasi Abdurahmon Jomiy fikricha, kishi muayyan hayot kechirib tarbiyalanar ekan, demak, boshqa odamlar bilan aloqasiz yashay olmaydi. Har bir kishining do’stona, o’zgalarning yordamisiz kamolotga erishishi juda qiyin. SHuning uchun ham har bir kishining o’ziga munosib, haqiqiy do’sti va yor-birodari bo’lishi lozim. CHin do’st ul do’stligi oshaversa gar, Do’stidan yomonlik ko’rganida ham, Boshiga ming jafo toshi yog’ilsa, Mehr uyi u toshdan bo’lar mustahkam,- deb Jomiy do’stlikka katta baho beradi. Birov bilan do’st tutingan kishi o’z do’stining kamchiliklarini bartaraf qilishga, yaxshi xulq sifatlarini e’zozlashga yordam berishi kerak. Lekin, ikkinchi tomondan, do’stlarining aybini o’zigagina aytish lozim, ammo begonalar oldida kamchiligini aytib, mulzam qilish chin do’stning ishi emas. Hayotda haqiqiy do’stlardan tashqari, soxta nodon dustlar ham uchrab turadi. «Soxta do’stdan oshkora dushman afzal» deyishadi. Ayrim soxta do’stlar borki, ular boshqalarning boyligiga uchib, shaxsiy manfaatlari yo’lida do’st bo’lishga intiladilar. Bunday qalbaki do’stlikni jomiy kattiq qoralaydi. Jomiy haqiqiy do’st do’stlikning hamma qonun-qoidalariga rioya qilishi, do’stiga har qanday yo’l bilan yordam ko’rsatishga intilishi, agar zarur bo’lsa, hatto jonini berishi kerakligini ta’kidlaydi. Bunday do’stlikning namunalari o’zbek xalq; og’zaki ijodsiz do’styozma adabiyotida ham ardoqlanib, og’izdan-og’izga ko’chib, ulug’lab kelinadi. Masalan, o’zbek xalq dostoni «Alpomish»da uning yetakchi obrazlari Alpomish va Qorajon o’rtasidagi do’stlik tufayli asar voqealaridagi ziddiyatlar yaxshilik bilan hal bo’ladi. Chunki, bu do’stlik Alpomish bilan Qorajon o’rtasidagi samimiyat, adolat g’alabasi uchun kurash qo’lidagi yagona maqsad bilan mustahkam bog’langan do’stlikdir. Alisher Navoiy do’stlik, rostgo’uylik, o’rtoqlik madhini baralla kuylagan va shu g’oyani rivojlantirishga hissa qo’shgan. U Farhod bilan SHopur, Majnun bilan Navfal, SHirin bilan Mehinbonu obrazlarini yaratib, ana shu obrazlar timsolida kishi kishiga do’st, birodar bo’lishi haqidagn azaliy orzularini benazir madh etgan. Inson va uning qadr-qimmati Navoiy ijodida markaziy o’rinni egallaydi. Navoiyning fikricha, xalqni o’ylagan kishigina haqiqiy insondir. SHuning uchun ham shoirning: Odami ersang demagil odami, 69 Onikim yuq xalq g’amidin g’ami, - degan bayti xalq hikmatiga aylanib ketgan. Navoiy insonlarni milliy, irqiy va diniy e’tiqodlaridan qat’i nazar, bir-birlari bilan inoq yashashga da’vat etadi. Navoiy do’stlikni ulug’laydi. SHu bilan birga, sohta g’araz bilan do’st bo’luvchi kishilarni qoralaydi. Haqiqiy do’st kishining og’ir, alamli-dardli kunlarida hamdam bo’ladi. Do’stlikning eng muhim va asosiy sharti vafodir,- deydi shoir. Vafo - xalqqa, davlatga, do’st-yorlarga har qanday qiyinchiliklardan qo’rqmay, sadoqat bilan xizmat etish va yordam berish demakdir. Vafodorlik insonni, do’stlarni sevish, hurmat qilish demakdir: «Yorki, bora anda vafo yor bil, Umr degan yori vafodor bil». Hukmron doiralardan vafosizlik va hayosizlik ko’rgan Navoiy kishilarning vafodor bo’lishi zarurligi haqida juda ko’p fikrlarni aytadi. U, avvalo, bu hislatga o’zi amal qiladi va barcha asarlarida bunga da’vat etadi. «Boburnoma»da ham do’stlashish, uni e’zozlash haqida yoshlarga ibrat bo’larli nasihatlar jamlangan. CHunonchi do’stga hamisha e’tiborli bo’lish, ziyoratga borish, yaxshi-yomon kunida hamdardlik qilish, do’sti ko’p knshining ayblari sir tutilishi, fazilatlari ko’payishi, yangi do’st topganda eskisidan yuz o’girmaslik va boshqalar uqtiriladi. Bir kuni Iskandardan so’rabdilar: «Buncha oz sarmoya bilan bu miqdor ko’p mulkni qanday xislat bilan qo’lga kirgizding?» Iskandar javob qildi: «Dushman birlan iltifotli muomala qilish, o’zaro kelishuvchi hamda do’stlarga sadoqatli bo’lish ila shuncha mamlakatni qo’lga oldim, yana bilginki, do’stlarning do’stlari ham do’stlaringdir. Agar do’sting sening dushmaningni sevsa, bunday do’stdan ehtiyot bo’l, bunday dust dushman tarafidan senga yomonlik qilishdan ham andisha qilmaray. Sening do’stingga dushman bo’lg’on do’stdan parhez etgil-muruvvatsiz, fazilatsiz kishini do’st tutmagilki, bunday kishining hosiyati bo’lmas va ularni osh-non do’stlari toifasidan bilg’il, or va nomus do’sti emasdurlar. Yaxshilarga ko’ngil bila va yomonlarga til bila do’stlik qilg’il, toki ikki toifaning hamustligi senga nisbatan hosil bo’lsun, nedinkim, kishining hojati tanho do’stiga tushmag’usidir. Do’stlikka loyiq odamni ikki narsa bila bilsa bo’lur: biri ulki, do’stiga tangdastlik yetishg’on vaqtda qudrati yetguncha molin do’stidan darig’ qilmas va qashshoqlik vaqtida undin yuz o’girmas; yana biri ulki, do’sti bu jahonda o’tg’ondan so’ng ul do’stining farzandlarini, qarindoshlari va do’stlarini yo’qlab, ularga yaxshilik ko’rgizg’ay. Goh-goh ul do’stnning mazori ziyoratiga borg’ay va hasrat chekib, duolar qilg’ay. Download 1.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling